Ko‘krak qafasiga bog‘lam bog‘lashda qattiq bintlash
nafas harakatiga xalaqit
berishini, bo‘sh bog‘langan bog‘lam esa foydasiz ekanligini unutmaslik kerak.
Spiralsimon bog‘lam.
Taxminan 2 m uzunlikdagi bint bo‘lagi o‘ng va chap
yelkaga, bintning erkin uchlari ko‘krak qafasining
oldingi va orqa tomonidan
tushib turadigan qilib tashlab qo‘yiladi. Bog‘lam ko‘krak
qafasining pastki
qismidan, bintning shu bo‘lagini berkitishdan boshlanadi.
Bintning spiral
o‘ramlari asta-sekin to qo‘ltiqqacha yetkazib o‘raladi va oxirgi o‘rami
bilan
mah- kamlanadi. Yelkaga tashlangan bintning osilib turgan uchi ko‘krak
qafasining oldingi yuzasi bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi,
ikkinchisi yelka orqali
tashlanadi va uchlari orqa tomondan bog‘lanadi (19-rasm,
a, b, d, e, f
).
19-rasm. ko‘krak qafasini bog‘lash turlari
Do'stlaringiz bilan baham: