arcctg(10) B) arcctg(15)



Download 38,63 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi38,63 Kb.
#209657
Bog'liq
testlar


1. Tinch turgan disk o`z o`qi atrofida tekis tezlanuvchan aylana boshladi. Disk ilk 2 ta aylanishni amalga oshirganida undagi ixtiyoriy nuqtaning umumiy tezlanish vektori radius bilan qanday burchak hosil qiladi?

A) arcctg(10) B) arcctg(15)

C) arcctg(20) D) arcctg(25)
2. Oralaridagi masofa 200 m bo`lgan A va B punktlardan bir vaqtning o`zida ikki jism 6 m/s va 8 m/s tezlik bilan to`g`ri chiziqli tekis harakatlana boshladi. Agar jismlarning tezlik vektorlari AB kesma bilan bir xilda 45O burchak hosil qilgan bo`lsa, ular bir–biriga qanday eng kam masofagacha yaqinlasha oladi?

A) 20 m

C) m D) 10,2 m
3. Jism 20 m/s boshlang`ich tezlik bilan gorizontga 30O burchak ostida otildi. Harakat boshlanganidan 1,5 s vaqt o`tgach jismning tangensial tezlanishi qanday bo`ladi?

A) 2,77 m/s2 B) 1,73 m/s2

C) 3,25 m/s2 D) 0,93 m/s2
4. 45 kg massali jism 5 m uzunlikdagi ipga osilgan holda gorizontal tekislikda aylanmoqda. Ip vertikal bilan 60O burchak hosil qilishi uchun yuk daqiqasiga necha marta aylanishi kerak?

A) 16 marta B) 31 marta

C) 19 marta D) 24 marta
5. Qiyalik burchagi 30o va uzunligi L=1 m bo`lgan qiya tekislikning eng yuqori nuqtasida m massali jism ishqalanish kuchi ta’sirida tinch turibdi. Mazkur qiya tekislik gorizontal tekislikda 1 m/s2 tezlanish bilan harakatlansa, uning ustidagi jism qancha vaqtda uning eng pastki nuqtasiga yetib boradi?

(qiya tekislik va jism orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,6 ga teng)



A) 1,0 s B) 1,2 s

C) 0,6 s D) 0,8 s


6. Ikkita jism bir nuqtadan bir xil 25 m/s boshlang`ich tezlik bilan biri vertikal yuqoriga tik, ikkinchisi gorizontga 60O burchak ostida otildi. 1,7 s dan keyin ularning orasidagi masofa qanday bo`ladi?

A) 16,4 m B) 18,4 m

C) 25 m D) 22 m
7. Boshlang`ich tezligi 9 m/s bo`lgan jism shunday sekinlana boshladiki, uning tezlanish moduli quyidagi tenglamaga ko`ra o`zgaradi:

Jismning tormozlanish yo`lini toping.

A) 9 m B) 7,2 m

C) 12 m D) 14,4 m


8. Massasi 1 kg, radiusi 20 sm bo`lgan shkivga ip o`ralip, uning ikkinchi uchiga 9 kg massali yuk bog`lanib, sistema erkin harakatga keltirildi. Shkivning massasi uning gardishida taqsimlangan deb hisoblab, yukning tezlanishini toping.

A) 8 m/s2 B) 9 m/s2

C) 10 m/s2 D) 8,4 m/s2


9. Quyidagi tasdiqlardan qaysi biri to`g`ri?

1) mashina tormozlanayotganida tezlik va tezlanish vektorlari qarama–qarshi bo`ladi;

2) agar jismning koordinatasi X=20–4t qonuniyat bo`yicha o`zgarayotgan bo`lsa, demak u tekis harakat qilmoqda;

3) butun yo`l davomida va harakatlanish vaqtining ixtiyoriy onida jismning o`rtacha tezligi bir xil qiymat qabul qiladi;

4) agar jism to`g`ri chiziq bo`ylab har minutda 60 m yo`l yurayotgan bo`lsa, u aniq tekis harakatlanayotgan bo`ladi;

5) agar tezlanish proyeksiyasi manfiy bo`lsa, harakat doim sekinlanuvchan bo`ladi.

A) 2 va 4 B) 1 va 2

C) 3, 4 va 5 D) 3 va 5


10. 5 kg massali bir jinsli shar gorizont bilan 30O burchak hosil qilgan qiya tekislikda erkin qo`yib yuborildi va u sirpanishsiz dumalab tusha boshladi. 1,6 s dan keyin sharning ilgarilanma va aylanma harakatdagi to`liq kinetik energiyasi qanday bo`ladi?

A) 110 J B) 96 J

C) 142 J D) 90 J
11. Induktiv g`altakdan o`tayotgan tok kuchining miqdori 3 marta kamaytirilganda magnit maydon energiyasi 4 marta ortdi. Bunda … bo`lishi mumkin.

Quyidagi fikrlardan qaysi biri to`g`ri emas?

1) g`altakdan diamagnit o`zak chiqarib olingan;

2) g`altakdan ferromagnit o`zak chiqarib olingan;

3) g`altakka feromagnit o`zak kiritilgan;

4) g`altakka paramagnet o`zak kiritilgan;

5) g`altakka diamagnit o`zak kiritilgan;

6) g`altakdan paramagnit o`zak chiqarib olingan.

A) 2, 4, 5, 6 B) 2, 5, 6

C) 1, 3 D) 1, 2, 3


12. Tebranma harakat qilayotgan jism energiyasining eng katta qiymati 10 J, unga ta’sir qiladigan kuchning eng katta qiymati esa 10 N bo`lsa, tebranish amplitudasini toping.

A) 10 m B) 0,04 m

C) 4 m D) 2 m
13. Ichi g`ovak bo`lgan mis sharning havodagi vazni 2,6·10–2 N, suvdagi vazni 2,17·10–2 N. Agar misning zichligi 8800 kg/m3 bo`lsa, shar ichidagi g`ovakning hajmini toping.

A) 13 sm3 B) 16,4 sm3

C) 24 sm3 D) 9 sm3
14. Idish tubidan 40 sm balandlikkacha suv quyilgan bo`lib, uning tubida 2 sm2 yuzali teshik hosil qilindi va undan suv sochilib, yoyilib ketmasdan bir tekisda oqib tushmoqda. Idish tubidan 120 sm pastda suv oqimining ko`ndalang kesim yuzasi qanday bo`ladi?

A) 0,5 sm2 B) 1 sm2

C) 2 sm2 D) 1,6 sm2
15. Qirrasining uzunligi a=40 sm bo`lgan kubning yarmi (prizma) rasmda ko`rsatilgani kabi suvli idishning qiya sirtiga qo`yilgan va uning tagiga suv kirmaydi. Agar prizmaning yuqori sirti suv sathidan 20 sm pastda va prizma bilan idishning qiya sirti orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 ga teng bo`lsa, prizma muvozanatda bo`lishi uchun u tayyorlangan moddaning zichligi qanday bo`lishi kerak (kg/m3)?

(Po=105 Pa)



A) 15000 B) 24000

C) 9000 D) 27000
16. Uzunligi 30 sm bo`lgan ingichka sterjen uning bir uchidan o`tgan gorizontal o`q atrofida erkin aylna oladi. Sterjen muvozanat vaziyatidan 90O ga og`dirib, erkin qo`yib yuborilgach, u muvozanat vaziyatidan o`tayotganida uning eng ikkinchi uchi qanday chiziqli tezlikka ega bo`ladi?

A) 2,4 m/s B) 3 m/s

C) 2 m/s D) 3,6 m/s
17. Radiusi 1 m, inrsiya momenti 130 kg·m2 bo`lgan gorizontal platforma o`z inersiyasi bilan 1 Hz chastota bilan aylanmoqda va uning chekkasida 70 kg massali odam turibdi. Odamning inersiya momentini moddiy nuqtaniki kabi hisoblab, u platformaning markaziga kelsa, platforma minutiga necha marta aylanadi?

A) 90 marta B) 72 marta

C) 120 marta D) 108 marta
18. Quyidagi tasdiqlardan qaysi biri to`g`ri emas?

A) kelvin shkalasi bo`yicha noldan yuqori ixtiyoriy haroratda infraqizil nurlanish hosil bo`ladi

B) elektromagnit to`lqinning tebranish chastotasi ortgani sari uning kvant xossasi ham ortib boradi

C) yorug`lik tezligiga yaqin tezliklarda harakatlanayotgan jismning massasi uning tinchlikdagi massasidan farq qiladi

D) monokristallar anizotroplik xossasiga ega
19. 72 km/h tezlikda harakatlanayotgan poyezd 300 Hz chastotali gudok tarqata boshladi. Poyezd avval tinch turgan kuzatuvchiga yaqinlashib keldi va uning yonidan o`tib, undan uzoqlashdi. Kuzatuvchiga qarab kelishda va undan uzoqlashishda gudok chastotasi qanchaga farq qiladi?

(tovush tezligi 340 m/s)

A) 18,7 Hz B) 35,4 Hz

C) 16,7 Hz D) 37,5 Hz


20. Hajmi 1500 sm3 bo`lgan ballondan ishlash tezligi 180 sm3/s bo`lgan nasos yordamida gaz chiqarib tashlana boshladi. Ballondagi bosim 760 mm.sim.ust dan 0,1 mm.sim.ust gacha kamayishi uchun qancha vaqt talab etiladi?

A) 28 s B) 90 s

C) 64 s D) 74 s
21. Hajmi 10 litr bo`lgan ballondan kislorod chiqarilishi natijasida manometrning ko`rsatishi 14 atm dan 7 atm gacha kamaydi, harorat esa 27OC dan 7OC gacha kamaydi. Ballondan qancha kislorod chiqarilganini toping.

A) 95 gr B) 80 gr

C) 104 gr D) 73 gr
22. Azot va vodorod aralashmasi 47OC harorat va 2 atm bosimda 0,3 gr/litr zichlikka ega bo`ladi. Vodorod molekulalarining konsentratsiyasini toping.

A) 2,4·1024 m–3 B) 1,5·1025 m–3

C) 8·1024 m–3 D) 4,2·1025 m–3
23. Erkin siljiy oladigan porshen ostida 760 mm.sim.ust bosimga ega bo`lgan 5 litr ideal gaz bor. Agar gaz joylashgan idish o`zidan issiqlikni yaxshi o`tkazadi deb hisoblanib, porshen juda sekin surilib, gazni siqib, idishdagi bosim 2 marta orttirilganda, idish devorlaridan atrof–muhitga qancha issiqlik ajrab chiqadi?

A) 220 J B) 94 J

C) 350 J D) 405 J
24. 30 kW quvvat bilan isiydigan qurilmani diametri 15 mm bo`lgan spiral truba orqali oqib o`tadigan oqar suv bilan sovitiladi. Bunda oqar suv 15OC ga isiydi. Qurilmadan ajralib chiqqan hamma issiqlikni suvning isishi uchun ketadi deb hisoblab, suvning tezligini aniqlang.

A) 4,5 m/s B) 2,7 m/s

C) 6,5 m/s D) 0,33 m/s
25. Chekli va bir jinsli bo`lgan magnit maydonda uzunligi maydon o`lchamlaridan katta bo`lgan tokli o`tkazgichga 6 N Amper kuchi ta’sir qilmoqda. Agar o`tkazgichning uzunligi 3 marta orttirilsa, unga tasir qiladigan Amper kuchi qanday bo`lib qoladi?

(o`tkazgich maydon induksiyaga tik joylashgan)

A) 6 N B) 2 N

C) 12 N D) 18 N


26. Tebranish konturi to`lqin uzunligi 300 m bo`lgan elektromagnit to`lqinlarni qabul qilmoqda. Konturdagi tok amplitudasining son qiymati kondensatordagi zaryad ampltudasining son qiymatidan qanday farq qiladi?

A) 6,28·106 marta ko`p

B) 6,28·106 marta kichik

C) faqr qilmaydi

D) aniqlab bo`lmaydi
27. Induktivligi 1 Gn bo`lgan g`altak va yassi kondensator 50 Hz chastotali kuchlanish manbaiga o`zaro paralle ulangan. Zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi tok kuchi nolga teng bo`lishi uchun kondensator sig`imi qanday bo`lishi kerak?

A) 10 μF B) 14,1 μF

C) 17,3 μF D) 20 μF
28. O`zaro parallel ikkita ingichka sterjen transformator moyiga tushirilgan va ular elektromagnit tebranishlar generator bilan induktiv g`altaklar orqali tutashtirilgan. Tebranish chastotasi 505 MHz bo`lganda moyda tugunlari orasidagi masofa 20 sm bo`lgan turg`un elektromagnit to`lqin hosil bo`ldi. Moyning nisbiy magnit kirituvchanligi 1 ga teng bo`lsa, uning nisbiy dielektrik singdiruvchanligi qanday?

A) 2,2 B) 3,5

C) 4 D) 12
29. Gaz holatida bo`lgan uglerod–vodorod bog`lanishli gazning 66 grammi 27OC haroratda 1 dm3 idish devorlariga 105 Pa bosim beradi. Gaz moddasining kimyoviy formulasini yozing.

A) C2H6 B) CH3

C) CH4 D) C3H12
30. 10 V potensialgacha zaraydlangan 125 ta sharsimon tomchilarning qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan katta tomchining potensiali qanday bo‘ladi (V)?

A) 320 B) 250

C) 450 D) 360
31. Moddasining zichligi 1 gr/sm3 shar shakliga ega bo`lgan zarracha o`ziga tushgan barcha yorug`likni yutadi. Quyoshning yorug`lik nurlatish quvvati 4∙1026 W ga teng bo`lsa, zarrachaning quyoshga tortilish kuchini unga tushayotgan yorug`lik bosimi muvozanatlashi uchun zarrachaning radiusi qanday bo`lishi kerak?

A) 0,6 μm B) 1,6 μm

C) 1,2 μm D) 3,2 μm
32. Diametri 5 sm, fokus masofasi 15 sm bo`lgan yig`uvchi linza Quyosh nurlariga tik joylashgan ekranda uning tasvirini hosil qilmoqda. Agar Quyoshning yorqinligi 1,5·109 Cd/m2 bo`lsa, linzada yorug`lik yo`qotilmaydi deb hisoblab, tasvirning o`rtacha yoritilganligini toping.

A) 1,6·106 lx B) 0,8·109 lx

C) 4,2·107 lx D) 1,3·108 lx
33. Davri 2,2 μm bo`lgan difraksion panjaraga monoxromtik yorug`liki tushganida birinchi va ikkinchi fraungofer maksimumlari yo`nalishlari orasidagi burchak 15O ga teng bo`ldi. To`lqin uzunligini toping.

A) 1,2 μm B) 1,16 μm

C) 0,54 μm D) 0,30 μm
34.Botiq sferik ko`zgu yordamida buyumning 3 marta kattalashgan tasviri hosil qilindi. Agar buyum va uning tasviri orasidagi masofa 20 sm bo`lsa, ko`zguning fokus masofasini toping.

A) 15 sm B) 12 sm

C) 6,25 sm D) 7,5 sm
35. Vodorod atomi bosh kvant soni 4 ga teng bo`lgan uyg`oq holatda turibdi. U o`zining asosiy holatiga jami nechta spektr chizig`I hosil bo`ladi?

A) 3 ta B) 5 ta

C) 6 ta D) 4 ta
36. Uran (92­U235) yadrosi parchalanganida o`rtacha 200 MeV energiya ajaralib chiqadigan bo`lsa, issiqlik quvvati 300 MW bo`lgan elektrostansiya 1 sutkada qancha uran sarflaydi?

A) 24 gr B) 316 gr



C) 144 gr D) 238 gr


Download 38,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish