“Oʻzbekiston tarixi” fanidan



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

Dishan qal’a. 
Dishan qal’a – Tashqi qal’a Xiva shahrining rabod qismi hisoblanadi. Unda 
savdo va hunarmandchilik do‘konlari, mahallalar joylashgan. 1842-yilda Xiva xoni Olloqulixon 
Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida shaharni uzunligi 6250 metr, 
balandligi 7-8 metr, qalinligi esa 5-6 metr bo‘lgan devor bilan o‘ratgan. 
Ichan qal’a 4 darvozali bo‘lsa, Dishan qal’a 10 darvozali bo‘lgan. 
XVI-XVII asrlarda Farg‘ona vodiysi Buxoro xonligi tarkibida edi. XVIII asr boshlarida
Buxoro xonligi ichki kurashlar oqibatida zaiflashadi. Bunday vaziyatdan foydalangan jung‘orlar 
Farg‘ona vodiysiga tez-tez bostirib kirib, talon-taroj qila boshladilar. Vaziyat ichki kuchlarni 
birlashishga, mustaqil davlat tuzishga undamoqda edi. Dastlab 1710-yilda Chust yaqinidagi 
Chodak qishlog‘i xo‘jalar jamoasi o‘z mulklarini mustaqil deb e’lon qildilar. Vodiydagi 
o‘zbeklarning 
ming
urug‘i oqsoqollari yig‘ilishib, o‘z yo‘lboshchisi Shohruxbiy boshchiligida 
Buxoro xonligidan mustaqil davlat tuzishga qaror qilishgan. Shu tariqa 1710-yilda uchinch 
xonlik – Qo‘qon xonligi tashkil topdi. Qo‘qon xonligida quyidagi xonlar ketma-ket hukmronlik 
qildilar: 
Shohruxbiy (1710-1721), Abduraximbiy (1721-1733), Abdukarimbiy (1733-1750), 
Abduraximxon (1750), Erdona (1751-1762), Bobobek* (1752-1753), Sulaymon* (1762-1763), 
Norbo‘tabek (1763-1798), Olimxon* (1798-1810), Umarxon (1810-1822), Muhammad Alixon* 
(1822-1842), Sheralixon* (1842-1845), Murod (1845), Xudoyorxon (1845-1858, 1863 may-iyin, 
1865-1875), Mallaxon* (1858-1862), Shohmurodxon (1862-1863), Sulton Saidxon (1863-1865). 
(*Saroy fitnasi natijasida o‘ldirilgan xonlar). 


Shohruxbiy
davrida poytaxt Tepaqo‘rg’on qal’asi edi. Xonlik tarkibiga dastlab Qo‘qon, 
Namangan. Marg’ilon, Konibodom, Isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan. 
Shohruxbiyning o‘g‘li 
Abdurahimbiy
davrida Xo‘jand, O‘ratepa viloyatlari qo‘shib olindi. U 
Shahrisabz ostonalariga qo‘shin tortib bordi va uning hokimi bilan Qo‘qonga tobelik haqida 
bitim tuzishga erishadi. Keyin 1732-yilda Samarqandni va Jizzaxni egallaydi. Abdurahimbiy 
Xo‘jandga qaytib kelgach, qattiq betob bo‘lib, vafot etadi. Qo‘qon xonligi taxtiga uning inisi 
Abdukarimbiy
o‘tiradi. U o‘z poytaxtini Tepaqo‘rg‘ondan Qo‘qon shahriga ko‘chiradi. Shahar 
atroflni devor bilan o‘ratadi. 
Abdulkarimbiy
davrida 1746 yil qalmoqlar
 
Fargona vodiysiga 
hujum qilib, O‘sh, Andijon, Marg’ilon shaharlarini egallab, Qo‘qonni qamal qilgan. Qo‘qonliklar 
yordamga kelgan O‘ratepa hokimi Fozilbiy qo‘shinlari bilan birgalikda ularni Farg’ona 
vodiysidan quvib chiqarishgan. 
Norbo‘tabiy
davrida Chust va Namangan beklarining mustaqillik 
uchun ko‘targan g’alayonlari bostirilgan. Mamlakatda sug’orish inshootlari barpo qilinadi, savdo 
va hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi birmuncha rivoj topadi va nisbatan arzonchilik bo‘ladi. 
Norbo‘tabiyning o‘g’li 
Olimbek
hukmronligi davrida Qo‘qonning siyosiy mavqei yanada 
kuchaygan, harbiy islohot o‘tkazilgan, Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent va Sayram tobe 
etilgan, tashqi savdoga ham e’tibor kuchaytirilgan. 1805-yil davlat rasman Qo‘qon xonligi deb 
e’lon qilinib, Olimbek «xon» unvonini olgan. 
Olimxonning
markazlashgan kuchli davlat tuzish 
borasida qilayotgan harakatlari ayrim mansabparast zodagonlar guruhida norozilik kayfiyatlarini 
vujudga keltiradi. Natijada ular Olimxonning safardaligidan foydalanib 1810-yil Qo‘qonda 
«Olimxon Toshkentda o‘ldi», degan mish-mish tarqatishadi va uning ukasi Umarbekka toj 
kiygizadilar. Olimxon bundan xabar topib, Qo‘qonga yo‘l oladi, biroq u Oltiqush mavzeida otib 
o‘ldirilgan. 
Umarxon
davrida xonlik hokimiyatini mustahkamlash va kengaytirish choralari ko‘rilgan. 
1815-yil Buxoro xonligiga qarashli Turkiston, 1817-yilda esa O‘ratepa bosib olingan. Sirdaryo 
bo‘yida bir qancha harbiy istehkomlar barpo etilgan; sug’orish inshootlarini kengaytirish, 
kanallar qazish, masjid va madrasalar qurishga e’tibor berilgan. Xususan, Qo‘qon, Toshkent, 
Turkiston, Chimkent, Sayram, Avliyoota (hozirgi Jambul)da masjid va madrasalar qurilgan. 
Mozorlar tartibga solingan. Umarxon hukmronligi davrida Qo‘qon xonligida fan, adabiyot, 
san’at nisbatan yuksalgan. Bunda uning sevimli xotini, mashhur o‘zbek shoirasi 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish