Davlat boshqaruvi.
Qo‘qon xonligi
da quyidagi mansablar mavjud bo‘lgan:
mingboshi,
otaliq, shayxulis lom,
qozikalon, q
ushbegi, mehtar, parvonachi, naqib, dodxoh, eshik og’asi,
inoq, shig’ovul, to‘qsoba, miroxur, qoravulbegi
va boshqalar.
Qo‘qon xonligida mavjud bo‘lgan harbiy unvonlar quyidagicha bo‘lgan: mingboshi –
odatda, u vazirlik vazifasini birga olib borgan. Keyin
ponsadboshi, yuzboshi, ellikboshi,
o‘nboshi,
zambarakchi va b. Bulardan tashqari, boshqa harbiy mansablar ham bo‘lgan.
Qo‘qonda yashagan sarboz va to‘pchilar faqat alohida vazifadagi noib, dodxohning doimiy
tasarrufida bo‘lganlar. Urush davrida noib, dodxoh o‘z qismiga harakatdagi qo‘shinning hamma
sarbozlarini qabul qilgan, unga vaqtinchalik boshchilik qilishni maxsus tayinlangan
amiri
lashkar
(bosh qo‘mondon)ga topshirardi.
XIX asrning 1-yarmida Qo‘qon xonligi tarkibiga quyidagi hududlar kirardi: Sirdaryoning
so‘l sohili bilan Qorategin oralig’idagi Qo‘qon viloyati; Sirdaryoning o‘ng sohilidan to
Olatovgacha bo‘lgan Namangan viloyati; Xo‘jand shahri; Xo‘jand bilan Toshkent oralig’idagi
Uratepa viloyati. Xonlikning eng shimoliy viloyati Turkiston, Betpaqdala sahrolariga borib
taqalardi. Bundan tashqari, xonlik tarkibiga Olay hududi, Balxash ko‘li bilan Sirdaryoning
yuqori oqimi oralig’idagi yerlar kirardi. Billurtog’ning g’arbiy tomonidagi Qorategin, Darboz,
Ko‘lob, Shug’non singari bir qator tog’li tumanlar ham Qo‘qon xonligiga tegishli edi. Bu
yerlarni qo‘qonliklar XIX asrning 30-yilllarida bo‘ysundirishgan bo‘lsa-da, ular tez-tez qo‘ldan-
qo‘lga, ko‘proq Buxoro amiri ixtiyoriga o‘tib turardi. Qo‘qon xonligi aholisining soni 3 mln.ga
yaqin edi. Rossiya qo‘shinlari uning shimoliy- g’arbiy viloyatlarini bosib olgach, xonlik hududi
ancha qisqarib, asosan, Farg’ona vodiysi bilan cheklanadi va aholi soni taxminan 2 mln.ga tushib
qoladi.
Qo‘qon xonligining aholisi, asosan, o‘zbeklar, tojiklar, qirg’izlar, qozoqlar, uyg’urlar,
qoraqalpoqlardan iborat edi. Qo‘qon xonligida ham yerga egalik qilish va undan foydalanish
turli xil bo‘lgan. Xonlikka qarashli bo‘lgan yerlar amlok yerlar, vaqf yerlari, mulki xiroj va
mulki ushriyaga taqsimlangan. Dehqonlar o‘rtasida yakka dehqon xo‘jaligi ham rivojlangan. O‘z
yerlaridan ajralgan kambag’al dehqonlarning ko‘pchiligi yirik yer egalari qo‘lida chorakorlik
qilganlar. Yerning bahosi uning unumdorligi va qanchalik suv bilan ta’minlanganligiga qarab
belgilangan. Xonlar sug’orish tarmoqlari katta daromad manbai bo‘lganligi sababli ma’lum
darajada ularni saqlashga, sug’orish inshootlarini yanada kengaytirishga yaxshi e’tibor
berishgan. Qo‘qon xonligida ko‘plab paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan, bog’dorchilik hamda
pillachilik taraqqiy etgan. Hunarmand-kosibchilik mazmunan boy va serqirra bo‘lgan. Bular:
misgarlik, zargarlik, o‘ymakorlik, harbiy qurol ishlab chiqarish, sopol va ko‘zagarlik,
qog’ozgarlik, badiiy to‘qimachilik, do‘ppichilik, kashtachilik, ko‘priksozlik, temirchilik va sh.k.
Bulardan tashqari, xonlikda yer osti boyligi ham ma’lum darajada qazib olingan. Ammo
ularni ishlab chiqarish sodda va kam ediki, ular ehtiyojni qondira olmasdi. Masalan, xonlikda
ishlab chiqarilgan metall Rossiyadan olib kelingan metalldan qimmatga tushardi. Qo‘qon
xonligida ishlab chiqilgan mahsulotlar esa chet ellarga ham olib chiqilar edi va ularga talab ham
bor edi. Shuning uchun bu soha ma’lum darajada rivojlana borgan.
Savdo-sotiq xonlik hayotida katta va muhim o‘rin egallagan. U ichki va tashqi savdoga
bo‘lingan. Osiyo xonliklarida ichki savdo, asosan, qadimgi davrdan beri o‘zaro ko‘chmanchi
chorvador, o‘troq dehqonlar va shahar-qishloq hunarmandlari mahsulotlariga asoslangan edi.
Aholi o‘zining ehtiyojlarini asosan o‘z xonligidagi mahsulotlar bilan qondirishgan.
Xonlikning iqtisodiy hayotida Buxoro, Xiva, Qashqar, Hindiston, Afg’oniston, Eron va
ayniqsa, Rossiya bilan bo‘lgan tashqi savdo katta o‘rinni egallagan. Rossiya bilan olib borilgan
savdo munosabatlari Qo‘qon xonligi qishloq xo‘jaligi ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib
keldi va rus madaniyatining ba’zi jihatlari aholi turmush tarziga kira boshladi. Qo‘qon xonligi
Rossiyaning xom ashyo bazasiga va tashqi savdo bozoriga aylana bordi. Rossiya sanoati
tovarlarining olib kelinishi mahalliy sanoat korxonalarini va ayrim hunarmandlarning inqirozga
uchrashiga sabab bo‘ldi.
Qo‘qon, Marg’ilon va Namangan shaharlarida ip va ipak matolar (atlas, shoyi, beqasam,
adras, chit, bo‘z va b.) to‘qilgan. Shuningdek, boshqa hunarmandchilik tarmoqlarida xo‘jalik
asboblari, dehqonchilik uchun kerakli uskunalar, qurol-yaroqlar, zargarlik buyumlari, qog’oz va
b. narsalar ishlab chiqarilgan. Yer osti boyliklaridan neft, oltin, kumush, mis, rux, temir,
qo‘rg’oshin va b. ham ma’lum miqdorda qazib olingan. Xonlikda paxta va poliz ekinlari
yetishtirilgan, bog’dorchilik va pillachilik ham taraqqiy etgan.
Qo‘qon xonligi dan chet davlatlarga quritilgan mevalar, jun, teri, ipak, gilam, paxta va ipak
matolar chiqarilgan. tashqi mamlakatlardan esa turli metall rudalari, metall buyumlar, qand va b.
mahsulotlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |