yetuk kishilarning harbiy kuchlarni asosiy nuqtalarga to‘plab, dushmanga hal qiluvchi zarbalar
berish kerakligi to‘g‘risidagi to‘g‘ri, dono mas- lahatlariga ham quloq solmadi. Sulton o‘z
qo‘shinlarini turli shahar- larda alohida holda joylashtirish va mudofaadan iborat xato taktikani
ma’qul ko‘rdi. 1219-yilda Chingizxonning son-sanoqsiz qo‘shinlari mamlakatga bostirib kira
boshlagach, Xorazmshoh maml akat taqdi- rini o‘z holiga tashlab, yaqin xesh-u aqrabolari bilan
janubga tomon siljishni ma’qul ko‘rdi. Bunday holat tez orada butun mamlakatni fojiali
oqibatlarga olib keldi.
Mo‘g‘ullarning birinchi hujumiga duchor bo‘lgan hudud O‘tror bo‘ldi. Chingizxon va
uning lashkarining o‘trorliklardan alohida qas- di bor edi. Negaki, Chingiz yuborgan savdo
karvoni xuddi shu yerda saranjom qilinganligi ularning yodidan ko‘tarilmagandi. Chig‘atoy va
O‘qtoyning son-sanoqsiz kuchlari shahar qal’alariga bosqin uyushtir- gan kezlarda o‘trorliklar
ularga qarshi mardonavor jang qildilar. Shahar aholisi G‘oyrxon va Qorachor bahodirlar
yetakchiligida tengsiz dushman bilan uzoq vaqt jon berib, jon olishdilar. Shahar mudofaa- si 5
oydan ziyod davom etdi. Xalq qarshiligi to‘xtovsiz davom etdi. Biroq oxir-oqibatda shahar
dushman tomonidan egallandi.
Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi» kitobida ta’kidlangani- dek: «... O‘trorning butun
aholisini sahroga haydab chiqdilar va qat- li om qildilar... O‘tror hisorini qo‘lga kiritib, yer bilan
barobar qildilar. Tirik qolganlardan, raiyat va hunarmandlarning ba’zilarini hibs- ga oldilar,
ba’zilarni esa qul qilib haydadilar».
Mo‘g‘ul bosqinchilari Movarounnahrning boshqa hududlari- da ham ko‘z ko‘rib, quloq
eshitmagan yovuzliklarni sodir etdilar. Buning yaqqol ifodasini ularning gullab-yashnagan
Buxoro, Samarqand, Xo‘jand singari shaharlar va ularning aholisiga nisbatan qilgan behad
yovuzliklari misolida ham ko‘rish mumkin. Masalan, Chingiz qo‘shini 1220-yilning fevralida
musulmon Sharqining yirik islom markazlaridan sanalgan Buxoro ustiga balo-qazodek yopirilib
keladi.
Buxoro xalqi bir necha kun davomida dushmanga matonat bilan qarshilik ko‘rsatadi. Bu
esa Chingizxonni darg‘azab etadi. Natija- da, u shaharni yakson qilish, boyligini talash, xalqini
qirg‘in qilish- ga buyruq beradi. Buxoro qamali 12 kecha-yu kunduz davom etdi. Mo‘g‘ullar
yondirilgan, kuli ko‘kka sovurilgan shaharni egallagach, ko‘ngillariga kelgan noma’qulchiliklarni
amalga oshirdilar, shahar himoyachilari butunlay qirib tashlandi
Chingizxon qo‘shinlari 1220-yil mart oyida eng yirik va obod shaharlaridan biri
Do'stlaringiz bilan baham: