holda sud,
basharti, belgilangan sinov muddati davomida jazoning
shartliligini bekor qilish
asoslari kelib chiqmasa, tayinlangan jazoni ijro etmaslik to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Sinov muddati bir yildan uch yilgacha belgilanib, hukm chiqarilgan kundan boshlab
hisoblanadi. Basharti, shartli hukm qilish to‘g‘risidagi qaror yuqori sud tomonidan chiqarilgan
taqdirda ham, sinov muddatini hisoblash shu kundan boshlanadi.
Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud bo‘lsa, sud mahkumga
muayyan vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki o‘qishga kirish,
yashash joyi, ish yoki o‘qish joyi o‘zgarib qolsa, bu haqda shartli hukm qilingan shaxsning
xulqi ustidan nazorat olib boruvchi
organga xabar berib turish, vaqti-vaqti bilan kelib bu
organlarda ro‘yxatdan o‘tib turish, muayyan joylarda bo‘lmaslik, muayyan vaqtda yashash
joyida bo‘lishi,
alkogolizm, giyovandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish
kursini o‘tashi kabi majburiyatlarni yuklashi mumkin.
Shartli hukm qilingan shaxslarning xulqi
ustidan ichki ishlar organlari, harbiy
xizmatchilar xulqi ustidan esa, harbiy qism yoki muassasaning qo‘mondonligi
nazorat olib
boradi.
Hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organning taqdimi bilan
sud sinov muddati davomida unga yuklatilgan majburiyatlarning hammasini yoki bir qismini
olib tashlashi yoki uning zimmasiga yangi majburiyatlar yuklashi ham mumkin.
Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan
majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga
ma’muriy yoki intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa sud uning xulqi ustidan nazorat olib
boruvchi organ taqdimnomasiga binoan jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda tayinlangan
jazoni ijro etish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
Shartli hukm o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan
sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga
nisbatan qo‘llanilmaydi, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan
shaxslar, birinchi va ikkinchi guruh
nogironlari, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan oshgan shaxslar bundan mustasno.
Shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga
nisbatan ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha jazo tayinlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: