(1155—1227) XII asrning oxirlariga kelib nafaqat, mo‘g‘ul- larning ko‘p sonli urug‘-qabilalarini,
shu
bilan birga, ular bilan yon- ma-yon yashab kelgan ko‘plab turkiy elatlar,
chunonchi, jaloyirlar,
oyratlar, qaraitlar, naymanlar, qoraxitoylar, qirg‘izlar, uyg‘urlar, qar- luqlar va boshqalarni ham
birin-ketin bo‘ysundirib, kuchli davlatga asos soldi. Bu davlat
harbiylashgan tizimga
asoslanganligi bilan ajra- lib turardi. Qo‘shinlarga: o‘n jangchiga bir boshliq-o‘n boshi, shu-
ningdek, yuz boshi, ming boshi va tuman boshilar boshchilik qilar- di. Tuman, deganda o‘n
minglik qo‘shingina emas, balki shu qo‘shin safini doimiy to‘ldirishi kerak bo‘lgan
butun bir
tuman, ya’ni besh- o‘n ming o‘tovli yoki 50 mingga yaqin aholisi bo‘lgan hudud nazarda tutilardi.
Har bir shunday tumanga tayin qilingan tumanboshi faqat o‘n ming jangchining qo‘mondoni
bo‘libgina qolmay, ayni zamon- da o‘z tasarrufidagi minglab fuqarolarning taqdirini ham hal
etuv- chi hokimi mutlaq hisoblanardi.
Mazkur tumandagi barcha sudlov, jinoiy javobgarlik va
fuqarolik ishlari ham to‘laligicha uning tasarru- fida bo‘lgan.
Temuchin tumanlarda hokimiyat boshqaruvini o‘zining o‘g‘illari va eng yaqin kishilariga
topshiradi. Jumladan, uning
yaqin safdosh- laridan Subitoy, Xubiloy, Jebe, farzandlari: Jo‘jixon,
Chig‘atoy, O‘qtoy, Tulixonlar birinchi bo‘lib tuman sohiblari bo‘lganlar.
Temuchinning mo‘g‘ullarning ulug‘ xoqoni sifatidagi o‘rni va mavqeyini har jihatdan
mustahkamlash, bunga qonuniy tus berishda 1206-yili poytaxt Qoraqurumda bo‘lib o‘tgan
umummo‘g‘ul qurul- toyi alohida ahamiyatga molik bo‘ldi.
Qurultoyda Temuchin barcha
mo‘g‘ul-tatar xonlarining ulug‘ xoni (qooni), deb e’lon qilindi va unga Chingizxon laqabi berildi.
Qurultoy tomonidan qabul qilingan «Yaso» hujjati (mo‘g‘ullar davlatining asosiy qonunlari
majmua- si) ulug‘ xon hokimiyatini yanada mustahkamladi. «Yaso» yangi paydo bo‘lgan
hukmron tabaqa - tarxonlarga katta imtiyozlar berilishi- ni ko‘zda tutardi.
Chingizxon ulug‘ xoqon, deb e’lon qilingan birinchi kundayoq o‘zining eng yaqin kishilaridan 95
nafarini bahodur, mingboshilar etib tayinlaydi va bir necha ming kishiga tarxonlik yorliqlari beri-
ladi.
Chingizxon, ayni paytda, 10 ta oliy hokimiyat lavozimlarini ta’sis
etadi va mingta
«dovyurak» jangchilardan tarkib topgan shax- siy gvardiya tuzadi (keyinchalik uning soni 10
ming kishiga yetka- ziladi). Butun mamlakatda kuchli temir intizom, qattiqqo‘l tartib o‘rnatilib,
jangovar harbiy safarbarlik ishlari avj oldirib borildi. Bu hol Chingizxonning xorijiy ellarni zabt
etishdan iborat o‘z oldiga qo‘ygan yovuz, agressiv maqsadlarini
tez orada amalga oshirishga
imkon yaratib berdi.
XIII asr boshlariga kelib Chingizxon qo‘shni davlatlar va xon- liklarni birin-ketin bosib
olishga kirishadi. Agar 1206-yilga qadar bepoyon Gobi sahrosidagi qavm-qabilalar itoatga
keltirilgan bo‘l- sa,
Do'stlaringiz bilan baham: