okrugida ikki-uch nomzod, jami 700 nafar nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar
birinchi-marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Nomzodlarning birontasi ham
etarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995-yil 8 va 25-yanvar kunlari takroriy saylovlar
bo’ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi.
Oliy Majlis 1995-1999-yillarda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan
demokratik davlat qurishdan iborat yo’lni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan 10 kodeks, 2
milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qildi.
Shuningdek, u 70 ta xalqaro shartnomani
ratifikatsiya qildi, xalqaro konventsiyalarga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi.
Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999-yil dekabrda saylovlar
bo’lib o’tdi. Saylovlarda 7 ta
subekt-beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari va
saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. Oliy Majlisga
O’zbekiston xalq demokratik partiyasidan 48, "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasidan 34,
«Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 20, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan 11, "Milliy
tiklanish" demokratik partiyasidan 10, hokimiyat vakillik organlaridan 111
va saylovchilar
tashabbus guruhlaridan 16 nafar vakil deputat etib saylandi.
O’zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004-yillarda bo’lib o’tgan 16
sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va bitimlar
ratifikatsiya qilindi. O’zbekiston Respublikasining 329 ta qonun xujjatiga 1357 ta o’zgartirish va
qo’shimchalar kiritildi.
Bir palatali O’zbekiston Respublikasi parlamenti-Oliy Majlisi 1995-2004-yillarda o’z
faoliyatini quyidagi yo’nalishlarda samarali olib bordi:
O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini mustahkamlovchi
qonunlar yaratish;
qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;
shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish;
amaldagi qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini o’rgangan
holda
olib borish;
joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko’rsatish.
Muxtasar qilib aytganda, 1995-2004-yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir
palatali parlament sifatida xalq fikrini e’tiborga olish, ochiqlik va oshkorolik tamoyillari asosida
faoliyat yuritdi. Parlamentchilikda demokratik asoslar yaratildi. Bir
palatali Oliy Majlis milliy
parlamentarizm rivojlanish tarixida munosib o’rinni egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: