Bog'liq bolalarni talim muhitiga moslashtirish uchun rivojlantiruvchi mashgulotlar
Birinchi mashg’ulot Tanishuv Jihozlar: tashrifnomalar (vaktinchali), flomasterlar (guruxga bir dona),
qo’ng’iroqcha, «Men» belgisi.
Maqsad: bolalarni bir-biri bilan va o’qituvchilar bilan tanishtirish; bolalarni
navbat bilan fikrlarini aytishga o’rgatish: ularni qisqa xikoya tuzishga o’rgatish
(2-3 ta gapdan iborat).
Mashg’ulotning borishi Salomlashuv. Olib boruvchining o’zi haqidagi hikoyasi. Bolalar sinfga kiradilar va guruxlar buyicha o’tiradilar (har birida olti
kishidan iborat 3 ta gurux va yoshi kattarok 1 kishi-yordamchi). Olib boruvchi
bolalar bilan
salomlashadi, o’zini tanishtiradi, o’zi haqida ozgina so’zlab
22
beradi (nimani yaxshi ko’radi, nimani yaxshi kurmaydi, uning uy xayvonlari
bormi va x.k.). U bolalarga savol berishlari mumkinligini aytadi.