FARG‘ONA
– Ustrushona viloyatining shimoliy-sharqida, Sirdaryoning yuqori havzasida
joylashgan tarixiy viloyat. Hozirgi Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Farg‘ona dastlab tarixchi Gerodotning «Tarix» asarida «parikaniylar yurti» nomi ostida eslab
o‘tiladi. Farg‘ona so‘zi sug‘d manbalarida «Fraganik» shaklida yozilib, «tog‘lar orasidagi
vodiy», «atrofi berk soylik» ma’nosini anglatadi. Xitoy manbalarida «Dayyuan, ya’ni Davan”
deb yuritilgan. Dayyuan ham «tog‘lar orasidagi vodiy» ma’nosini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |