“Oʻzbekiston tarixi” fanidan


Ikki palatali parlamentning shakillantirilishi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

Ikki palatali parlamentning shakillantirilishi. 
Prezident Islom Karimov 2000-yil 25-may 
kuni ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida doimiy 


asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o’tishni taklif qildi. Darhaqiqat, 
mustaqillikning o’tgan 10-yili davomida parlamentchilikda demokratik asoslar shakllantirildi, 
endi bir palatali parlamentdan ikki palatali parlamentga o’tish uchun zarur shart-sharoitlar 
yaratgan edi. 
2001-yil 6-7-dekabr kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning ettinchi sessiyasida ikki palatali 
parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, 
degan xulosaga kelindi. 2002-yil 27-yanvar kuni «Siz kelgusi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi 
parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan masalada referendum bo’lib o’tdi. 
Referendumda qatnashganlarning 93,65 foizi rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar. 
2002-yil 4-5-aprel kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida 
«Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy printsiplari to’g’risida» 
Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda respublika parlamentining nomi Oliy 
Majlis deyiladi, u ikki palatali-quyi va yuqori palatalardan iborat etib tashkil etiladi,deb belgilab 
qo’yildi. Quyi palata-Qonunchilik palatasi, yuqori palata-Senat deb ataladi, ularning vakolat 
muddati 5-yil deb belgilangan. Ikki palatali parlament tuzishning huquqiy asoslarini belgilab 
beruvchi yangi qonun loyihalarini tayyorlsh ishiga kirishildi. 
2002-yil dekabrda bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining o’ninchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi 
to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasining Senati to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonunlar qabul 
qilindi. Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat 100 nafar senatordan iborat etib 
shakllantiriladi. 
Bu 
o’zgarishlar 
2003-yil 
aprelda 
O’zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasiga kiritilgan o’zgartirishlarda ham o’z ifodasini topdi. 2003-yil 29-avgustda 
«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida»gi Qonunga o’zgartirish va 
qo’shimchalar kiritib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Shu tariqa ikki palatali 
professional parlamentni shakllantirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. 2004-yil 
dekabr-2005-yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar 
bo’lib o’tdi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi. Senatga respublikamizning har 
bir hududidan 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Konstitutsiyamizning 77-moddasiga 
muvofiq, 16 nafar senator O’zbeksiton Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 27-yanvar kuni 
bo’lib o’tgan birinchi majlisida deputatlar Oqsoqollar Kengashi tavsiyasiga ko’ra yashirin ovoz 
berish yo’li bilan Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga Erkin Halilov sayladilar. Shuningdek, 
2 nafar deputat Spiker o’rinbosari etib saylandi, qo’mita rahbarlari tasdiqlandi, siyosiy partiyalar 
fraktsiyalari tashkil etildi va ro’yxatga olindi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 27-yanvar kuni bo’lib o’tgan 


birinchi majlisida Prezident taqdimiga muvofiq Senat a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish 
yo’li bilan Murod sharifxo’jayev Senat raisi etib saylandi. Shuningdek 2 nafar senator Rais 
o’rinbosarlari etib saylandi, Senat qo’mitalari tashkil etilib, ularning raislari ham saylandilar. 
Muxtasar qilib aytganda, 2005-yil 27-yanvar kuni ikki palatali parlamenti shakllantirish 
ishlariga yakun yasaldi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati 
tashkil etildi va o’z faoliyatini boshladi. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish