kutubxonachi.uz
– Xalq xizmatida.
YouTube
|
Telegram
|
Telegram Bot
13
«Qayiqni oqimga qo‘yib berishim, vaqtida uyg‘onish uchun esa chilvirni oyog‘imning
boshmaldog‘iga bog‘lab qo‘yib, mizg‘ib olishim mumkin edi,— deb o‘yladi chol.— Ammo bugun —
sakson beshinchi kun, shuning uchun ham hushyor bo‘lish kerak».
Shu payt u yashil qarmoqlardan birining qimirlab ketib, suvga egilib tushganini paypqab qoldi.
— Ana xolos,— dedi u.— Aytmovdimmi!—va qayiqni bezovta qilmaslikka harakat qilib,
eshkaklarni suvdan tortib oldi.
Chol chilvirga tomon enkayib, uni o‘ng qo‘lining bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan avaylab tutdi.
U baliqning zo‘r berib kuchanmayotganinn sezib turar, shun-dan bo‘lsa kerak chilvirni siqimlamay,
yengilgina ushlab olgan edi. Biroq chilvir mana yana qaltirab ketdi. Bu safargi siltov oldingisiga
qaraganda ehtiyotkorona va zaifroq ediki, chol buning nima ma’no anglatishini aniq bilar edi. Ya’ni, yuz
dengiz sarjinicha tubanda marlin qarmoq ilgagining uchi bilan buklamasiga tizilgan sardinlarni
yamlamay tushirar, qo‘lbola qilib yasalgan qarmoq ilgagining o‘zi esa maydaroq tunets kallasidan teshib
o‘tkazilgan edi.
Chol kalavani yengilgina tutib turib, chap qo‘li bilan uni qarmoq dastasidan yechib oldi. Endi kalava
barmoqlari orasidan baliqni seskantirmay sirg‘alib chiqa olar edi.
«Qirg‘oqdan shunchalik olisda, yana yilning mana bu faslida, baliq juda ham katta bo‘lsa kerak.
Yeyaver. Yegin endi, ol, yegin. Sardinlar biram mazali, sen bo‘l-sang juda sovqotgansan, olti yuz fut
chuqurlikda suv juda ham sovuq va qop-qorong‘i bo‘ladi. Qorong‘ida yana bir marta aylanib kel,
orqangga qayt va ol, ye, yeyaver!» U yengil, sergak siltov sezdi, sal o‘tmay bu kuchliroq bo‘lib
takrorlandi — bitta-yarimta sardinni qarmoqdan yulib olish mushkulroq bo‘layotgani ko‘rinib turardi.
Keyin jimjit bo‘lib qoldi.
— Bo‘la qolsang-chi,— dedi chol ovoz chiqarib,—yana bir burilib kel. Hidini qara, hidini. Qanday
ajoyib-a, to‘gri emasmi? To‘yib-to‘yib yeb ol! Keyin qarab-sanki, tunetsni totib ko‘rish gali keladi! Axir
u shunday ham so‘lqillagan, muzdakkina, bir shirinki, qo‘yaverasan. Qisinib-qimtinib o‘tirma, baliq.
Yegin, ol, yesang-chi, o‘tinaman sendan.
U, bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan kalavani tutib, baliqning joydan-joyga suzib o‘tish ehtimoli
borligidan bir paytning o‘zida boshqa chilvirlardan ham ko‘z uzmay kutardi. Birdan u yana qarmoq
ipining yengil, bilinar-bilinmas tortqilanganini payqadi.
— Cho‘qiydi — dedi chol ovoz chiqarib.— Cho‘qiydi, xudoyo dard ko‘rmagur!
Ammo u cho‘qigani yo‘q. Ketib qoldi. Chilvir ham qimir etmasdi.
— Uning butunlay ketishi mumkin emas,— dedi chol.— Xudo shohid, uning ketishi mumkin emas.
U bor-yo‘g‘i qayrilib kelyapti. Ehtimol, u biron marta qar-moqqa tushib chiqqan va bu hali xayolidan
ko‘tarilmagandir.
Shunda u yana qarmoq ipining ohista tortqilanganini sezdi va dili taskin topdi.
— Aytmovdimmi, u faqat qayrilib kelyapti deb... — dedi chol.— Mana endi cho‘qiydi!
U baliqning hurkib-hurkib chilvir tortqilashidan o‘zini qo‘yarga joy topmasdi. To‘sindan, chol
qandaydir, favquloda bir zilu zambil og‘irlik sezdi. Sezdi-yu, chilvirni bo‘shatib, ehtiyotdagi
kalavalardan birini chuvatgancha, uning borgan sari quyi, quyi, quyiga tushib borishi uchun imkon berdi.
Chilvir barmoqlardan osongina sirg‘alib chiqib pastga ketib borar, uni ushlar-ushlamas tutib turganiga
qaramasdan, chol o‘ramni yamlab ketayotgan g‘oyat zo‘r og‘irlikni his qilib turardi.
— Asti qanday balo baliq bo‘ldi o‘zi!—dedi u ovoz chiqarib.— Qarmoqni yamlab olib, endi
uzoqroqqa juftakni urmoqchi.
«U baribir orqasiga qayriladi, qarmoqni ham yutib yuboradi»,— deb o‘yladi chol. Biroq bir kori hol
bo‘lib o‘tirmasin, deb cho‘chidi shekilli, ovoz chiqarmadi. Chol bu baliqning qanchalik totli ekanini
bilar, xayolan uning lunjida ko‘ndalang tiqilgan tunets bilan qorong‘ida borgan sari uzoqroqqa
Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |