Milliy g’urur -
Har bir millatning o`z - o`zini anglashi natijasida sodir
bo`ladigan ichki ruhiy kayfiyati. Milliy g’urur mustahkam
bo`lsa, millat vakillari orasidagi birlik ham kuchli bo`ladi.
Milliy an`analar -
Millat hayotning turli sohalarida namoyon bo`ladigan
tushunchalar, belgilar, xususiyatlar, faoliyat turlari, odatlar va
xislatlarning avloddan-avlodga o`tish hamda meros bo`lib
qolish tarzi.
Milliy manfaatlar
-
Millatga, milliy davlatga moddiy, ma`naviy, ruhiy va
jismoniy foyda, naf keltiruvchi omillar.
Milliy ong -
Bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez
davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy
e`tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlarning bevosita ta`siri
tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy
va madaniy-ma`naviy sohalarda faollik darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |