So’nggi vaqtlarda jamiyatimiz hayoti, mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalarini
yanada jadal rivojlantirish bo’yicha qabul qilingan qonunlar, Prezident qaror va farmonlari ana
shu ezgu maqsadga qaratilganini anglash qiyin emas. Turizmni rivojlantirish, dunyoning ko’plab
davlatlaridan yurtimizga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun viza rejimini bekor qilish yoki sud-
huquq tizimini takomillashtirish, sudlarning haqiqiy mustaqilligini ta’minlash yoxud
tadbirkorlikka keng erkinlik berish, turli byurokratik to’siq va g’ovlarni yo’q qilish haqidagi
hamda boshqa bir qancha qaror va farmonlar odamlarning yo’lini ochishga, O’zbekistonimizning
jozibasini oshirishga xizmat qilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun bu boradagi islohotlar yanada izchil tus
olishiga sharoit yaratmoqda, xalqimizda katta umid uyg’otmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 83-moddasiga asosan «Korrupsiyaga qarshi
kurashish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muhokamasiga kiritilmoqda.
Mamlakatimizda ham mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq korrupsiyaga qarshi
kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi
va aniq tizimi yaratilgan.
Ta’kidlanganidek, hozirda ko’plab davlatlarda terrorizm, ayirmachilik, separatizm,
uyushgan jinoyatchilik, shu jumladan korrupsiya avj olayotgani dunyo jamoatchiligini tashvishga
solmoqda. Ana shunday bir sharoitda mansabdor shaxslarning jinoyatchilar bilan til biriktirishi
natijasida jamiyat siyosiy va iqtisodiy inqiroziga yuz tutishi mumkinligi korrupsiyaning ijtimoiy
xavfi nechog’lik yuqori ekanligidan dalolat beradi. Bunday xavfli qilmish oxir-oqibat uyushgan
jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullab-yashnashi uchun sharoit yaratib
beradi.
Qolaversa, korrupsiya fuqarolar, ayniqsa, yosh avlodda ijtimoiy adolatga, haqiqatga, davlat
organlari va mansabdor shaxslarga bo’lgan ishonchini susaytiradi. Shu nuqtai nazardan o’sib
kelayotgan yosh avlodni, ayniqsa, kollej va oliy ta’lim muassalarini bitirib, kasbiy faoliyat
boshlash ostonasida turgan yoshlarga korrupsiyaning nechog’li xavfli illat ekani haqida
ma’lumotlar berish foydadan xoli bo’lmaydi. Negaki, bugungi kun bitiruvchisi ertangi
mutaxassis, jamiyat va davlat boshqaruvining ishtirokchisidir.
O’zbekiston mintaqamizda birinchilardan bo’lib “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunni qabul
qildi.
O’zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi qonuni davlat
organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining
samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor shaxslarning o’z zimmasiga yuklatilgan
vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasida parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.
Qonunda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to’qnashuvi kabi iboralarning
mazmuni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi.
Qonun asosida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 2 fevraldagi
Do'stlaringiz bilan baham: