26 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


-§. Qonunchilik palatasi deputati va



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/26
Sana06.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#432385
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
R.R.Hakimov.OzbekistonRespublikasiOliymajlisiKonstitutsiyaviyhuquqdarslikMasulmuharrirSh.T.Ikramov.-ToshkentOzbekistonRespublikasiIIVAkademiyasi2014.-442-480b.

6-§. Qonunchilik palatasi deputati va
Senat a’zosining huquqiy maqomi
Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosi (senator)ning huquqiy 
maqomi deganda, deputat va senatorning qonun hujjatlarida belgilangan 
huquqlari, majburiyatlari va burchlari, vakolatlari, ular faoliyatining shakllari 
va kafolatlari yig‘indisi nazarda tutiladi. Deputat va senatorning huquqiy 
maqomi ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ahamiyati va ko‘lamiga 
monand tarzda yuqori darajada belgilanadi hamda xalq vakili sifatida 
to‘siqlarsiz va samarali faoliyat olib borilishini ta’minlaydi.
Mamlakatimizda Qonunchilik palatasi deputati va senator faoliyatining 
huquqiy asoslari Konstitutsiyada, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘ri- 
sida»gi va boshqa qonun hujjatlarida belgilab berilgan.
Deputat va senatorning huquqiy maqomini belgilashda konstitusiyaviy 
normalar muhim ahamiyatga ega. Jumladan, Konstitutsiyaning 88-modda- 
sida deputat va senator huquqiy maqomining umumiy asoslari, shu jumla- 
dan, ular faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarning qoplanishi, deputat va 
senatorning daxlsizlik huquqi va mehnat munosabatlariga oid masalalar 
tartibga solingan.
Mazkur konstitutsiyaviy normalar 2004-yil 2-dekabrdagi «O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati
442


a’zosining maqomi to‘g‘risida»gi qonunda yanada rivojlantirilgan. Ushbu 
qonunda deputat va senatorning huquqlari, majburiyatlari hamda ular 
faoliyatining asosiy kafolatlari mustahkamlangan.
Deputat va senatorning huquqiy maqomi haqida fikr yuritish avvalida 
shuni qayd etish lozimki, jahon mamlakatlari konstitusiyaviy amaliyotida 
parlament a’zolarining maqomi o‘z tabiatiga ko‘ra «erkin mandat» yoki 
«imperativ mandat»ga ajratiladi. Bunda, «erkin mandat» deganda, parlament 
a’zosi o‘z faoliyatini amalga oshirishda, parlamentda ovoz berishda 
mamlakatning barcha fuqarolari manfaatlarini ifoda etishi va o‘zining ichki 
ishonchiga tayanishi, ayni paytda o‘z saylovchilarining irodasiga bevosita 
tobe emasligi nazarda tutiladi. «Imperativ mandat»da esa, parlament a’zosi 
o‘z xatti-harakatlarida uni saylagan saylovchilarning irodasiga bevosita tobe 
bo‘ladi. Ya’ni parlament a’zosi saylovchilarning «nakazlari, ko‘rsatmalari»ni 
bajarishi lozim. Erkin mandat dunyoning aksariyat demokratik davlatlari 
parlament a’zolariga xos bo‘lsa, imperativ mandat ko‘proq nodemokratik 
tusdagi davlatlar tajribasiga xosdir.
Mamlakatimiz qonunchiligiga ko‘ra, parlament a’zolari erkin 
mandatga egadirlar.
Yuqorida nomi qayd etilgan qonunga ko‘ra, Qonunchilik palatasiga 
saylangan va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarosi deputat hisoblanadi. Senatga saylangan va 
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov 
komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan, shuningdek, O‘zbekiston Res­
publikasi Prezidenti tomonidan Senatga tayinlangan O‘zbekiston Respub- 
likasining fuqarosi senator hisoblanadi.
Deputat va senatorning eng asosiy huquqlaridan biri - bu ularning 
tegishincha Qonunchilik palatasi, Senat majlisida ko‘rib chiqilayotgan 
barcha masalalar bo‘yicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanishidir. 
Deputat, senator, shuningdek: 
palataning organlariga saylash va saylanishga; 
palata majlisida ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga; 
palata majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni 
ko‘rib chiqish tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar 
kiritish va mulohazalar bildirishga;
qaror loyihalari va ularga tuzatishlar kiritishga;
palata tomonidan tuziladigan organlarning shaxsiy tarkibi hamda 
saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning 
nomzodlari bo‘yicha fikr bildirishga;
443


munozaralarda ishtirok etishga, ma’ruzachi va raislik qiluvchiga 
savollar berishga;
parlament so‘rovi bilan murojaat etishga;
o‘z takliflarini asoslab berish uchun so‘zga chiqishga va ovoz berish 
sabablari yuzasidan izoh berishga;
palata majlisida raislik qiluvchiga palata majlisida muhokama qilina- 
yotgan masala yuzasidan o‘z nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini 
topshirishga;
palata tarkibidagi o‘zi a’zo bo‘lgan tegishli organning qaroriga 
qo‘shilmagan taqdirda, o‘z nuqtai nazarini palata majlisida bayon qilishga 
yoki bu haqda tegishincha Qonunchilik palatasining Spikeriga, Senat Raisiga 
yozma ravishda ma’lum qilishga;
palataga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud 
mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini palata majlislarida eshitish 
to‘g‘risida taklif kiritishga;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek, 
palata qarorlarining bajarilishini tekshirish haqida ko‘rib chiqilishi uchun 
masalalar taklif etishga;
palata majlislarining stenogrammalari bilan tanishishga;
fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan 
manfaatlarini buzish hollari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa 
hollari ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda, ularga darhol chek qo‘yish choralarini 
ko‘rish talabi bilan tegishli organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat 
etishga haqli.
Deputat, yuqorida qayd etilgan huquqlardan tashqari, qonunchilik 
tashabbusi huquqiga hamda Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlash- 
malari ishida ishtirok etish huquqiga ega.
Deputat, senator tegishincha Qonunchilik palatasi, Senatning majlis- 
larida, shuningdek, palataning qaysi qo‘mitasi, komissiyasi tarkibiga, 
kelishuv komissiyasi tarkibiga saylangan bo‘lsa, shu qo‘mita, komissiyaning 
majlislarida qatnashishi, ovoz berishda Qonunchilik palatasining, Senatning 
reglamentlarida belgilangan tartibda shaxsan ishtirok etishi shart.
Qonunchilik palatasi, Senat, qo‘mita, komissiya, kelishuv komissiyasi 
majlislarida ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, deputat, senator bu 
haqda tegishincha Qonunchilik palatasining Spikeriga, Senat Raisiga, 
qo‘mita, komissiya raisiga, kelishuv komissiyasining tegishli palatadan 
saylangan hamraisiga oldindan xabar qilishi shart.
Qonunchilik palatasi deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan 
biri - bu uning saylovchilar va siyosiy partiya bilan olib boradigan ishlaridir. 
Xususan, qonunga muvofiq deputat o‘z okrugi saylovchilari, uni deputat- 
likka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bog‘lab turishi va 
Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda etishi zarur. O‘zbekiston 
444


ekologik harakatidan saylangan deputatlar mazkur harakat bilan aloqa 
bog‘lab turadi va Qonunchilik palatasida uning manfaatlarini ifoda etadi.
Deputat o‘ziga saylovchilardan tushgan murojaatlarni qonun hujjat- 
larida belgilangan tartibda ko‘rib chiqishi, ularni hal etish chora-tadbirlarini 
ko‘rishi va fuqarolarni qabul qilishi lozim. Deputat vaqti-vaqti bilan, ammo 
yiliga kamida bir marta, saylovchilarga o‘z faoliyati haqida axborot berishi 
zarurligi qonunda belgilab qo‘yilgan.
Deputatga saylovchilar bilan olib boriladigan ishlar uchun Qonunchilik 
palatasining Reglamentida belgilanadigan tartibda muayyan kunlar ajratiladi. 
Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun deputatga zarur shart- 
sharoit ta’minlanadi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari uning iltimosiga ko‘ra 
bino ajratilishini tashkil etadilar, deputatning saylovchilar bilan uchrashuv- 
lari o‘tkaziladigan, deputat tomonidan fuqarolar qabul qilinadigan vaqt va 
joy haqida fuqarolarga xabar beradilar, qabul va uchrashuvlarda ishtirok 
etish uchun deputatning taklifiga binoan o‘zlarining mas’ul vakillarini yubo- 
radilar, shuningdek, deputatning joylardagi ishiga ko‘maklashish yuzasidan 
boshqa chora-tadbirlar ko‘radilar. Saylovchilarning ishonchini oqlay 
olmagan deputat qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin.
Deputat, senatorning muhim vakolatlaridan biri - bu parlament so‘rovi 
yuborishdir. Qonunga muvofiq, deputat, senator davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga 
kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z 
nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga 
haqlidir. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari 
parlament so‘roviga javobni o‘n kun muddatda tegishli palataning majlisida 
beradilar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga, Oliy xo‘jalik sudi 
raisiga, Bosh prokuroriga, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlariga 
yo‘llangan parlament so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va 
materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas. Parlament so‘rovlari bo‘yicha 
axborot tegishincha Qonunchilik palatasi, Senat majlisida muhokama 
qilinishi mumkin.
Deputat, senator o‘z faoliyatida odob qoidalariga qat’iy rioya etishi 
zarur. Deputatning, senatorning o‘z maqomidan fuqarolarning, jamiyat va 
davlatning qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi. Deputatlik, senatorlik odobi buzilgan taqdirda, deputat­
ning, senatorning xulq-atvori to‘g‘risidagi masala tegishli palata tomonidan 
yoki uning topshirig‘iga binoan palataning organi tomonidan ko‘rib chi- 
qilishi mumkin.
Qonunda deputat va senator faoliyatining asosiy kafolatlari belgilangan 
bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
- deputatning va senatorning huquqlari, sha’ni hamda qadr-qimmati- 
ning muhofaza qilinishi;
445


- deputatning va senatorning daxlsizlik huquqi;
- deputatning va senatorning mansabdor shaxslar tomonidan darhol 
qabul qilinish huquqi;
- deputatning va senatorning mehnat huquqlari kafolatlari;
- deputat va senatorning harbiy yig‘inlardan ozod qilinishi;
- deputat va senator faoliyatining axborot hamda moddiy-texnika 
jihatidan ta’minlanishi;
- deputatga va senatorga xizmat xonasining berilishi;
- deputatning va senatorning transportda tekin yurish huquqi;
- deputatga va senatorga xizmat turar joyining berilishi.
Qonunga muvofiq, har bir deputatga, senatorga o‘z vakolatlarini 
moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun shart-sharoit kafolat- 
lanadi, uning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati muhofaza qilinadi. Deputat­
ning, senatorning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilgan shaxslar qonunga 
muvofiq ma’muriy, jinoiy yoki o‘zga tarzda javobgar bo‘ladilar. Deputatni, 
senatorni haqorat qilish, shuningdek, unga nisbatan tuhmat qilish qonunda 
belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Deputatlik, senatorlik vakolatlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish 
maqsadida deputatga, senatorga qanaqa tarzda bo‘lmasin ta’sir ko‘rsatishga 
yo‘l qo‘yilmaydi. Deputat, senator oldidagi o‘z vazifalarini bajarmaydigan, 
uning ishiga to‘sqinlik qiladigan, bila turib unga yolg‘on axborot beradigan, 
deputat, senator faoliyatining kafolatlarini buzadigan mansabdor shaxslar 
qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Deputat, senator o‘zining vakolatlari muddati mobaynida daxlsizlik 
huquqiga ega bo‘ladi. Ya’ni tegishli palataning roziligisiz deputat, senator 
jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud 
tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas. Deputatni, 
senatorni majburiy keltirishga, shuningdek, uning uy-joyi, xizmat xonasi, 
yuki, shaxsiy va xizmat transporti vositalarini, yozishmalarini, u foydala- 
nayotgan aloqa vositalarini, shuningdek, unga tegishli hujjatlarni ko‘zdan 
kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Deputat, senator o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda guvoh- 
nomasini ko‘rsatib, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlarga moneliksiz kirish huquqidan, shuningdek, 
ularning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol 
qabul qilinish huquqidan foydalanadi.
Jahon mamlakatlari konstitutsiyaviy amaliyotida parlament a’zosi 
faoliyatining muhim kafolatlaridan biri sifatida indemnitet (lotincha 
«indemnitas»1 - zarar ko‘rmaydigan) instituti maydonga chiqadi. Indemnitet 
ikki ma’noni anglatadi, 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish