Qosimova feruza xursanali qizi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/33
Sana08.02.2022
Hajmi0,82 Mb.
#436378
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Bog'liq
Akademik litsey va kasb-hunar texnikumlarida ingliz tili o\'qitish metodikasining qiyosiy tahlili

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


42 
II.3. Ingliz tili materialiga oid ko’nikmalarni shakllantirishning qiyosiy 
tahlili
Leksikani metodik tayyorlash tadbiri metodistlar tomonidan bajarilgach
uning natijalari bevosita o’qitish amaliyotiga joriy etiladi. O’rgatishga 
tayyorlangan leksik material yuzasidan darsda va boshqa mashg’ulotlarda muallim 
ishtiroki va rahbarligida o’quvchilar leksik ko’nikmalarni egallaydilar. Mazkur 
tadbir o’qitish metodikasida leksik ko’nikmalarni shakllantirish bosqichi deb 
ataladi. Leksik ko’nikmalarni shaklantirish uch bosqichda o’tishi tadqiqotlarda 
ko’rsatib o’tilgan. Bunda birinchi bosqich yangi so’z bilan tanishishdan boshlanib, 
ikkinchi bosqichda leksika nutq jarayonida qo’llana boshlaydi. Uchinchi bosqichda 
esa o’rganilayotgan so’z nutq faoliyati turlarida, malaka tarkibida o’zlashtiriladi.
Tanishish (prezentatsiya) bosqichida so’zning shakli, ma’nosi va qo’llanishi 
yuzasidan mashq bajariladi. Yangi so’z ma’nosi bilan tanishish, ma’lumki, ikki 
usulda amalga oshiriladi: tarjimasiz va tarjima vositasida. 
Tarjimasiz usul ichki va tashqi ko’rgazmalilikdan foydalanilgan holda amalga 
oshiriladi. Yangi so’z tarjimasiz usul bilan o’rgatilganda narsa, rasm, hatti-harakat 
namoyish qilinib, mana bunday topshiriqlar beriladi: so’z ma’nosini fahmlab oling 
(masalan, kitob ko’rsatiladi va uning nomi ingliz tilida jumla tarzida aytiladi). 
Tarjimasiz usulda antonim, sinonim, so’z yasash elementlari, kontekst, 
ta’riflashdan ham foydalanish mumkin. Tarjimasiz usul narsa nomini, uning hajmi, 
rangi yoki harakatni ifodalovchi so’zlarni taqdim etishda kengroq qo’llaniladi.
Tarjimadan foydalanish zarurati paydo bo’lganda, uning ikki turidan 
foydalanish mumkin: birinchisi oddiy (so’zma-so’z) tarjima, ikkinchisi esa tarjima-
izoh. Bunda kontekstdan ajratib olingan yangi so’zning bevosita tarjimasi 
keltiriladi yoki ayrim hollarda tarjima izohlanadi. 
Yangi so’z ma’nosini mustaqil tarzda o’rganish usuli ham kollej tajribasida 
keng tarqalgan. Ayniqsa, o’qish malakasini egallash chog’ida yangi so’zlarning 
ko’p qismi lug’at yordamida o’rganish uchun beriladi.
Leksik birlikning ma’nosi bilan tanishish uni o’zlashtirish yo’lidagi birinchi


43 
bosilgan ta’limiy qadam, xolos. Ikkinchi bosqichda so’zlarni jonli nutqda qo’llash, 
ya’ni ko’nikma hosil qilish uchun leksik mashqlar bajariladi. Mashqlarning asosiy 
turlari: (1) lug’at tarkibini kengaytirish, (2) retseptiv va reproduktiv tarzda 
o’zlashtirish, (3) turli leksik birliklar (so’z, turg’un so’z birikmasi, nutq klishesi)ni 
o’rganishga bag’ishlanadi.
Yangi leksik birlikning ma’nosini ochish (semantizatsiya) chog’ida 
qo’llaniladigan metodik usullar so’zning xususiyati, aktiv/passiv leksikaga oidligi, 
ta’lim bosqichi va o’quvchilar saviyasi, so’zning taqdim etiladigan shakli(eshitib 
yoki o’qib idrok etish), yangi birlikni tanishtirish joyi (dars, uy, darslik lug’at) kabi 
omillarga bog’liq bo’ladi. 
Leksikaning qo’llanishi ko’nikma hosil qilishda oxirgi bosqich bo’lib, manosi 
ochilgan va nutqda ishlatila boshlagan so’zni nutq jarayonida ishlatish, ya’ni 
ko’nikmani malakaga o’tish davridir. Mazkur bosqichda o’quvchi so’zni nutqda 
mustaqil ishlata olishni o’rganadi. O’zlashtirganlik ko’rsatkichi leksikani nutqda 
erkin qo’llay olish yoki tanib olishdan iboratdir. Fikr bayon etish va tushunishda 
o’quvchi so’zni bemalol qo’llasa, yoki tanib olsa, bu leksik ko’nikmalarni 
shakllanganligidan dalolat beradi. O’zlashtirganlik ko’rsatkichi leksikani nutqda 
erkin qo’llash va tanib olishdan iboratdir.
Ingliz tili leksikasini o’rganishda nutq birlamchi, leksika esa vosita vazifasini 
bajaradi. 
Yuqoridagi bildirilgan fikrlar asosida o’rta maktab va nofilologik oliy o’quv 
yurti ingliz tili ta’limida leksikani o’rgatish bo’yicha quyidagi xulosalarni 
chiqarish mumkin: 

1. Ushbu ikalla o’quv yurtida ham ingliz tili leksikasini o’rgatish nutq 
faoliyati turlarini egallash vositasi sifatida talqin qilinadi. 

2. Ingliz tiliga ajratilgan vaqt(soatlar)ning chegaralanganligi munosabati 
bilan leksik minimum muayyan metodik printsiplar asosida tanlab olinadi. 

3. Leksik minimumni tanlash o’qitish maqsadlariga bo’ysundiriladi.


44 

4. Leksik minimumni tanlashda o’quv yurti turi, jumladan, maktab va oliy 
o’quv yurti yo’nalishlari ham inobatga olinadi, jumladan sohaviy passiv leksik 
minimumga alohida e’tibor beriladi.
Grammatika sohasidagi eng dolzarb masalalardan biri grammatik 
ko’nikmalarni shakllantirishdir. Grammatik hodisalarni nutq faoliyati turlarida 
erkin qo’llay oladigan bo’lishlari uchun o’quvchilarda grammatik ko’nikmalarni 
shakllantirish talab etiladi. Grammatik ko’nikma deganda, nutqda morfologik-
sintaktik hodisalarni avtomatlashgan tarzda qo’llashni va tanib olishni ta’minlovchi 
amallar tushuniladi.
Grammatik ko’nikmalarni shakllantirish taqdimot, mashq qilish, qo’llash 
bosqichlaridan o’tadi. Taqdimot bosqichida yangi grammatik birlikni tanishtirish 
(nutq namunasida taqdim etish), o’rni kelganda, ularni tushuntirish va dastlabki 
grammatik amallarni bajarish nazarda tutiladi. Mashqlarni bajarish bosqichida 
e’tibor grammatik ko’nikmani hosil qilishga qaratiladi. Grammatik hodisani nutq 
faoliyati turlarida qo’llash bosqichida grammatik ko’nikmalarni malakaga 
aylanishi ustida ish olib boriladi.
Grammatik materiallarni taqdim etishda induktiv va deduktiv usullardan 
foydalaniladi. Induktiv usuldagi taqdimotda avval misollar beriladi va keyin 
qoidaga o’tiladi. Deduktivda esa qoida (yoki nutq namunasi) berilib, so’ngra 
misollarda mashq qilinadi. U yoki bu usulni tanlashda quyidagi metodik omillar 
hisobga olinadi: (1) grammatik hodisaning tabiati ­ shaklning o’xshashligi, 
ma’noning oson ochilishi induktiv usuldan foydalanishni taqozo etadi. Masalan, 
sifatlarning ingliz tilidagi qiyosiy va orttirma darajalarining yasalishidagi aniq 
belgilarning mavjudligi induktsiyani talab etadi; (2) o’xshashlik induktsiyani, 
tafovut esa deduktsiyani taqozo etadi; (3) fe’l zamonlarining birini oldin 
o’zlashtirilishi keyingisiga zamin bo’ladi va h.k.; (4) yangi hodisa mikrobirliklarini 
turli usullarda o’rganish mumkin. Masalan, fe’l zamonlarining yasalishi va 
ma’nosi induktsiyada, qo’llanishi deduktsiyada yoki aksincha taqdim etish 
mumkin. 
 


45 
Tillardagi o’xshashlik va tafovutlarni bilib olish o’quvchilarni bilim 
saviyasini oshishi, xotira va mantiqiy tafakkurini rivojlanishi, ularning lingvistik 
saviyasini ko’tarish uchun xizmat qiladi.
O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida ingliz tili grammatikasini 
o’rgatish xususiyatlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
 
1. Yuqorida ko’rsatilgan ikkala o’quv yurtlarida ingliz tili ta’limida grammatikani
o’rgatish ta’limiy maqsad maqomini olmaydi. U nutq faoliyati turlarini 
o’rgatishda vosita vazifasini bajaradi va alohida til aspekti sifatida 
o’rgatilmaydi. 
2. Ingliz tili ta’limida grammatik hodisalar o’quvchilar uchun yangilik 
hisoblanmaydi. O’quvchilardan mazkur hodisalarni funktsional tarzda 
(qo’llanish) o’zlashtirish talab etiladi.
3. O’quv yurti turiga qarab, aktiv va passiv grammatik minimumga turlicha 
yondashiladi. O’rta maktab boshlang’ich bosqichlarida aktiv, yuqori bosqich va 
nofilologik oliy o’quv yurtlari ingliz tili ta’limida passiv grammatik minimumni 
o’rgatishga alohida e’tibor beriladi. 
4. Ingliz tili o’qitishda grammatikaga oid nazariy ma’lumotlar hajmi o’ta 
cheklangan bo’lib, ular qoida-ko’rsatma va qoida-umumlashma tarzida beriladi. 
O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlari o’quvchi hamda talabalariga 
inglizcha talaffuzni o’rgatishda xilma-xil usullar qo’llanadi: muayyan tovushning 
hosil bo’lishi(artikulyatsiyasi)ni tushuntirish, talaffuz namunasi (etalon)ni 
namoyish etish, maxsus fonetik mashqlar bajarish, matnlarni ovoz chiqarib o’qish, 
so’z va gaplarni fonetik tahlil qilish kabilar.
Ma’lumki, oliy o’quv yurtlariga o’quvchilar turli akademik litsey va kasb-
hunar kollejlaridan keladilar. Ularning ingliz tilini bilish darajasi, jumladan, 
talaffuz ko’nikmalarini o’zlashtirish ko’rsatkichlari ham turlicha bo’ladi. Bu holat 
mazkur o’quv yurtining birinchi bosqichida ingliz tili talaffuziga ko’proq e’tibor 
qaratishni taqozo etadi. Shuning uchun oliy o’quv yurtlari dasturiy talablari ushbu 
bosqichda ingliz tili darsining dastlabki 10-12 akademik soatini talaffuzni bir 


46 
me’yorga keltirish bo’yicha korrektiv kurs o’tkazishni taqozo etadi. SHu bilan 
birga, korrektiv kurs ingliz tili eshitish-talaffuz va ritm, unli hamda undosh 
tovushlarning klassifikatsiyasi haqida ma’lumotlarni o’quvchilarga etkazishni ham 
ko’zda tutadi. Mazkur ko’nikmalarni takomillashtirish maqsadida keyingi 
darslarda ham ma’lum vaqtni talaffuz ko’nikmalarini takomillashtirishga ajratish 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Talaffuzni o’rgatish bo’yicha o’tkazilgan tajribalardan 
quyidagicha xulosalar chiqarildi: 
O’quvchilarga inglizcha talaffuzni o’rgatishda turli usullardan foydalaniladi. 
Tallaffuzi qiyin hisoblanadigan tovushlarni tushuntirishda, albatta, ularning 
talaffuz etilish holati tasvirlangan rasmlarni ko’rsatib, qisqacha artikulyatsiya 
qoidasi beriladi, keyin mazkur tovush ovoz chiqarib talaffuz etiladi. O’zbekcha 
tovushlarga o’xshab ketadigan tovushlarni o’rgatish jarayonida ular ona tili 
tovushlari bilan qiyoslanishi mumkin. 
O’quvchilarga inglizcha talaffuzni o’rgatishda ko’rgazmalilikdan keng 
foydalaniladi: (a) o’qituvchining nutqi, uning talaffuzi o’quvchilar uchun namuna 
bo’lib xizmat qiladi, magnitafonga yozib olingan inglizcha so’z, jumla va matnlar 
talaffuzi ham shunga oiddir; (b) o’quvchilar talaffuz jarayonida o’qituvchining 
yoki bir-birlarining nutq organlari faoliyatini kuzatib boradilar.
Ingliz tilida talaffuz materialini o’rgatish nutqiy malakalarni shakllantirishga 
ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Tovushlarni tinglash, taniy olish, farqlash orqali tinglab 
tushunish malakasi rivojlansa, talaffuz materialini takrorlash (aytish), taqlid qilish 
orqali gapirish malakalari takomillashtiriladi. So’zlarni matnda taniy olish, farqlash 
mashqlari o’qish malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida talaffuz materialini 
o’rgatish metodikasida bir qator o’ziga xosliklar mavjud: 
1. Ingliz tili ta’limida approksimatsiyalashgan talaffuzni o’rgatish printsipiga rioya 
qilinadi.
2. Ingliz tili ta’limida tallafuzni alohida aspekt sifatida o’rgatilmaydi. Uni nutq 
faoliyati turlarini o’rgatish chog’ida egallash nazarda tutiladi. 


47 
3. Ingliz tili tovushlari o’quvchilar yosh xususiyatlarini va ularning bilim darajasini 
hisobga olgan holda o’rgatiladi. 
4. Ingliz tilida talaffuzni o’rgatishda taqlidiy-tahliliy usuldan foydalaniladi. 
5. Ushbu o’quv yurtlari dasturiga ko’ra talaffuz normasining to’liq uslubini 
o’rgatish qabul qilingan.
Yuqorida til materialini statik bosqichda metodik tayyorlash (tanlash, 
taqsimot, tasnif va taqdimot) va dinamik bosqichda ko’nikmalarni shakllantirish 
(taqdimot, mashq, qo’llanish) bo’yicha fikr-mulohazalar bayon etildi. O’rta 
maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida til materialini o’rgatish bo’yicha 
quyidagi metodik xulosalar qilinadi: 

1. Til materiali (talaffuz, leksika va grammatika)ni o’rgatish ingliz tili 
o’qitish maqsadlariga bo’ysundiriladi. 

2. Til materiali aktiv va passiv minimumga ajratiladi. Ingliz tili ta’limida 
passiv til minimumini o’rgatishga asosiy e’tibor qaratiladi.

3. Mazkur o’quv yurtlari sharoitida til materialini o’rgatishda o’ziga xos 
metod, usul va mashqlar qo’llaniladi. 

4. Til materialini o’rgatishda o’quvchi va talabalar til tajribasini hisobga 
olish printsipiga rioya qilinadi. 

5. Til materiali nutqda yaxlit (kompleks) qo’llanishi kuzatiladi. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish