Qosimova feruza xursanali qizi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/33
Sana08.02.2022
Hajmi0,82 Mb.
#436378
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
Akademik litsey va kasb-hunar texnikumlarida ingliz tili o\'qitish metodikasining qiyosiy tahlili

Tarbiyaviy maqsad 
ingliz tili predmetining tarbiyaviy ahamiyati bilan 
ifodalanadi. O’quvchilar ingliz tilidan bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lib 
borish barobarida ularda mehnatga muhabbat, mehnat ahliga xurmat, Ona Vatan 
iftixori, do’stlik, o’rtoqlik tuyg’ulari kamol topadi, shu bilan birga, axloqiy, estetik, 
baynalmilal tarbiya berishni ko’zda tutadi. 
Komil inson – vatanparvar, xalqparvar, ma’naviy boy, ahloqan pokiza, 
bag’rikeng, ezgulik, yaxshilikni, mexnatsevarlik, halollik va sharqona andishani 
qalbiga jo qilgan, o’z tarixi, milliy qadriyatlarini biluvchi, e’zozlovchi shaxsdir. 
Shuningdek, u jahon sivilizatsiyasidagi eng ilg’or fan yutuqlaridan boxabar, jahon 


23 
madaniyatidagi umumbashariy g’oyalar bilan qurollangan zamonaviy insondir. 
Bunday insonni tarbiyalashda ingliz tili muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqsad chet til materialida asosan ikki yo’l bilan ro’yobga chiqariladi. 
Birinchidan, til o’rganuvchi (o’quvchi)ning ta’lim jarayonida bevosita 
tarbiyalanishi kuzatiladi (shu tilda salomlashish, xayrlashish, tevarak-atrofga 
munosabat bildirish), ikkinchidan, tinglanadigan, aytiladigan, o’qiladigan va 
yoziladigan ingliz tili materiali mazmunida shunday tarbiyaviy jihatlar mavjudki
ular o’quvchini ma’rifatga yetaklaydi, uning ma’naviy ehtiyojini qondiradi.
Ma’lumki, oliy o’quv yurti ingliz tili ta’limida ijtimoiy-maishiy, badiiy, 
siyosiy, madaniy, o’quv-ta’limiy va sohaviy mavzularga oid matnlar o’qish uchun 
beriladi hamda ulardan olinadigan ma’lumotlar o’quvchi tarbiyasiga bevosita 
dahldor va foydali bo’lishi talab etiladi.
O’quvchilar Vatanimizning mashhur kishilari (Outstanding people of 
Uzbekistan: Amir Temur, Khoja Ahmad Yassawiy, Bahouddin Naqshband, 
Alisher Navoi va b.), davlatimiz ramzlari, tarixiy obidalari, madaniyati, san’ati, 
tarixi, urf-odat va an’analarini o’zida aks ettirgan ingliz tilidagi matnlar (Symbols 
of Uzbekistan: National anthem, flag, state emblem of Uzbekistan, Famous cities 
of Uzbekistan: Samarkand, Bukhara, Khiva, Tashkent va b.)ni o’qishi ularda Ona 
Vatan iftixori, o’z yurti va ajdodlari bilan faxrlanish tuyg’ularini kamol topishiga 
ko’maklashadi. 
Bundan tashqari, ingliz tilini o’qitishda tarbiyaviy maqsad tili o’rganilayotgan 
xalq(lar) nutqiy muomala madaniyati, axloqi, turmush tarzi kabilarni o’rganish 
orqali ham amalga oshiriladi. 
Ingliz tili ta’limi orqali o’quvchilarni tarbiyalash: a) darsda; b) darsdan 
tashqari ishlar jarayonida (turli tadbirlar, kechalar o’tkazish orqali) olib boriladi. 
O’qitish metodikasida yana bir – 
kasbiy (professional) maqsad
ham
mavjudki, u ixtisoslik beruvchi o’quv yurtlarida amalga oshiriladi. Bugungi kunda 
mazkur maqsad tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin etilmoqda. Bizningcha, bu 


24 
masalani yoritishda, avvalo, “ixtisoslik”, “kasb” va “kasbiy yo’naltirilganlik” 
tushunchalariga muxtasar izoh berish lozimdek ko’rinadi. 
Ixtisoslik (mutaxassislik) deganda, muayyan sohada, masalan, ingliz tili 
mutaxassisligi sohasida maxsus nazariy bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lish 
tushuniladi. Kasb tushunchasi sifatida esa muayyan faoliyatda ingliz tilidan 
amaliyotda foydalanish nazarda tutiladi. Chet til mutaxassislari faqat ushbu sohaga 
oid oliy o’quv yurtlarida tayyorlanadi. Bunday o’quv yurtlarida talabalar ingliz 
tilidan ixtisoslikni egallash uchun mazkur til bo’yicha muayyan nazariy va amaliy 
fanlarni o’rganishlariga to’g’ri keladi. Nofilologik oliy o’quv yurtlarida esa 
muayyan ixtisoslikni egallash uchun o’quv rejasidagi barcha umumta’limiy va 
kasbiy (umumkasbiy va maxsus) fanlar tegishli ulushini qo’shadi. Talabalarni 
ingliz tilida mutaxassislikka oid sohaviy matnlarni o’qishi o’quvchilarni 
umumdasturiy bilimlarini boyitadi, jumladan, kasbga oid sohaviy atamalarni puxta 
o’zlashtirishlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Demak, ingliz tili talabalarning 
muayyan kasbiy sohaga oid malakalarini shakllanishiga ko’maklashadi.
Ta’limni kasbiy yo’naltirishning mohiyati shaxsning kasbiy hislatlarini tarkib 
toptirish, bo’lajak mutaxassislik malakalarini hosil qilishga qulay sharoit yaratib 
berishdan iboratdir. Bu, albatta, kasbiy maqsad doirasiga kiradi. 
Nofilologik oliy o’quv yurtlari ingliz tili ta’limida o’quvchilar ta’lim-
tarbiyasiga munosib e’tibor berilib, yuqoridagi maqsadlarga erishish orqali 
bo’lajak kichik mutaxassislarning shaxsi va kasbiy malakalari shakllanadi, 
demakki, rivojlantiruvchi maqsadga erishiladi. 
Rivojlantiruvchi maqsad
ingliz tilini o’rganish jarayonida o’quvchilar 
dunyoqarashining kengayib borishi bilan belgilanadi. Ingliz tilini o’rganish 
o’quvchilar mantiqiy tafakkuri (fikrlash, fahmlash, tahlil, umumlashtirish)ni 
o’stiradi, mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Rivojlantiruvchi maqsad til 
materiallarini tahlil qilish, umumlashtirish, xulosalar chiqarish, so’zlar ma’nosini 
mustaqil fahmlash malakalarini o’stirishda namoyon bo’ladi. Demakki, ingliz tili 
o’qitishda o’quvchilar saviyasini quyidan yuqoriga ko’tarish, aqliy jihatdan ravnaq 


25 
toptirish, mazmunan yuksaltirish, aqlan yanada ulg’ayishini ta’minlash ushbu 
maqsadning ro’yobga chiqishidan ko’zlanadigan birinchi vazifadir. Ikkinchi vazifa, 
ingliz tili o’rganishda o’quvchilarning his-tuyg’ularini kamol toptirish, tashqi 
ta’sirni sezgilar va analizatorlar yordamida idrok etib tushunishni ravnaq 
toptirishni nazarda tutadi. Uchinchidan, rivojlantiruvchi maqsad faoliyat ko’rsatish, 
ta’lim olishga bo’lgan ichki turtki (motivatsiya)ni kuchaytirishni taqozo etadi.
Rivojlantiruvchi 
maqsad 
nutqiy 
amallar 
orqali 
ro’yobga chiqadi. 
Umumta’limiy maqsaddan uning farqi shundaki, olinadigan ma’lumot yoki 
axborot mazmunining amaliyotga tatbiqi va uni olish malakalari rivojlantiruvchi 
maqsad doirasiga kiradi. Ta’lim esa aqliy jihatdan rivojlantirishning asosi 
hisoblanadi. Ingliz tili o’qitishdan ko’zlangan maqsadlar o’rta maktab va 
nofilologik oliy o’quv yurti ta’limida o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Ingliz tili o’rganish jarayonida fan oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalardan 
kelib 
chiqib, 
o’quvchining 
kommunikativ 
kompetentsiyasi 
(layoqati) 
shakllantiriladi, ya’ni tilni nutqiy muloqot vositasi sifatida o’rganish malakalari 
hosil qilinadi. Nutqiy kompetentsiya lingvistik (til bilimi), ijtimoiy-madaniy (social 
and cultural knowledge), nutqiy ko’nikma va malakalarga oid bilimlardan tashkil 
topadi.
Lingvistik bilimlar lisoniy qoidalarni bilish, leksik, grammatik, talaffuz 
hodisalarini yaxlit tarzda egallash oqibatida nutqiy obyekt (o’qish va tinglab 
tushunish uchun berilgan matnlari)ni idrok etib tushunish va nutqiy hosila (gapirish 
va yozuv)ni erkin yarata olish kabilarni taqozo etadi.
Ijtimoiy-madaniy sohaga oid bilim kommunikativ faoliyatni yurita olish 
malakalarini egallash orqali milliy, madaniy o’ziga xoslik, jumladan, 
madaniyatlararo muloqot hodisalarini bilish kabilardan tashkil topadi.
Nutqiy ko’nikma va malakalarga oid bilimlarda o’quvchilarning til bilimi, 
nutqiy ko’nikma va malakani o’zlashtirishi nazarda tutiladi. Nutqiy vaziyatda til 
vositalarini erkin qo’llash, tasvirlash, hikoya qilish, mulohaza yuritish, o’z fikrini 


26 
bayon qilish (monolog), o’zgalar nutqini idrok etib tushunish (dialog), chet tildagi 
matn mazmunini payqay olish kabilarni bilish talab etiladi.
Kommunikativ kompetentsiya bo’yicha o’quvchilar quyidagi amaliy 
bilimlarga ega bo’lishlari kerak: til materialini nutqiy vaziyatda qo’llash; 
tayyorlangan va tayyorlanmagan yakkanutq va juftnutqda fikr yurita olish; o’qish 
turlari (tanishuv, o’rganuv, kuzatuv o’qish)ni egallash, asliyatdagi va adaptatsiya 
qilingan matnni o’qib axborot olish kabilar.
Tadqiqotimizda endigi bildiriladigan fikrlar o’qitish maqsadlarining o’zaro 
bog’liqligiga doir. Chet til ta’limshunosligida ta’lim va tarbiya birligi etakchi 
tamoyillardan biridir. Ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchining ongi shakllana 
boradi, his va tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan xulqiy 
odatlar hosil bo’ladi.
Ta’lim va tarbiya birligini ta’minlash mazkur jarayonni to’g’ri tashkil qilish, 
turli o’qitish metodlaridan unumli foydalanishga ko’p jihatdan bog’liqdir. Ta’lim 
va tarbiyaning birligini ta’minlash uchun ayniqsa: a) bayon qilinayotgan o’quv 
materiallarining mazmuni ilmiy va g’oyaviy jihatdan to’g’ri tashkil qilinishi; b) 
o’rganiladigan mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy mohiyatini ochib berish uchun 
mavjud imkoniyatlardan to’la foydalanish; v) o’rgatilayotgan bilimlarni puxta va 
mustahkam o’zlashtirish; g) ta’lim jarayonida o’quvchilarning qiziqishlarini 
orttirish, faollik va tashabbuskorligini oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish