O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i to'g'risida



Download 3,2 Mb.
bet1/34
Sana11.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#340208
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
2021 yangisi


1-Mavzu: Milliy ramzimiz mening faxrim
"O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i to'g'risida" qonun 1991 yil 18 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning sakkizinchi sessiyasida qabul qilindi.

O'zbekiston respublikasining Davlat bayrog'i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo'lgan g'oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo'lgan eng yaxshi an'analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos hususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o'zligini ham aks ettiradi.

Bayroqdagi havorang - zangori osmon va musaffo suv ramzidir.. Moviy - lojuvard - havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida buyuk Amir Temur ham o'z bayrog'iga bu rangni tanlagan.

Oq rang - tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o'z yo'lida baland davonlaridan oshib o'tishi kerak. Bayrog'imizdagi qo' rang yo'limizning musaffo va charg'on bo'lishi uchun yaxshi niyat ramzidir.

Qizil yo'llar - bu har bir tirik jonning qon tomirdan qon tomirdan urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.

Yashil rang - seme'mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vao'tda butun dunyoda atrof-mu'itni mu'ofaza o'ilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir.

Yarimoy - O'zbekiston xalqining ko'p asrlik an'analariga muvofiq keladi. Yarimoy va yufduzlar - musaffo osmonning va tinchlikning ramzlidir.

Bayrog'imizda 12 yulduz tasviri bor. 12 raqami qadimdan buyon mukammalik timsoli hisoblanadi.

Davlat bayrog'i-bizning o’tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzidir.

Mustaqil Respublikamizning “Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganiga ham 28 yil to‘lmoqda. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridayoq o‘z gerbiga ega bo‘ldi. 1992-yilning 2-iyulida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan edi. Davlat gerbi — davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzi sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi.

Konstitusiyamizning 5-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega”, deya ramzlarimizning huquqiy asoslari mustahkamlab qo‘yilgani barchamizga ayon. Mustahkam huquqiy asosga ega bo‘lgan bayroq, gerb va madhiyamiz esa davlat va xalq birligini namoyon etadi.

Davlat va millatning mavjudligi, xalqning mentaliteti, orzu-o‘ylari, tafakkur tarzi, ruhiyati va o‘ziga xosligi uning ramzlarida aks etadi. Shu sababdan ramzlar shu yurt uchun eng muqaddas qadriyat sifatida baholanadi. Davlat ramzlari orasida davlat tili va gerbi ham alohida ahamiyatga ega.

26-iyun kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida mazkur masalalarga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi muassisligidagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Rahimboy Jumaniyozov, Toshkent Davlat yuridik universiteti professori, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Firuza Muhitdinova hamda vazirlikning markaziy apparati, hududiy bosh boshqarmalar va aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari xodimlari ishtirok etdilar

26-iyun kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida mazkur masalalarga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi muassisligidagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Rahimboy Jumaniyozov, Toshkent Davlat yuridik universiteti professori, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Firuza Muhitdinova hamda vazirlikning markaziy apparati, hududiy bosh boshqarmalar va aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari xodimlari ishtirok etdilar

2 Mavzu: O’zbekiston umumiy uyimiz.


Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar teng huquq va imkoniyatlar yaratish davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Shu asosda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi. Millatlararo do‘stlik va birdamlik munosabatlarini mustahkamlash, barcha millatlarning o‘z qadriyatlarini saqlab qolishi uchun teng sharoitlar yaratib berish, milliy madaniy markazlar faoliyatini kuchaytirish kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirish borasidagi xayrli ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

Amalga oshirilayotgan ezgu sa’y-harakatlar natijasida bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari hamjihatlikda, bir oila farzandidek yashab, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Shuningdek, 143 ta milliy-madaniy markaz samarali faoliyat yuritmoqda. Respublikamizdagi barcha milliy madaniy markazlar davlat miqyosidagi umumxalq bayramlari, tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan «O‘zbekiston - umumiy uyimiz», «Bizning kuchimiz - birlik va hamjihatlikda» kabi festivallar millatlararo do‘stlik rishtalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.

Bunday tadbirlar viloyatimizda ham yuqori saviyada o‘tkazib kelinmoqda. Shuningdek, viloyatimizdagi mavjud 10 dan ortiq milliy-madaniy markaz vakillari o‘z tarixini o‘rganish, madaniyati va san’ati, urf-odatlari va an’analarini saqlash hamda rivojlantirishga ko‘maklashishga katta hissa qo‘shmoqda. Aksariyat madaniy markazlarda «Yakshanba maktablari» tashkil etilgan. Ularda yoshlarga o‘zbek tili va o‘z ona tili, urf-odat va an’analar, madaniyat va san’at yo‘nalishlarida bilim berib boriladi.

Bunday xayrli tadbirlar tashkil etishda partiyamiz ham chetda turgani yo‘q. “Milliy tiklanish” partiyasi viloyat kengashi 357 nafar turli millat vakillarini o‘zi safiga qabul qildi. Bundan tashqari, viloyat partiya tashkiloti va milliy-madaniy markazlar bilan hamkorlikda 50 dan ortiq turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Keng jamoatchilik orasida bag‘rikenglik va insonparvarlik, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlik g‘oyalari keng targ‘ib qilindi.

Shu yildan boshlab partiyamiz a’zolari va deputatlar joylarda millatlararo totuvlik, birdamlik va yakdillikni yanada mustahkamlashga qaratilgan an’anaviy “Ko‘p millatli oila” loyihasini amalga oshirishni maqsad qilgan.




Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish