YUMSHOQ BOG‘LAM TURLARI
Yumshoq bog‘lamlar quyidagi turlarga bo‘linadi: yelim, leykoplastir,
kolloid, kleolli, BF-6 yelimi yopishtirilgan, ro‘molli va bintli.
Yelimli bog‘lamlar
,
asosan, kichikroq shikastlarda va joylashishidan qat’i nazar
operatsion jarohat sohasiga qo‘llaniladi. Bu sohada soch (jun) bo‘lsa, u oldin
ustarada qiriladi.
Leykoplastirli bog‘lam.
Jarohatga qo‘yilgan bog‘lov materiali bir necha
tilim yopishqoq leykoplastir bilan terining sog‘lom qismiga mahkamlanadi.
Leykoplastirli bog‘lamning kamchiligi shundaki, uning ostidagi teri
matseratsiyalanadi (shilinadi) va nam tekkanda unchalik mahkam ushlab
turmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |