22.Grammatik me’yorga rioya qilingan qatorni toping:
a) meni kitobim uyda qolibdi;
b) menim kitobim esimdan ko‘tarilibdi;
c) mening kitobim uyda qolibdi;
d) mening kitobim uyda qolibti.
23.Tushum kelishigi belgisiz qo‘llangan qatorni toping:
a) cho‘l havosi dillarga huzur baxsh etdi;
b) ular olma daraxti tagida o‘tirishdi;
c) kitob o`qishni bir dam ham unutmang;
d) bir kishi ariq qaziydi, ming kishi suv ichadi.
24.Kitobni o‘qiganlik haqidagi fikr qaysi qatorda ifodalangan?
a) men bu kitobni o‘qidim;
b) bu kitobni men o‘qidim;
c) o‘qidim men bu kitobni;
d) men kitobni bunda o‘qidim.
Do'stlaringiz bilan baham: |