Ovqat mahsulotlarining o’rtacha kaloriyaligi (kDj - g)
Ovqat mahsulotlari
Organizmdan tashqarida
yondanda
Organizmda
oksidlanganda
Karbonsuvlar
17,18
17,18
Yog’lar
39,39
38,97
Oqsillar
23,46
17,18
Organizmda hosil bo’ladigan energiyani bevosita va bilvosita
kalorimetriya usullarida aniqlash mumkin.
Bevosita kolorimetriyada organizmdan ajralib chiqadigan issiqlikni
sezuvchi maxsus murakkab jihozlar-kalorimetrik kameralardan foydalaniladi.
Kalorimetrda tekshirish juda aniq natija berishi mumkin.
Organizmda oksidlanish jarayonlari energiya manbai hisoblanadi, bu
jarayonlarda O
2
sarflanadi va CO
2
hosil bo’ladi, shuning uchun gazlar
almashinuvini tekshirish asosida, ya’ni yutilgan O
2
va ajralib chiqqan CO
2
miqdorida qarab tananing qancha energiya sarflaganini aniqlash mumkin. Bu
usul bilvosita kalorimetriya deb ataladi.
Organizmda ajralib chiqqan CO
2
hajmining yutilgan O
2
hajmiga
nisbati nafas koeffisiyenti (NK) deb ataladi. Oqsillar, yog’lar va uglevodlar
27
oksidlanganda nafas koeffisiyenti turlicha bo’ladi. Avvalo, tana karbonsuvlar
iste’mol qilganda nafas koeffisiyenti qancha bo’lishini ko’rib chiqaylik.
Misol uchun, glyukozani olaylik. Bir molekula glyukoza oksdlanishining
umumiy yakuniy quyidagi formula bilan ifodalash mumkin.
C
6
H
12
O
3
+6CO
2
+6H
2
O
Reaksiya tenglamasidan ko’rinib tiribdiki, glyukoza oksidlanganda
necha molekula SO
2
hosil bo’lsa, o’shancha molekula O
2
sarf qilinadi.
Organizmda bo’lib o’tadigan oksidlanish – qaytarilishi jarayonlari
natijasida gazlarning o’zlashtirilishi va ajralib chiqishga oid sarhisob olib
borish. Avogadro qonuniga bo’ysinadi.
Xususan, glyukoza oksidlanganda nafas koeffisiyenti (SO
2
ning O
2
ga
nisbati) 1 ga teng bo’ladi. Boshqa karbonsuvlar oksidlanganda ham nafas
koeffisiyenti shuncha bo’ladi. Yog’lar va oqsillar oksidlanganda nafas
koeffisiyenti 1 dan kam bo’ladi, ya’ni yog’lar oksidlanganda nafas
koeffisiyenti 0,7 ga, oqsillar oksidlanganda NK-0,8 ga teng bo’ladi. Odam
aralash ovqatlar iste’mol qilib turganida NK-0,85-0,9 atrofida bo’ladi.
Nafas koeffisiyentini aniqlash orqali O
2
ning issiqlik ekvivalentini
bilish mumkin. O
2
ning kalorimetrik ekvivalenti deganda bir litr O
2
qabul
qilinganda ajralib chiqqan issiqlik miqdori tushuniladi. O
2
ning kalorimetrik
ekvivalenti moddalar almashinuviga bog’liq.
Odam organizmida almashinuvi jarayonlarining boshqarilishida asosan
asab va gumoral bosqich, ya’ni neyroendokrin tizimning faoliyati
ahamiyatlidir. Gumoral boshqarilish bo’yicha fikr yuritilganda gormonlar
fermentlar foalligiga, sinteziga va membranalar o’tkazuvchanligiga ta’sir
qiladi. Gormonlar asosan fermentlar molekulasining strukturasiga ta’sir qilib,
28
fermentni faollashtirsa, boshqa fermentning ta’sirini tormozlaydigan
xususiyatga ega.
Gormonlarning oqsil sinteziga ta’siri hujayraning apparatiga ta’sir
etishi yo’li bilan oshadi. Ko’pgina gormonlar hujayra membranalari va
subhujayraviy elementlarning membranalari o’tkazuvchanligiga (ularda
modda almashinuvining alohida shakllari, fazalari bo’lib o’tadi) faol ta’sir
qila olish xususiyatiga ega. Shuningdek, insulin to’qimalarining hujayra
membranalari
tomonidan
glyukozani
o’tkazuvchanlik
qobiliyatini
kuchaytiradi. Buning natijasida hujayralarga glyukozaning o’tishi kuchayadi.
Qolqonsimon bez gormonitiroksin – mitoxondriya membranalari holatiga
taxsir
qiladi,
buyrak
usti
bezining
gormonlari
esa
lizosomalar
membranalariga ta’sir qiladi.
Metabolizmning eng yuqori boshqarilishi – bu asab boshqarilishidir.
Oziqlanish va modda almashinuvining muvofiqlashuvi jarayonlariga asab
tizimining ta’siri alohida ahamiyatga ega bo’lib, bu narsa asab tizimining
trofik funksiyasini belgilaydi. Asab tizimining trofik funksiyasi haqidagi
ta’limotni I.P.Pavlov rivojlantirgan. Uning asosini miokarddagi modda
almashinuviga ta’sir qilib turadi. Shunday asablar aniqlanganki, ular yurak
mushagini qisqarishini kuchaytiradi yoki susaytiradi.
L.A.Orbeli simpatik tolalarni ta’sirlash orqali charchagan mushakning
qo’zg’alishini va uning ishga loyiq bo’lib qolishini aniqlab berdi. Trofik
samara boshqa asab tolalari uchun ham xos xususiyatdir. Asab tolalarini
qirqib qo’yish to’qimalarda oziqlanish (trofika)ning izdan chiqarishga olib
keladi.
Hujayralarga asab tizimi tomonidan ko’rsatiladigan trofik ta’sir hali
yetarlicha o’rganilmagan. To’qimalar trofikaning boshqaruvchi bolizmining
29
mahsulotlari bo’lishi mumkin, asab hujayrasining tanasida sintezlanadi va
oksoplazmasiga o’tadi, degan taxminlar bor.
Miyaning gipotalamik qismi va bosh miya yarim sharlari po’stlog’i
orqali moddalar almashinuviga ta’siri.
Modda amlashinuvi o’zgarishlari shartli refleks ekanligi bosh miya
po’stlog’ining
olib
tashlangandan
keyin
almashinuvining
muhim
o’zgarishlaridan biri bo’lgan emosional holatlar qon o’zgarishi va qonda
shakar miqdorining oshishida isbotlanadi.
Asab va endokrin mexanizmlar birgalikda bitta yagona asab-gumoral
tizim sifatida ta’sir qiladi. Asab-gumoral mexanizmlarning aniq va bir
maqsadga muvofiq boshqaruvchi ta’sirotlari periferik to’qimalardagi
metabolizm holatiga oid ma’lumotlarning doimiy ravishda yetkazilishi
ta’minlanganda namayon bo’ladi.
Asab tizimining uchlariga modda almashinuvi mahsulotlari ta’sir etishi
va gumoral yo’l bilan asab markazlariga yoki endokrin bezlariga
yetkaziladigan modda almashinuvining boshqariluvida muhim ahamiyatga
ega ya’ni modda almashinuv mahsulotlarining ta’siri qayta aloqa vazifasini
amalga oshirishi mumkin. Ko’rsatib o’tilgan boshqaruvchi tizimlar o’z
funksiyasini to’qima suyuqligi, limfa va qonning kimyoviy tarkibini va
fizikaviy xossalarining dinamik doimiyligini ta’minlash orqali amalga
oshiradi va bu moddalar odam organizmida doimiy ko’rsatkich darajasida
bo’lishi lozim.
Fransiya fizologi K.Bernar 1878 yilda qon, limfa va to’qima
suyuqligini bitta yagona «ichki muhit» tushunchasiga birlashtirdi va normal
hayot faoliyati uchun ichki muhit doimiyligi muhim ro’l o’ynashiga e’tibor
berdi.
30
Organizmning ichki muhit to’g’risidagi ta’limotini davom ettirgan
holda U.Kenna, 1929 yilda «gomeostaz» tizimini taklif qildi. Gomeostaz
deganda ichki muhit xossasi va tarkibi doimiyligining nisbati tushuniladi, bu
narsa hayotiy jarayonining sifat va miqdor ko’rsatkichi hisoblanib, u
organizmning bu tizimini doimiy bir maromda saqlab turish qobiliyatidir. Bu
barqaror va doimiy ko’rsatkichlarini biologik ko’rsatkichlar deyiladi. Misol
uchun, bularga: qondagi shakar miqdori, vodorod, natriy, kaliy, kalsiy, xlor,
fosfor ionlari, oqsil konsentrasiyasi va qonning asosiy osmatik bosimi kabi
ko’rsatkichlarni kiritish mumkin.
Energiya hosil bo’lishi va sarflanishi. Yuqorida aytilganidek, moddalar
almashinuvida, ya’ni oqsillar, yog’lar, karbonsuvlarning kislorod bilan
oksidlanib parchalanishi natijasida energiya hosil bo’ladi. Bu energiya
organizmda barcha fiziologik jarayonlarning to’xtovsiz davom etishi usun
sarflanadi.
Energiya almashinuvida ajenozintrifosfat kislotasi (AUF) markaziy
o’rin egallaydi. Turli makroegik birikmalardan hosil bo’lgan AUF o’z
navbatida ularning sintezida asosiy rol o’ynaydi.
Turli organik moddalarning parchalaishi natijasida hosil bo’lgan
energiya AUF shaklida saqlanib, zaxira bo’lib turadi. AUF organizmning har
bir hujayrasida bo’ladi. Uning eng ko’p miqdori skelet mushaklarda uchraydi
– 0,2-0,5% hujayraning har bir faoliyati to’g’ridan-to’g’ri AUF ning
parchalanish vaqtida mos keladi.
Ma’lum bir masofaga yugurish (masalan, 100 metrga) mushaklar faqat
ulardagi zaxiraviy AUF energiyasi hisobidan ishlaydi. Parchalangan AUF
molekulalari yana boshqatdan qayta qisqarishini ta’minlash uchun qayta
31
tiklanish kerak. Bu jarayon karbonsuvlar va boshqa moddalar parchalanishi
natijasida ajralib chiqqan energiya hisobidan amalga oshadi.
Shunday qilib, organizm to’qimalar, a’zolar va hujayralarning
funksional faoliyati uchun AUF yagona va universal energiya manbai bo’lib
xizmat
qiladi.
Organizmning
energiyasi moddalar
almashinuvi
mushaklarning faoliyati va ovqatning yuziga xos ta’siri uchun sarflanadi.
Organizm tomonidan sarf qilingan energiya miqdorini bilib turib, undan
chiqariladigan issiqlik miqdorini ham aniqlash mumkin.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |