Buralgan tugun.
Buning uchun ishchi ipni asosiy iplar ustiga faqat chap
tomondan qo`yilishi kerak (9 rasm, a). O`ng tomondagi ishchi ipni esa har doim
dioganal bo`yicha pastdan o`tkaziladi. To`qish jarayonida tuguncha bemalol
buralishi kerak. Buralgandan so`ng ipni yana chap tomondan olish zarur. Ikkinchi
usulda buning akchi bo`ladi, ya`ni chetki ishchi ipni asosiy iplar ustiga faqat o`ng
tomondan qo`yilishi kerak. CHap tomondagi ishchi ipni esa har doim dioganal
bo`yicha pastdan o`tkaziladi (9 rasm, b). 10 rasmda o`ngga va chapga buralgan
tugunlar keltirilgan. 11 rasmda xuddi shunday tugunning ikkita ip bilan to`qilishi
ko`rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |