16
yuzasida gidrodinamik kuch hosil bo`lib,
kemani belgilangan harakat
traektoriyasidan chetga chiqaradi.
a) Oddiy, b) balansirli va yarimbalansirli rullarnipg o`qlari rul’ parragining
joylashuviga ko`ra bir-biridan farqlanadi (rasm). Kemaning manyovrchanligi
hamda uni boshqarishning qulayligi rulning maydoniga va shaklsnga bog`liq.
Rulning burilishi chervyakli uzatma va mahkamlovchi vintga ega bo`lgan
mexanizmdan iborat rul’ yuritmasi yordamida amalga oshadi.
SHvartovlar qurilmasi odamlarni tushirish yoki chiqarish,
yuklarni ortish yoki
bo`shatish va hokazolar uchun kema (korabl)ni qirg`oqqa yoki gavan’ devoriga
shvartovkalash (bog`lab qo`yishga) mo`ljallangan. Bu qurilmaga shpillar,
galtaklar, knextlar bog`lamli plankalar, shvartovka troslari kiradi. SHpillar
qirg`oqqa uzatilgan shvartovlarni tanlash va korablni gavan’ devoriga tortish uchun
xizmat qiladi. SHvartovlar qirg`oqqa bortda palubaga baravar qilib o`yilgan
shvartov klyuzi orqali uzatiladi. Odatda kemada ikkitadan shpil’, klyuz va
shvartovka troslari bo`ladi.
SHvartovka troslarini joylash, uzatish yoki tortish
uchun g`altaklar xizmat qiladi. SHvartovka troslari qirg`oqqa uzatilgach knextlarga
mahkamlab qo`yiladi. Ularning soni turli kema va korabllarda har xil bo`ladi.
SHvartovka trosini knextga mahkamlashdan oldin bog`lamli plankalar orasidan
o`tkaziladi. Kema (korabl)ning tipiga qarab kanop tolasi, jut, kokos pal’masidan
qilingan yoki kanop tola uzakli po`lat shvartovka troslaridan foydalaniladi.
rasm
YAkor’ qurilmasida yakor’, uni ko`tarish va uzatish uchun yakor’ lebedkalari
(brashpillar yoki shpillar), yakor’ zanjiri,
zanjirni, klyuzlarni joyida tutib turish
uchun stoporlar, ya`ni yakor’ zanjirini o`tkazish uchun bo`rtiqli trubalar,
zanjir
yashigi, zanjir uchini kema korpusiga mahkamlash uchun ilmoqli zanjir parchasi
bo`ladi.
YAkorlar konstruktsiyasi bo`yicha qo`zg`almas panjali va admiral tipidagi shtokli,
aylanadigan panjali (Tortman, Martin yakori), aylanadigan panjali shtoksiz (Xoll,
Matrosov yakori) bo`ladi (rasm).
rasm. Kema yakorlari.
a-xoll yakori; b-Matrosov yakori; v-admiral yakori
17
YAkor’ zanjiri metall chiziqlardan tayyorlangan alohida zvenolardan tashkil
topadi va ularning diametri yakorning o`lchamlari va og`irligiga bog`liq bo`ladi.
YAkor’ klyuzlari bortning yakor’ va uning zanjirlari ishlaydigan joyini
mustahkamlaydi,
uni shikastlanishdan saqlaydi, yakorni uzatish va ko`tarishda
yo`naltirgich sifatida xizmat qiladi. Skob-traplar yakorlarni yig`ish va uzatishda,
ularni remont qilishda yordam beradi. SHlyupka qurilmasi reyddagi to`xtalgan
joyda qirg`oq bilan, boshqa kema (korabl)lar bilan aloqani ta`minlashga
mo`ljallangan. Uning tarkibiga shlyupkalar, kil’bloklar, shlyupbalkalar, rostrlar
kiradi (rasm).
rasm. SHlyupka qurilmasi.
a-shlyupka; b-kli’blok; v-shlyupbalka
Korabl’ shlyupkalari barkaslar, yarimbarkaslar, vel’botlar, yallar va hokazolarga
bo`linadi. SHlyupkalar kil’bloklarga - shlyupkaping osti shaklida o`yilgan
ikkita
yog`och tagliklarga o`rnatiladi. SHlyupkani suvga tushirish yoki suvdan ko`tarish
uchun shlyupkalar xizmat qiladi.
Qutqarish
qurilmasi
qutqaruvchi
vositalarni
hamda
ularni
kemaga
mustahkamlash va suvga tushirish moslamalarini o`z ichiga oladi. Qutqaruvchi
vositalarning kollektiv ravishda foydalaniladigan shlyupkalar, sollar, qutqaruv
stollari) va individual foydalaniladigan (qutqaruv doirasi, jiletlar) xillari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: