Texnik ijodkorlik va dizayn fanidan amaliy mashg`ulotlarni bajarish uchun uslubiy tavsiyal



Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/61
Sana08.02.2022
Hajmi3,92 Mb.
#434542
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61
Bog'liq
AMALIY Tex ijodkorlik

 
12- Amaliy ish 
MAVZU:
Gazlama qoldiqlari bilan ishlash
 
Mavzu: Gazlama qoldiqlari bilan ishlash. 
 
Ishdan maqsad:
Uy bezak, oshxona anjomlarini turlari bilan ularning 
vazifalari, tayyorlash jarayonlari bilan tanishtirish. Olingan bilimlar asosida 
mustaqil bajara olish. 
Kerakli jihoz va materiallar: 
II. Nazariy ma`lumotlar: 
Oilada ayollarga eng kerakli hunarlardan biri-bu tikish-bichishni bilishdir. 
Bu hunar orqali biror buyumning-kiyimni tikish bezash bilan birga, qolgan 
gazlama bo`laklaridan esa ro`zg`orda ishlatiladigan biror buyum tayyorlash 
mumkin. YOshlarga gazlama qoldiqlaridan tayyorlanadigan buyumlarni o`rgatish 
orqali ularga nafaqat bilim beriladi, balki iqtisodiy tarbiya ham berib boriladi. 
Gazlama qoldiqlari bilan ishlash, bir tomondan, iflosgarchilikni oldini olsa, 
ikkinchi tomonddan yoshlarni sabr-toqatga, nazokatga, bo`sh vaqtdan unumli 
foydalanishga undaydi. Tayyorlanayotgan buyumning badiiy echimini xal qilish 
orqali esa ularda ijodkorlik qobiliyatlari rivojlanadi.
Bizni o`rab turadigan muhit qulay hamda go`zal bo`lishi kerak. SHuning 
uchun nafaqat xona anjomlarini, balki oshxona anjomlarini ham badiiy did bilan 
tayyorlashimiz zarur.
Oshxona uchun komplekt anjomlarga: parda, dasturxon va salfetkalar, 
sochiq, choynak uchun istigich, choynak ushlagich, fartuklar kiradi. Bularni 
tayyorlash uchun och rangdagi zig`ir, paxta tolali matolardan foydalansa bo`ladi.
CHoynak istitgich 2- detaldan-choynak g`ilofi va choynak tagligidan iborat. 
CHoynak g`ilofi issiq astar-ostki qimi va ustki qismi bezatilgan avradan iborat (2-
rasm). Bunda oavl shakildagi g`ilof ko`rsatilgan. 
Katta bo`lak g`ilofning ostki qismiga teng bo`ladi. Ostki qismi 2 qavat 
astardan iborat bo`lib, uning orasiga vatin yoki paralon qo`yib qo`lda yoki 
mashinada qaviladi. Ustki qimiga esa kashta alohida tikib olinadi va yon tomonlari 


50 
alohida petlya chokda tikiladi. So`ngra kashta tikilgan avraning ostki qimiga 
bostirib tikiladi. Ostki qismidagi issiq vatin yoki paralondan 1 sm. kesib tashlanadi,
shunda biriktilgan chok qalin bo`lmaydi. G`ilofning pastki qismiga mag`iz bilan 
ishlov beriladi.
CHoynak tagiligi 3 qavat asosiy gazlamadan turli shaklda bichiladi, qo`lda 
yoki mashinada qaviladi va atrofi choynak g`ilofi bilan bir hilda mag`iz bilan 
ishlov beriladi.
CHoynak ushlagichlari ham choynak tagligi kabi tayyorlanadi.
Zig`ir, paxta, shoyi tolali gazlama qoldiqlaridan choynak uchun istigich 
tayyorlash mumkin (3-rasm).
CHoynak uchun sitigich ikki qismdan: aylana shaklidagi choynak tagligi va 
qizaloq choynak g`ilofidan iborat. CHoynak tagligi aylana shaklidagi ikki qavat 
gazlama bo`lagi va vatindan tashkil topgan. Bular hammasi birgalikda qo`lda yoki 
mashinada qavilib, uning atrofini arngli mag`iz bilan ishlov beriladi. CHoynak 
g`ilofi to`rt bo`lakli avra-astar hamda ular oarsidagi vatindan tashkil topgan. 
Vatnni ham huddi avra yoki astardek to`rt bo`lakdan iborat qilib bichiladi va bu 
bo`laklar bir-biri bilan qo`lda uchma-uch (biriktirma chok bilan qalin bo`lib 
ketasligi uchun) qilib tikiladi. CHoynak g`ilofi avrasining bita bo`lagiga 
applikatsiya va kashta bilan qizaloqni tikiladi. G`ilofning pastki qismi burma bilan 
bezatiladi. So`ngra g`ilof avrasi, vatini va astari bir-biriga kiritilib, pastki qismi 
rangli mag`iz bilan bezatilib tikiladi. G`ilofning yuqori qismiga huddi soch 
turmagiga o`xshab turuvchi sharcha-ushlagich mahkamlanadi. Bu sharchani aylan 
shakldagi gazlama bo`lagiga paxtani o`rab ham tayyorlash mumkin.
4-rasmmda choynak g`ilofining turli modellari berilgan. Bu g`iloflarning 
tikilish uslubi bir hilda, faqatgina ularga ketadigan materiallar ranglari, g`ilof 
o`lchamlari va shakllari hamda bezatilishi turlicha bo`ladi.
Istalgan gazlama qoldiqlaridan turli shakldagi qozon yoki choynak ushlagich 
tayyorlash mumkin (8-rasm). 
CHoynak ushlagichni tayyorlash uchun avval uning chizasini rasmdagidek 
qirqib olish zarur. Andoza bo`yicha ustki va ostki ikkita asosiy detallar bichib 
olinadi. Ustki qismiga rasmdagidek yoki boshqa turdagi applikatsiya tikiladi yoki 
yopishtiriladi (choynak g`ilofiga qaralsin).
So`ngra ushlagich detallarini o`ngini ustiga qaratib 0,5 sm. chokda aylantirib 
tikib chiqiladi.
CHoklar va ushlagichning yuqori qismi rangli tasma Bilan mag`izlab tikib 
chiqiladi. Bunda tikilayotgan mag`izdan xalqa qilib ushlagich burchagiga 
mahkamlab qo`yiladi.

Download 3,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish