“Oʻzbekiston tarixi” fanidan


Qo‘qon xonligi madaniyati



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

Qo‘qon xonligi madaniyati.
Qo‘qon xonligining XVIII-XIX asrlar 1-yarmida kechgan 
madaniy hayotida ham sezilarli ijobiy o‘zgarishlar va siljishlar yuz berib borganligi ayondir. 
XIX asrda Qo‘qon xonligida tarixnavislik sezilarli ravishda o‘sib borgan. Oldinlari yozilgan bir 
necha tarixiy asarlar fors va arab tillaridan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi. 
Bu yangi asarlarning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor edi – ularning ayrimlari she’riy yoki 
qisman she’riy yo‘lda yozildi. Bu esa qo‘qonlik tarixchilarning adabiyotni yaxshi bilibgina 
qolmay, o‘zlari ham she’riyatda qalam tebratganliklarini ko‘rsatadi. Masalan, «Tarixi 
jahonnamoyi» (Junayd Mullo Avazmuhammad Mullo Ro‘zi Muhammad so‘fi o‘g’li), 
«Shohnoma» (Abdulkarim Fazliy Namangoniy), «Shohnomayi Umarxoniy» (Mirzo Qalandar 
Mushrif Isfarangiy, u Fazliy Namangoniyning «Zafarnoma» asarini nasriy qilib yozgan). 
«Muntaxab attavorix» (Xo‘ja Muhammad Hakimxon to‘ra bin Sayid Ma’sumxon), «Tarixi 
Shohruxiy» («Tarixi sayyidi Xudoyorxon», Mullo Niyoz muhammad Xo‘qandiy Niyoziy bin 
Mullo bin Ashur Muhammad Xo‘qandiy), «Tarixi jadidai Toshkand (Muhammad Solihxo‘ja ibn 
Qorixo‘ja), «Shohnoma» (Mahzun Ziyovuddin Xo‘qandiy), «Jangnomai Xudoyorxon» (Shavqiy 
Namangoniy) va b. 
XIX asr boshlarida shakllangan Qo‘qon adabiy muhiti ham xonlikning madaniy hayotida 
katta o‘rin tutgan. Qo‘qon hukmdorlarining qator namoyandalari temuriylar an’anasini davom 
ettirib, o‘zlari ham ilm-ma’rifat bilan shug’ullanib, bu sohani ravnaq topdirishga katta sa’y-


harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda Qo‘qon xonlaridan Umarxon (1810-22) va muhammad 
Alixon (1822-41) davrlari yaqqol ajralib turadi. 
Xususan, Akmal (Maxmurning otasi), Amiriy (Qo‘qon xoni Umarxon), Boqixonto‘ra, 
Muhammad Sharif, Gulxaniy, Maxmur (Mahmud), Muntazir, Nizomiy Xo‘qandiy (asl nomi 
Nizomiddin Muhammadaminxo‘ja o‘g’li), Nodir, Nozil Muhammad Avaz, Avazmuhammad 
Yormuhammad o‘g’li Pisandiy, Fazliy Namangoniy, G’oziy singari shoirlar xalq ichida mashhur 
edilar. 
Qo‘qon adabiy muhitining yana bir muhim xarakterli jihati shundaki, bu davrda o‘zbek va 
fors-tojik tilida bab-baravar qalam tebratgan bir qator taniqli va mashhur o‘zbek shoiralari 
iste’dodi keng rivoj topdi. Mas, 
Dilshod otin, Zebuniso,
Zinnat, Mohzoda Begim, Mahzuna, 
Mushtariy, Nodira, Nozuk Xonim, 
Uvaysiylarning
ijodi ayricha ahamiyatga molikdir. 
Qo‘qon adabiy muhitining samarali ta’siri o‘laroq bu yurtdan keyinchalik 
Muqimiy, Furqat, 
Zavqiy
va boshqa yetuk badiiy so‘z san’atkorlari yetishib chiqdilar va o‘z xalqining erki, hurligi 
va ozodligi uchun xizmat qildilar. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish