28
II BOB O’RTA UMUMTA’LIM MAKTABI VA NOFILOLOGIK OLIY
O’QUV YURTLARIDA INGLIZ TILI O’QITISH MAZMUNINING
METODIK TAVSIFI
II.1. O’rta umumta’lim maktabi va nofilologik oliy o’quv yurtlarida
ingliz tilida nutq mavzulari tanlashga qo’yiladigan talablar
“Ta’lim to’g’risi”dagi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va boshqa
direktiv hujjatlarda uzluksiz ta’limni dunyoning eng
rivojlangan mamlakatlari
darajasiga ko’tarish islohotlarning asosiy negizi ekanligi uqtiriladi. O’qitish
mazmunini tubdan yangilash, uni jahon andozalari darajasiga ko’tarish talab
etiladi.
O’qitish mazmuni
lingvodidaktik muammosi metodist-olimlarni doimo
qiziqtirib kelayotgan masalalardandir. Mazkur mavzuga bag’ishlangan
ilmiy-
tadqiqot ishlarida o’qitish mazmuni va uning tarkibiy qismlari bo’yicha turli fikr-
mulohazalar bayon etilgan (V. S. Tsetlin, A. D. Klimentenko, B. A. Lapidus, M. V.
Lyaxovitskiy, J. J. Jalolov, H. G’. Ne’matov, T. Q. Sattorov, A. G’ulomov, S. S.
Saydaliev va b.). O’qitish mazmunining didaktik muammolari M. N. Skatkin, I.
Ya. Lerner, V. V. Kraevskiy kabi didakt olimlarning fundamental ilmiy-
tadqiqotlarida jiddiy o’rganilgan.
O’qitish mazmuni – deganda, muayyan o’quv yurti oldida turgan maqsad va
vazifalarga mos tushadigan, o’rganiladigan tilni egallash sifati va darajasi uchun
zarur o’quv
materialini tushunadilar, yoki o’quvchilarni o’rgatish uchun kerak
bo’ladigan hamma vositalarni ushbu tushuncha qamroviga kiritish mumkin, degan
fikrni ilgari suradilar.
Yana bir guruh olimlar ushbu didaktik atamani o’rganilishi ko’zda tutilgan,
o’quvchilar o’zlashtirishlari uchun metodik jihatdan ishlangan bilim, ko’nikma va
malakalar tarzida tushunishadi.
Boshqa bir talqinda o’qitish mazmuni muayyan mavzular doirasida chet til
birliklarini qo’llab, nutq malakalarini shakllanishini ta’minlashga mo’ljallangan
29
metodik hodisa sifatida talqin etiladi.
O’qitish mazmuni tarkibi haqida tadqiqotchilarning fikrlari turlichadir: (1) uni
ikki qismdan: (a) tilga oid nazariy bilim, ko’nikma
va malakalar, (b) o’quvchi va
o’qituvchi orasidagi munosabatlar tizimi, (2) uch qismdan, ya’ni o’rganilishi
ko’zda tutilgan, o’quvchilarni o’zlashtirishlari uchun
metodik jihatdan ishlangan
(a) bilim, (b) ko’nikma va (v) malakalar tizimi, (3) to’rt qismdan, a) o’quvchilar
o’zlashtirishlari zarur bo’lgan bilimlar tizimi, b) shunday bilimlarga muvofiq
keladigan amaliy ko’nikma
va malakalar tizimi, v) o’quvchilarni ijodiy faoliyat
usullariga o’rgatish tizimi, g) o’quvchi va o’qituvchi orasidagi munosabatlar
tizimi, yana shu fikrni tasdiqlab (a) mavzu (tematika) og’zaki va o’qish mavzulari);
(b) til materiali (talaffuz, leksika va grammatika); (v) talaffuz, leksik, grammatik,
orfografik ko’nikmalarini shakllantirish; (g) nutq malakalari(gapirish,
tinglab
tushunish, o’qish va yozuv)ni shakllantirish deguchilar, (4) besh qismdan, (a) nutq
malakalari, (b) til materiali(leksika, grammatika, talaffuz)ga oid ko’nikmalar, (v)
grafik va ovozli matnlar, (g) nutq malakalarini rivojlantiradigan mavzu va
situatsiyalar, (d) chet tilga oid hodisa(qoida)lar, yana shunga o’xshash a)
kommunikativ
faoliyatga oid mavzu, nutq materiali (matnlar, nutq namunalari va
h.k.) va situatsiyalar, b) til materiali va uni egallash qonun-qoidalari, v)
maxsus
nutq malakalari, g) tili o’rganilayotgan mamlakatlar madaniyatlararo muloqotiga
oid nutq malakalari, d) ta’lim jarayonida qo’llanadigan o’quv va adaptiv malakalar;
(5) olti qismdan, (a) til materialini egallashga taalluqli bo’lgan ko’nikma va
malakalar, (b) o’rganilayotgan til sistemasiga doir nazariy bilimlar, (v)
kommunikativ xususiyatga ega bo’lgan ko’nikma va malakalar (qo’l
harakati,
mimika, imo-ishora va b.), (g) yozma nutqqa doir paralingvistik ko’nikma va
malakalar, (d) mamlakatshunoslikka oid bilimlar, (e) til tushunchalarini
ta’riflashda ishlatiladigan verbal qoidalarga doir ko’nikma va malakalar tizimidan
iboratligini ta’kidlashadi.
Ushbu nuqtai nazarlar orasida o’qitish mazmuni qamroviga
Do'stlaringiz bilan baham: