8
«Tabiat bilan yaqin munosabatda bo’lish, kuzatuvchanlik bilan birgalikda
bilishga ham qiziqishni o’rgatadi. Buning asosida taxminiy va tekshiruvchanlik
refleksi yotadi va uning nihoyatda taraqqiy etishi insonning xarakterli xususiyatidir»,
deb hisoblaydi I.P.Pavlov. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning kattalarga «Bu
nima?», «Nima uchun?», «Qanday qilib?» kabi cheksiz savollari bunga misol bo’la
oladi. Bu o’rinda tarbiyachi savollarga javob topishda bolalarning o’zlarini jalb
qilishga harakat qilishi zarur.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning turli yosh guruhlarida tarbiyachi
kuzatishlarni tashkil etar ekan, uning turli xillaridan foydalanadi.
Kuzatishlar davomiyligi va xarakteri bo’yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli
bo’lishi mumkin.
1) Qisqa muddatli kuzatish – bunga daraxtlardan bargning to’kilishi,
shamol
bo’lishi, qor, yomg’ir yog’ishi, daraxtlarning gullari mevalari o’sib turishi
kuzatishimiz mumkin.
Qisqa muddatli kuzatish jarayonida bolalar narsalarning shakli, rangi, katta-
kichikligi, tuzilishi, fazoviy joylashuvi, sathining
xarakterini farqlashni, hayvonlar
bilan tanishganda esa harakat xarakteri, ularning chiqaradigan tovushlarini
o’rganadilar. Bu kuzatish turiga masalan, qor yoki yomg’ir yog’ishi, kamalakning
hosil bo’lishi kabi holatlar kiradi.
2) Uzoq muddatli kuzatish – ekilgan o’simlikni o’sib, unib chiqqanidan to katta
bo’lguniga qadar o’tgan vaqt kuzatiladi. Bu jarayonni
jonvorlarda ham kuzatish
mumkin. Jonivorlarning o’sishi, yashash sharoiti kuzatiladi.
O’simlik va hayvonlarni o’sishi hamda rivojlanishi, tabiatdagi mavsumiy
o’zgarishlar haqidagi bilimlarning jamg’arilishi uchun kuzatishning ancha
murakkabroq turi - uzoq muddatli kuzatishlardan foydalaniladi. Bunda bolalarning
ob’ektning kuzatilayotgan holatini ilgarigisi bilan qiyoslashlariga to’g’ri keladi.
3) Solishtirma kuzatish - uzoq va qisqa muddatli kuzatishlar orasidagi farqni
ajrata olish natijasida tashkil etiladi.
Solishtirma va uzoq muddatli kuzatishlar mazmuniga ko’ra
murakkab
bo’lganligi sababli, maktabgacha ta’lim, o’rta, katta hamda maktabga tayyorlov
guruhlarida foydalaniladi. Bu kuzatuvlar davomida bolalarda analiz qilish, qiyoslash,
xulosalar chiqarish jarayoni takomillashadi.
Kuzatish narsalarning ayrim belgilariga qarab holatlarini aniqlash (masalan,
gulning bargiga qarab uni sug’orish, akvariumdagi suvning holatiga qarab suvni
almashtirish, yoki qordagi izga qarab qaysi qushning izi ekanligi, mevalarning
pishgan yoki xomligini rangiga qarab ajratish) maqsadida ham tashkil etiladi.
Kuzatishning bu turi bolalarda tabiat hodisalarini analiz qilish, ayrim ma’lumotlarni
qiyoslash, soddaroq xulosalar chiqarish ko’nikmalarining hosil bo’lishiga
yordam
beradi.
Kuzatishlar mazmuniga va tarbiyachining o’z oldiga qo’ygan maqsadiga ko’ra
o’simlik va hayvonlar, ob-havo hamda kattalarning tabiatdagi mehnati bilan
ekskursiya, sayrlarda, shuningdek tabiat burchagidagi mashg’ulotlarda tashkil etiladi.
9
Barcha hollarda kuzatish bolalarning yuksak aqliy faoliyatini rivojlantirishi,
ularni fikrlashga, berilgan savollarga javob topishga undashi,
shuningdek, ulardagi
qiziqishlarni rivojlantirishi va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishni
tarbiyalashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: