Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti Reja: 1


-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/401
Sana08.02.2022
Hajmi1,53 Mb.
#436359
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   401
Bog'liq
2 5192695407385253356

16-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining
boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi mablag’larini boshqarish bo’yicha parlament komissiyasi
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini
qo’llab-quvvatlash jamoat fondi mablag’larini boshqarish bo’yicha parlament komissiyasi (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi
deb yuritiladi) nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ularning mamlakatda
demokratik o’zgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda ishtirok etishiga ko’maklashish maqsadida tuziladi.
Parlament komissiyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari, adliya va
moliya vazirliklarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan rais, uning
o’rinbosari, mas’ul kotib va komissiya a’zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Parlament komissiyasi:
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag’larining nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlarini qo’llab-quvvatlash uchun taqsimlanishini tashkil etadi, nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolik jamiyati boshqa
institutlarining va davlat organlarining takliflarini o’rganish asosida aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga, fuqarolarning
ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish
dasturlarini ishlab chiqadi;
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag’larini taqsimlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlaydi, nodavlat notijorat tashkilotlari
va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning o’tkazilayotgan
sosial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlashda ishtirok etishi masalalarini muhokama qilishga jamoatchilikni jalb etadi;
joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash uchun mablag’larning
hajmlarini Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi
ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoat komissiyalarining (bundan buyon matnda jamoat komissiyalari deb yuritiladi) buyurtmalari asosida
aniqlaydi hamda taqsimlaydi, ushbu komissiyalar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni ta’minlaydi;
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishi, ushbu jamoat fondi tomonidan
moliyalashtiriladigan dasturlar hamda loyihalar ustidan nazoratni (monitoringni) amalga oshiradi, o’z majlislarida moliyalashtirilayotgan
dasturlar hamda loyihalar amalga oshirilishining borishi va natijalari to’g’risida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati
boshqa institutlarining hisobotlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotini eshitadi, ijtimoiy sheriklikni yanada
rivojlantirishga doir zarur tavsiyalarni ishlab chiqadi va topshiradi;
sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik
jamiyati boshqa institutlarining davlat organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda nodavlat
notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga ko’maklashadi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini, jamoatchilik
ekspertizasini tashkil etishda davlat organlariga yordam ko’rsatadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o’zgarishlarning
mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish bo’yicha tizimli ishlar olib boradi;
ijtimoiy sheriklik sohasida ko’rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni
amalga oshiradi;
bajarilgan ishlar to’g’risida har yili O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga va Senatiga axborot taqdim
etadi;
o’z faoliyati to’g’risida jamoatchilikni xabardor qiladi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining vasiylik kengashi vazifasini bajaradi.
Parlament komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Parlament komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan
belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senati Kengashining 2015 yil 13 mayda qabul qilingan 132-III/KQ-15-III-sonli Qo’shma qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-
quvvatlash jamoat fondi mablag’larini boshqarish bo’yicha Parlament komissiyasi to’g’risida nizom»

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish