Bog'liq bolalarni talim muhitiga moslashtirish uchun rivojlantiruvchi mashgulotlar
2. Fonematik idrokni rivojlantirishga qaratilgan o`yinlar Fonetik-fonematik nutq kamchiligiga ega bo`lgan bolalarning og`zaki
nutqini o`rganish shuni ko`rsatadiki, ularning nutqi kundalik muloqot
ehtiyojlarini qondiradi. Ularning talaffuzida nutqning leksik-grammatik qatorida
qo`pol buzilishlar kuzatilmaydi. Bu bolalar uchun fonematik idrokning
shakllanish jarayoni tugallanmaganligi xosdir. Nutq kamchiliklari tovushlarini
noto`g`ri talaffuz qilish bilan chegaralanib qolmay, shuningdek tovushlarni etarli
farqlamaslik va so`zni tovush tomondan tahlil va tarkib qilishdagi
qiyinchiliklardan ham iborat.
Fonematik idrokni rivojlantirish korrektsion-logopedik ishning eng asosiy
yo`nalishidir. Bu ishlar tovushlar tahlili ustidagi ish bilan o`zaro bog`liqlikda olib
boriladi. SHu bilan birga tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish
ishlarini fonematik idrokni rivojlantirishga qaratilgan ishlar bilan birgalikda olib
borilgandagina yaxshi natijalarga erishiladi. Quyida biz, fonematik idrokni
rivojlantirishga qaratilgan o`yinlardan namunalar keltiramiz.