Torpedali katerlar.
Bular engil korpusli tez yuradigan korabllardir. Ularning
suv sig`imi 12 tonnadan 1000 tonnagacha, dvigatellarining quvvati 250 kvt.dan
500 kvt.gacha, suzish tezligi 60 uzel (soatiga 108 km) tezlikda 1000 km.gacha
bo`ladi. Torpedali katerlar dushman korabllariga torpeda bilan zarba berishga
mo`ljallangan. SHuning uchun ular torpeda apparatlari bilan ta`minlangan va
bundan tashqari pulemyotlar hamda zenit avtomatlari bilan ham qurollangan.
Katerlar zirhlanmagan, ularning himoyalanishi katta tezligi va yuqori darajada
manyovrchanligidir. Katerlarning o`zi kichik bo`lsada, katta korabllar uchun juda
havflidir. CHunki ular chuqurlik bombalari yordamida suvosti kemalariga qarshi
jang qiladi. Ko`pincha torpedali katerlar hujum boshlashda o`zini niqoblash uchun
tutun chiqarib parda hosil qiladi.
Hozir faqat hujum qilish uchun raketalar bilan qurollanib qolmay, balki mudofaa
uchun kerakli tez otiladigan avtomatik qurollarga ham ega bo`lgan katerlar keng
tarqalgan. Katerlar hajmi kichikligi va yuqori darajadagi tezlikka egaligi sababli
dushman o`tidan shikastlanavermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |