49
III BOB O’RTA UMUMTA’LIM MAKTABI VA NOFILOLOGIK
OLIY O’QUV YURTLARIDA INGLIZ TILIDA NUTQ FAOLIYATI
TURLARINI O’RGATISHNING QIYOSIY TAHLILI
III.1. O’rta umumta’lim maktabi va nofilologik oliy o’quv yurtlarida
ingliz tilida og’zaki nutqni o’rgatish bo’yicha talablar
Insonning har qanday faoliyati, jumladan, nutqiy faoliyat ham, tuzilishiga
ko’ra undovchi (motivatsion), yo’llovchi va ijro qismlaridan iboratdir. Nutqiy
faoliyatning motivatsiyasi shaxs harakatining murakkab aloqalaridan tashkil
topgan bo’lib, u ehtiyoj, maqsad tufayli sodir bo’ladi. Nutqiy faoliyatga asosan
ichki va tashqi motivlar sabab bo’lishi mumkin. Nutqiy faoliyatning ichki
turtkisiga o’quvchining bilish-kommunikativ ehtiyoji sababchi bo’lsa, muallimning
tashqi motivi o’quvchilarga turtki beruvchi, qo’zg’atuvchi, dalda beruvchi,
kuchaytiruvchi omillardan hisoblanadi.
Shaxs fikrining shakllanish jarayoni nutqni ifodalashning vosita va usullarini
tanlashdan iboratdir.
Faoliyatning ijro, amalga oshirish bosqichi gapirish, tinglab tushunish, o’qish
va yozuv sifatida namoyon bo’ladi. Fikr nutq faoliyatining predmeti, til uning
vositasi, nutq esa chet til amaliyoti uchun fikrning shakllanish va ifodalanish usuli
deb belgilanadi.
Chet tilda nutq faoliyatining reproduktiv (gapirish, yozuv) va retseptiv
(tinglab tushunish va o’qish) turlarini egallash bir-biridan farq qiladi. Nutq
malakalariga qo’yiladigan talablarni yoritishda, avvalo, bilim, ko’nikma va malaka
tushunchalarini tahlil etish zaruriyati tug’iladi.
Hozirgi zamon chet til o’qitish metodikasida nutqiy malakalarni egallash nutq
faoliyati nazariyasi (psixolingvistika) ma’lumotlariga muvofiq tahlil etiladi.
Bilimlar – odamlarning ijtimoiy-tarixiy amaliyoti jarayonida to’plagan
umumlashgan tajribasidir. Didaktik atama
bilim
ta’lim maqsadiga muvofiq
keladigan, o’zaro bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan axborot (ma’lumot)lar
50
tizimini ifodalaydi. Chet til metodikasida bilim tushunchasi qamroviga nutqda
leksika, grammatika va talaffuzni o’zlashtirish va ularga oid sodda qoidalarni bilish
kiradi. Bizningcha, bilimning bosh mezoni uning amaliyotga bevosita tatbiq
etilishidir. Bilim nutq faoliyati uchun o’ta zarur bo’lgan, uni takomillashib
borishida vosita vazifasini bajaradigan omillardan biridir.
Nutq malakalarining yana bir tarkibiy qismi –
ko’nikma
dir. Ko’nikma hosil
qilish ish-harakat yo’l va usullarini bilib olish, ularni amaliyotda qo’llay bilishdir.
Ko’nikma bilimdan farq qiladi. Har qanday ko’nikma bilimni talab qiladi. Biroq
bilim hamma vaqt ham ko’nikmaga bog’liq bo’lavermaydi. Bilim muhokamalar
orqali shakllanib boradi. Bular aqliy va jismoniy bo’lishi mumkin. Masalan,
o’quvchi grammatik qoidalarni bilishi, ularni istalgan vaqtda takrorlab borishi
mumkin-u, lekin ulardan amaliyotda foydalana olmasligi mumkin. Shularni
hisobga olib, biz ko’nikmani amaliy faoliyatga taalluqli hodisa deyishimiz
mumkin.
Ruhshunoslikda keng tarqalgan ta’riflardan birida ko’nikmani “ongli
avtomatlashgan
harakat”
sifatida
baholanadi.
Huddi
shunday
talqinni
ta’limshunoslikda ham uchratish mumkin: ya’ni ko’nikmaga “u yoki bu harakatda
bilimlarni ongli va to’g’ri qo’llash” deb qarash ham mavjud. Yana bir talqinda
ko’nikma “u yoki bu harakatni bir xil sharoitda ko’p marta takrorlash natijasida
hosil qilinadigan ongli faoliyatdagi avtomatlashgan qism” deb ta’riflanadi. Ingliz
tili ta’limida ko’nikma o’quvchilarning olgan bilimlariga asoslanib qo’yilgan
vazifa va shartlarga binoan bajaradigan harakatlar yig’indisi, ya’ni ko’nikma hosil
qilish, mehnat qilish yo’l va usullarini bilib olish, o’z bilimlarini amalda qo’llay
bilish demakdir. Qisqasi, ko’nikma ilgari egallangan tajribalar asosida muayyan
faoliyat yoki harakatni ongli ravishda takrorlanishi yoki amalga oshirilishi, mashq
qilish natijasida bajariladigan harakatlar yig’indisi hisoblanadi.
Ruhshunoslik va ta’limshunoslikda mavjud nuqtai nazarlarga ko’ra
malaka
inson olgan bilim va ko’nikmalarni amaliy faoliyat chog’ida sobitqadamlik bilan
ijodiy qo’llay olish qobilyatidir. Malaka avtomatlashgan ko’nikma bo’lib, biror
51
ishni amalda qiyinchiliksiz, ortiqcha bilim va iroda kuchi sarflamasdan bajara
olish, boshqacha aytganda, muayyan harakatlarni bajarish jarayonlarining
tezlashishi yoki qisman avtomatlashuvidir. Avtomatlashuv (avtomatizatsiya) til
birligining nutqda erkin qo’llanishidir.
Ta’lim jarayonida bilim, ko’nikma va malakalar o’zaro uzviy bog’lanadi.
Lekin bunda yetakchi rolni, albatta, bilim egallaydi. O’quvchilar bilimlar asosida
muayyan ko’nikma va malakalarni egallaydilar. Ko’nikma va malakalarning
umumiy hamda farq qiluvchi tomonlari mavjud. Umumiyligi shundaki, ko’nikma
va malakalar o’quvchilarning olgan bilimlari asosida bajariladigan faoliyat
usullarini tashkil etadi, boshqacha aytganda, ushbu bilimlar amaliyotga o’tadi.
Ko’nikma va malakalar ham, o’z navbatida, bilimlarni egallash jarayoniga o’zining
ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
Demak, egallangan bilim mashq yordamida ko’nikmaga, so’ngra doimiy
mashqlar vositasida malaka darajasiga ko’tarilar ekan. Bilim asosida ko’nikma va
malaka hosil bo’lishi fanda anchagina tadqiq etilgan sohalardan biridir. Bilim,
ko’nikma va malaka ingliz tili o’rganishda o’ziga xos munosabat kasb etadi va
o’quv predmetining xususiyatini aks ettiradi. Bu jarayonlar nutqiy faoliyatni
vujudga kelishida muhim omillardan biridir. Chet til o’qitish metodikasida nutq
malakalari gapirish, tinglab tushunish, o’qish va yozuv faoliyatlari bilan bog’liq
holda tadqiq etiladi.
O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida ingliz tili o’qitishning
amaliy maqsadlaridan biri
Do'stlaringiz bilan baham: |