o’z mustamlakasiga aylantirishga intilardi. Shu boisdan ingliz-rus raqobati kundan-kunga
kuchayib bordi.
Hindiston va Afg’oniston orqali o’zbek xonliklari bilan savdo-sotiq, diplomatik aloqalar olib
borayotgan Buyuk Britaniya Rossiyaning Turkistonga kirib kelayotganidan xavfsiramoqda edi.
Rossiyaning Turkistonni bosib olish rejalaridan xabardor bo’lgan Angliya hukumati Rossiya
rejalarini barbod qilish podshoalarini ko’rdi. Ost-Indiya kompaniyasi tomonidan josuslik
ma’lumotlari to’plash maqsadida yuborilgan E.K.Meyendorf 1824-yildayoq Buxoroda bo’lgan,
ammo maqsadiga erishaolmay shu yerda halok bo’lgan edi. 1831-1833-yillarda
mazkur
kompaniya leytenanti Aleksandr Berns Hindistondan Afg’onistonga, undan Buxoroga go’yo
sayyoh sifatida keladi. U yig’ilgan dalillar va shaxsiy kuzatuvlar asosida uch jildlik «Buxoroga
sayohat» nomli kitob yozib, unda, jumladan: «O’zbeklar... mening kim ekanimni
bilmaganlaridan barcha narsalar xususida, hukmdorlari siyosatidan tortib bozordagi ahvol haqida
ham tortinmay so’zlashdilar», -deb yozadi.
Angliya hukumati Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarini
Rossiyaga qarshi ittifoqqa
uyushtirishga harakat qildi. 1841-1842-yillarda Angliya hukumati-mayor Konollini Xivaga,
polkovnik Stoddartni Buxoroga maxsus missiya bilan yubordi. Ular Xiva xoni va Buxoro amiri
huzurida bo’lib, Rossiya tajovuzidan saqlanish uchun uchchala Xonlik bir-birlariga
yordamlashishini, kuchlarni birlashtirishni,
ittifoq tuzishni taklif qilib, rus qo’shinlariga qarshi
kurashish uchun qo’shin bilan yordam berishga va’da qiladilar. Biroq ularning rasmiy hujjatlari
bo’lmagani sababli amir Nasrullo ularni zindonga tashlatadi. Bularni qutqarish uchun Angliya
tomonidan Turkiya homiyligida-mayor Volf Buxoroga yuboriladi, ammo uning 1843-1845-
yillarda Buxorodagi urinishidan
ham natija chiqmadi, zindondagilar qatl etiladi, Volfning o’zi
zo’rg’a qochib qutiladi. Shuningdek, 1843-yilda Xivaga kelgan kapitan Ebbot ham Angliya
manfaatlari yo’lida ishlagani ma’lum.
Ingilizlarning O’rta Osiyoda jiddiyroq siyosat yuritishiga Afg’oniston xalaqit berardi. Shu
boisdan inglizlar maxsus «afg’on siyosati»ni
ishlab chiqib, Afg’oniston amirini bo’ysundirish,
Hirot va Qandahorni inglizlar mulkiga aylantirish, ularda harbiy kuchlarni joylashtirishni
rejalashtiradi. Shu maqsadda Angliya 1838-1842 va 1878-1880-yillarda Afg’onistonga ikki-
marta bosqinchilik urushlari uyushtirdi. Biroq Afg’onistonni bo’ysundira olmadi.
Ost-Hindiston kompaniyasi O’rta Osiyo bozorlariga kirish va egallab olish,
bozorlarda ingliz
tovarlarining Rossiya tovarlarini siqib chiqarishini ta’minlashga zo’r berdi. Bu borada ular hind
va fors savdogarlaridan keng foydalandi.
Buyuk Britaniyaning O’rta Osiyoga kirish va uni egallashga intilishi Rossiya imperiyasini
tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh bo’lganidan foydalanib, harbiy harakatlarni
boshlab yubordi.
Xonliklarning shimoliy-g’arbiy hududida Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy katta
qo’shin bilan hujumga shaylanib turardi. U 1834-yilda Kaspiy dengizi qirg’og’idagi
Mang’ishloqda harbiy istehkom qurib, unga Novo- Aleksandrovskaya deb nom berdi. 1845-yilda
Orenburg va Yoyiq, 1847-yilda Sirdaryoning Orol dengiziga qo’yilish joyida Raim (Oral) harbiy
istehkomlari qurildi. Perovskiy qo’shinlari 1853-yilda Qo’qon xonligining strategik ahamiyatga
molik bo’lgan Oqmasjid qal’asini bosib oladi va u yerda mustahkam o’rnashadi.
Xonliklarning shimoliy-sharqiy tomonida esa G’arbiy Sibir general-gubernatori G.Gosford
hujumga tayyorlanish uchun 1847-yilda Yettisuvdagi Ulutov yaqinida ikkita harbiy istehkom,
1848-yilda Qorabuloq qal’asini, 1854-yilda Olmati ovuli yonida Verniy istehkomini qurib,
harbiy kuchlarni joylashtiradi. 1860-yilda Qo’qon xonligi
hududiga qarashli harbiy
istehkomlarga hujum qilib, To’qmoq, Pishpak va boshqa qal’alarni birin-ketin bosib ola
boshladi.
Perovskiy va Gosfordlarning harbiy harakatlari amalda Rossiyaning O’rta Osiyoga e’lon
qilinmagan bosqinchilik yurishining boshlanishi edi.
Turkistonni bosib olish masalasi podshoh Aleksand II tomonidan 1859 va 1861-yillarda
o’tkazilgan saroy kengashida muhokama qilinadi va birinchi navbatda Qo’qon xonligini bir
yoqlik qilish, unga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga qaror qilinadi. O’rta Osiyo xususidagi
raqobatda Rossiya ustunlik qildi. Angliya Rossiyaning harbiy kuch bilan O’rta
Osiyoni
egallashga qaratilgan harakatlarini to’xtatib qololmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: