Ikki xil rangli bog`ich.
Bunday bezatish bog`ichlaridan eshik pardalarida,
gultuvak solinadigan to`qimada yoki biror bir naqshga qo`shimcha sifatida
foydalanish mumkin.
Ushbu bog`ichni bir xil uzunlikdagi 4ta ipdan to`qiladi. Belgilangan
buyumdan 4 barobar uzun qilib iplar kesib olinadi, ularni o`rtasidan bukiladi va
asosiy ipga bog`lanadi (12 rasm). Keyin tekis tuguncha to`qiladi. SHundan so`ng
yon tomondagi ishchi iplarni o`rtaga olinadi va avvalgi o`rtada bo`lgan asosiy
iplardan tekis tuguncha to`qiladi (13 rasm).
Har bir tugunchadan so`ng iplarning o`rni almashtiriladi. Ushbu tasmani bir
xil rangda materialdan yoki turli rangli iplardan to`qish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |