O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


 Keksalik davrining shaxsiy xususiyatlari



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/336
Sana08.02.2022
Hajmi5,33 Mb.
#435143
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   336
Bog'liq
fayl 781 20210505

 
5. Keksalik davrining shaxsiy xususiyatlari 
Keksalik davridagi insonlarga emotsional sohada ham maxsus o‘zgarishlar xos. 
Bu affektiv reaksiyalarning kuchayishi (kuchli asab qo‘zg‘alishi), sababsiz xafa 
bo‘lish, yig‘lash va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Qariyalarda o‘tmish qadriyat 
hisoblanadi. Kaliforniya universiteti olimlarining 40 yillik longityud tadqiqot 
natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshda emotsional va psixologik barqaror faol 
shaxslar 70 yoshda ham o‘z faolliklarini saqlab qoladi. 
Qariyalarning ijtimoiy va psixologik mavqesini belgilaydigan muhim omillardan 
biri jismoniy sog‘liq, jismoniy faollikdir. Jismoniy noxushliklar – keksalik davrida 
hayotdan qoniqmaslikning muhim sababidir. Buning xususiy oqibatlari 
atrofdagilarga qiziqishning pasayishi, yaqinlar bilan munosabatlarning o‘zgarishi, 
o‘z-o‘zini baholashning pasayishida ko‘rinadi. 
Biroq shaxsiy keksayishga munosabat – keksalar psixik hayotining faol 
elementidir. Jismoniy va psixik o‘zgarishlarni anglash, o‘zining jismonan 
nosog‘lomligini his qilish keksalik davrida o‘z-o‘zini anglashning yangi darajasini 
tashkil 
etadi. 
Keksalarning 
jismoniy 
kuch 
va 
imkoniyatlarining 
chegaralanganligiga chidamliligi yoki chidamsizligi shaxsiy qartayishiga 
munosabatini bildiradi. 
K.Roshakning ta’kidlashicha, ehtiyojlar ierarxiyasi, tuzilishi o‘zgaradi: 
qiynalishdan qochish, xavfsizlik ehtiyoji, avtonomiya va mustaqillik ehtiyoji
10
. Shu 
bilan birga keksalik davrida vaqtinchalik hayotiy rejalarning umumiy o‘zgarishi 
ro‘y beradi. Hozirgi hayot va o‘tgan umr haqida tasavvurlar kelajak hayotga 
10
Розак К.Психологические особенности личности в пожилом возрасте. Автореф. дис. –.1990. 


201 
nisbatan muhim ahamiyatga ega. Keksalarning o‘tmish xotiralarga qaratilganligi 
fenomeni ular psixik hayotining muhim qismidir. 
V.V.Boltenko psixologik qarishning bir neshta bosqichlarini ajratib ko‘rsatgan: 
Shuningdek, bu davrda hayotdan qoniqish hamda o‘z-o‘zini baholashning 
susayishi kuzatiladi. Amerika psixologlari tadqiqotlarida nafaqaga chiqqan 
erkaklar o‘rganilib, 5 xil shaxs tiplari o‘rganilgan
11

1. Konstruktiv tip – ichki muvozanat, ijobiy emotsional kayfiyat, o‘ziga nisbatan 
tanqidiylik va boshqalarga nisbatan chidamlilik bilan tavsiflanadi. Kasbiy 
faoliyatni to‘xtatgandan so‘ng ham hayotga nisbatan optimistik ustanovka saqlanib 
qoladi. Bunday keksalarning o‘z-o‘zini baholashi yuqori bo‘lib, atrofdagilarning 
yordamiga tayangan holda kelajak uchun reja tuzadi. 
2. Bog‘liq tip – ijtimoiy qabul qilingan va yaxshi moslashgan tip. Yuksak 
hayotiy va kasbiy intilishlar bo‘lmaganida turmush o‘rtog‘iga yoki farzandiga 
bo‘ysunadi. Oilaviy vaziyat tufayli hissiy muvozanat saqlab turiladi. 
3. Himoyalanuvchi tip – zo‘r berib doimiy faollik orqali o‘z-o‘zini ta’minlashga 
11
Стюарт–Гамилтон Я. Психология старения. С.131-132. 
• Insonni nafaqaga chiqishga qadar yetakchi 
hisoblangan faoliyat turi bilan shugʼullanishi
1-bosqich
• Kasbiy bogʼliqlikni bajarish hisobiga 
qiziqishlar doirasini torayishi
2-bosqich
• Shaxsiy sogʼliq haqida qaygʼurishining ustun 
boʼlishi
3-bosqich
• Oʼz hayotini saqlab qolish haqida oʼylash
4-bosqich
• Sof hayotiy ehtiyojlar kamayadi (ovqat, uyqu, 
xotirjamlik). Hissiyot va muloqotning yoʼqligi.
5-bosqich


202 
intilish. Nevrotik tip sifatida baholanadi. 
4. Agressiv-ayblovchi tip – bunday keksalar shaxsiy muvaffaqiyatsizliklari 
uchun aybni boshqalarga to‘nkaydi, shubhalanuvchan va birdan tutoqib ketadi. 
Ular o‘zlarining keksaligi, nafaqaga chiqqanligi haqidagi fikrni qabul qilishni 
istamaydi, kuchi tugayotgani va o‘lim haqida o‘ylab, yoshlarga nisbatan 
dushmanlarcha munosabatda bo‘ladi. 
5. O‘z-o‘zini ayblovchi tip – passivlik, depressiyaga beriluvchanlik, 
tashabbussizlik, yolg‘izlik, hayotga pessimistik munosabat, o‘lim baxtsizlikdan 
qutulish yo‘li sifatida qabul qilinadi. 
I.S.Kon keksalikdagi ijtimoiy-psixologik tiplarni ajratishda mezon sifatida 
faoliyatning yo‘nalganligidan foydalanadi. 
Ijobiy psixologik qulay tiplar: 
1) Nafaqaga chiqqandan so‘ng jamoat ishlarini davom ettirish, faol va ijodiy 
munosabatda bo‘lish; 
2) shaxsiy hayoti bilan shug‘ullanish – moddiy ta’minlanganlik, xobbi, 
qiziqishlar, mustaqil ta’lim olish, yaxshi ijtimoiy va psixologik ta’minlanganlik; 
3) oilaning boshqa a’zolariga qulay bo‘lish uchun ularga yordamlashish, bular 
ko‘proq ayollardir. Zerikish yo‘q, lekin birinchi va ikkinchi guruhdagilarga 
nisbatan hayotdan qoniqqanlik quyiroq; 
4) hayotning mazmuni sog‘liqni mustahkamlash bilan bog‘lanadi, bu ko‘proq 
erkaklarga xos. Hayotni bunday tashkil etish ma’lum ma’noda axloqiy qoniqish 
hosil qiladi, ba’zan sog‘liqqa nisbatan xavotirlanish kuzatiladi. 
Keksalarning salbiy tiplari: 
1) agressiv, maxmadonalar; 
2) o‘z hayotidan norozi, baxtsiz, muvaffaqiyatsiz keksalar. 
Keksalik davrida paydo bo‘lgan yangi psixologik tuzilma – bu hayotiy 
donishmandlik, hamda ruhning chuqur qatlamlari bilan yashash qobiliyatidir.

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   336




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish