15
sirli
ilohiy kuch-qudrat mavjud, deb o‘shalarga sig‘inishni keltirib chiqargan.
Fetishlarda kasallik, ins-jinslarni daf qilish, yomon ko‘zdan saqlash, yaxshilik
qiladigan, omad keltiradigan xosiyatli xususiyatga ega bo‘lgan sirli tomonlar
bo‘ladi, deb tasavvur qilingan. Fetishlar
xilma-xil predmetlar; but, xoch, afsonaviy
farishtalar, ma‘budalar, avliyolarning rasmlari, haykallari payg‘ambarlarning soch
tolalari, kiyimlari; tumor, ko‘zmunchoq, tasbeh, ayrim maqbaralar, sag‘analar,
qabrlar, chorvadorlar orasida hayvon kalla suyaklari,
shoxlari, ko‘z tikan, isiriq,
do‘lana kabi o‘simliklar, daraxt shoxlariga bog‘langan alaf deyiladigan turli
rangdagi lattalar.
Shuningdek, ilmi-amal, irim-sirimlarga oid: qaychining ochilib qolishi,
supurgini tikka qo‘yish, kechki paytda tirnoq olish, kechasida uy supurish, jasadni
tunab qolishi ham fetish bo‘lishi mumkin.
Duolar yozilgan qog‘ozni lattaga tikib uch, to‘rtburchak shaklida tumor qilib
taqadilar. Go‘yo shu tumor ―yomon ko‘z‖dan, ―ins-jins‖lardan,
xavfli
kasalliklardan saqlaydi, omad keltiradi. Tumor yosh bolalar kiyimiga tikib
qo‘yiladi, chaqaloqlar beshigiga osib qo‘yiladi, xotin-qizlarning bo‘yniga taqiladi,
hatto mashinalarga osiladi.
Eng ko‘p tarqalgan fetishlardan biri ko‘zmunchoqdir. Ko‘z-munchoqlar
toshdan qilinadi. Tosh teshiladi, bo‘yaladi, qora rangga oq ko‘z qilinadi.
Ko‘zmunchoqlar bolalar bilagiga, beshigiga,
kiyimlariga osiladi, tikib qo‘yiladi,
16
bog‘lanadi. Xotin-qizlar isirg‘asiga bir-ikkita ko‘zmunchoq qo‘shib taqa-dilar.
Shaxsiy engil mashinalarga ham isiriq, tumor, ko‘z-munchoq osish rasm bo‘lgan.
Xristian dinida Iso payg‘ambarning but-xochga mixlab o‘ldirilishi
ifodalangan, but-xochga sig‘inish keng tarqalgan. Bunday butlar deyarli barcha
cherkovlarda, xristian ruhoniylarining kiyimlarida, dindorlarning uylarida
uchraydi. Xoch kichik hajmda bo‘yinga taqiladi, xochni o‘pib tavob qilinadi.
Isoning onasi Bibi Maryam rasmiga sig‘inish ham keng tarqalgan. Xoch ham
eng ko‘p tarqalgan fetishlardan hisob-lanadi. Barcha xristianlar, ayniqsa katoliklar
xochga ixlos qo‘yishgan.
Salibchilar, ritsarlar kiyimida xoch rasmi solin-gan edi.
Poplar kiyimida ham xoch rasmi bor. Cherkovlar, ibodat uylari, monastirlar
peshtoqida xoch bor. Xristian qabrlari ustiga xoch qo‘yiladi. Fetishizm dini garchi
qadim zamonlarda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, hozir ham o‘z kuchida. Masalan,
Turkiya,
Pokiston, Saudiya Arabistoni, Eron, Misr, Suriya kabi davlatlarning
bayrog‘ida yarim oy, yulduzlar tasviri bor, chunki
osmon jismlari ilohiy kuch
sifatida islomgacha bo‘lgan davrlarda fetishlar edi. Masjidlar, madrasalar ustiga
yarim Oy ramzi qo‘yilgan. Qabrlar ustiga ham ba‘zan oy, yulduz rasmi tushirilgan
toshlar yoki yog‘och o‘rnatilganki, bularda ham fetish ma‘nosi mavjud, Ma‘lum
ma‘noda ulug‘ siymolar, olimlar, sarkardalar, dohiylarga o‘rnatilgan
haykallar,
mavzoleylar ham fetishlar hisoblani-shi mumkin.
Fetish hisoblangan ko‘pgina asotirlar, kamyob buyumlar, predmetlar ayni
paytda san‘atga mansub bo‘lib madaniyat yutuqlariga kiradi. Masalan, rus
rassomlari ishlagan avliyolar rasmi tushirilgan ikonalar ana shunday san‘at
asarlaridir. Shuning uchun fetishga kiradigan ko‘zmunchoq, tumor, xoch kabilarni
ayrim yoshlar dinga ishongani uchun emas, balki bir taqinchoq, zeb-ziynat buyumi
deb taqib yuradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: