“Oʻzbekiston tarixi” fanidan



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet421/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

DAVAN DAVLATI. 
Farg‘ona vodiysida ilk davlatchilik izlari, mil.avv. I ming yillik 
boshlariga oid CHust madaniyati yodgorliklarida (Dalvarzin, Ashqoltepa) ko‘zga tashlanadi. 
Hozirgacha Farg‘ona vodiysida 80 dan ortiq CHust madaniyati yodgorliklari qayd etilgan. 
CHust madaniyatining so‘nggi bosqichida (mil.avv. VIII-VII asrlar) mayda shahar – davlatlar 
asosida davlat birlashmalari vujudga kelgan. Farg‘ona tarixiy hududida miloddan avvalgi III 
asrda Davan davlati tashkil topadi. Mil.avv. 136-128 yillarda Farg‘onaga kelgan Xitoy elchisi va 
sayyohi CHjan Syan 
«Davanda 70 dan ortiq katta va kichik shaharlar bor»
deb yozgan.

Davan podsholigida sug‘orma dexqonchilik, chorvachilik va xunarmanchilik rivojlangan. Ipak 
yo‘li ta’sirida shaharsozlik madaniyati ancha takomillashgan. Bu davlat savdogarlar va 
sayyohlarning sharqiy Sug‘diyona chegaralaridan to Tan (Xitoy) imperiyasigacha bo‘lgan yo‘li 
xavfsizligini ta’minlab turgan. Mil. avv. II asrda Davan davlatida 300 ming kishi yashagan. 
Poytaxti Ershi shahri (hazirgi Marhamat) bo‘lgan.



Farg‘onaning «Samoviy» deb nom olgan nasldor otlari ko‘pchilikni qiziqtirgan. Mil.avv. 104-
101 yillarda Xitoyning 60 ming kishilik qo‘shni Davanga bostirib kirganda davanliklar 
qang‘liklar yordamida xitoyliklarni xaydab, yuborib, o‘z mustaqilligini saqlab qolgan. II asrda 
Davan davlati barham topadi. Uning erlari Kushon podsholigiga qo‘shib olinadi.

QANG‘ DAVLATI, 
Qanhxa (qad. xitoy manbalarida Kangkiya, rus adabiyotida Kangyuy) – 
mil. avv. III asrdan milodiy V a. o‘rtalari qadar Sirdaryoning o‘rta havzasida mavjud bo‘lgan 
davlat. Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomi bilan ataladi.

Qang‘ davlati sharqda Farg‘ona (Davan, Dayyuan), shimoliy-sharqda Usun (Uysun) davlatlari, 
g‘arbda Sirdaryoning quyi oqimi b-n chegaradosh bo‘lgan. Xitoy manbalariga ko‘ra, Qang‘ 
davlatining janubiy hududiga hozirgi O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, SHahrisabz va 
Kattaqo‘rg‘on tumanlari kirgan bo‘lib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubida 
Dayuechji (Kushon) davlati joylashgan. Kushon podsholigi tashkil topishi va uning hududi 
kengayishi munosabati b-n Qang‘ davlatining janubiy chegarasi o‘zgargan.

Qang‘ davlatining qishki poytaxt shaharlari Bityan va Sushie bo‘lgan. Bityan 
Binkat 
shahri 
(boshqa manbalarga ko‘ra, 
Qanqa) 
o‘rnida, Sushie esa hozirgi Parkent tumanidagi So‘qoq 
(Sukeeke) nomli joyga to‘g‘ri keladi. Qang‘ davlatining qo‘shini 80-90 ming jangchini tashkil 
etgan. Qang‘ davlati hukmdori va Xun xoqonligi o‘rtasida qudachilik munosabatlari o‘rnatilgan. 
SHu tufayli xitoylar hunlar ustidan g‘olib chiqib, ularni o‘z joylaridan siqib chiqarganida, hun 
xoqoni o‘z avlodi b-n Qang‘ davlatiga ko‘chib kelgan.

Qang‘ davlatining ko‘chmanchi aholisi chorvachilik, shaharlar va ularning atrofida yashagan 
o‘troq aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq b-n shug‘ullangan. Mil. V 
asrning 2-yarmida Qang‘ davlati parchalanib, uning hududida SHosh (SHi), Samarqand (Kan), 
Maymurg‘, SHahrisabz (SHi), Kattaqo‘rg‘on (Xe), Usrushona (Sao) kabi kichik davlatlar tashkil 
topadi

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish