Qidir
Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy
Majlisi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi —
Oʻzbekiston
parlamenti
, oliy davlat vakillik, qonun
chiqaruvchi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etilgan va fuqarolarning
umumiy, teng, toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida shakllantirilgan. 1-chaqiriq Oliy Majlis koʻp
partiyalilik asosda 3 turda — 1994-yil 25-dekabr, 1995-yil 8- va 22-yanvarda boʻlib oʻtgan
saylovlarda saylangan va 1995—99 yillarda faoliyat koʻrsatgan. 2-chaqiriq Oliy Majlisga
saylovlar 1999-yil 5 va 19 dekabrda boʻlib oʻtgan va u 2000— 2004-yillarda faoliyat koʻrsatgan.
Bir palatali parlament 250 deputatdan iborat boʻlib, u ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita milliy
dastur, 240 ta qonun, 468 ta qaror qabul qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta qoʻshimcha va
oʻzgartirishlar kiritilgan. Bu yillarda parlament, oʻz konstitutsiyaviy vakolatlariga asoslanib,
demokratik jamiyatning huquqiy asoslarini shakllantirish, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini
rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlarni amalga oshirdi. Qonunchilik, davlat boshqaruvi, oʻtish
davri muammolarini yechishda muayyan tajribaga ega boʻldi. 2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan
referendumda ikki palatali parlamentni tuzish masalasi Oʻzbekiston xalqi tomonidan qoʻllab
quvvatlandi. 2004-yil 26-dekabr va 2005-yil 9-yanvarda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga,
2005-yil 17—20-yanvarda Oliy Majlis Senatiga saylovlar boʻlib oʻtdi va Oliy Majlis 2 palatadan —
Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palatadan) iborat qilib shakllantirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatining huquqiy asosini Oʻzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy
prinsiplari toʻgʻrisida" (2002-yil 4-aprel), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi toʻgʻrisida" (2002-yil 12-dekabr), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
toʻgʻrisida"gi (2002-yil 12-dekabr) Konstitutsiyaviy qonunlar, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida" (2003-yil 29-avgust), "Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida" (2003-yil 29-avgust) kabi qonunlar
tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi hududiy, bir mandatli saylov okruglari
boʻyicha koʻp partiyalilik asosida saylanadigan 120 deputatdan iborat. Qonunchilik palatasi
deputatlari umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli
bilan saylanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi boʻlib, Senat
aʼzolaridan (senatorlardan) tarkib topadi. Senat aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahridan teng miqdorda — 6 kishidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik
organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazкur deputatlar orasidan yashirin ovoz
berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Senatning 16 nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish
sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega
boʻlgan hamda alohida xizmat кoʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Har ikkala palataning vakolat muddati — 5 yil. Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga 25
yoshga toʻlgan hamda kamida 5 yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan
fuqarolar egadirlar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, viloyat, tuman, shahar
davlat hokimiyati vakillik organining 25 yoshga toʻlgan hamda kamida 5 yil Oʻzbekiston
Do'stlaringiz bilan baham: |