40
- -
U ta’minlovchi kuchlanishlarni o‘zgarmaslikda ushlab turishni talab qiladi.
Shuningdek parametrik stabillashni bajarish uchun, tashqi holatlar ta’sirida
(haroratni, namlikni, bosimni va h.k. o‘zgarishi) tebranish sistema o‘z parametrlarini
kam o‘zgartirishi kerak.
2. Alohida elementlar parametrlari va generatorning ishlash rejimi o‘zgarganda
fazoviy burchaklar minimal darajada o‘zgarishida generatorning ishlash rejimini va
sxemasini tanlash. Teskari bog‘lama zanjiri tebranish sistemaga (tebranish konturi)
ega bo‘lishi va uning fazoviy surilishi chastotasiga bog‘liqligi
sababli fazoviy-
chastotaviy tavsifini katta qiyalikka ega bo‘lgan konturni ishlatish zarur, chunki
masalan, ishlash rejimining parametrlarini o‘zgarishidan
kelib chiqadigan fazoviy
burchakning bir xil o‘zgarishida avtogeneratsiya chastotasining o‘zgarishi paydo
bo‘ladi, kontur uchun kattaroq kichik qiyaligi bilan. CHunki faza-chastotaviy
tavsifining qiyaligi asllikka bog‘liqligi sababli. Tebranish
konturlarning maksimal
miqdorli
Q
ni (3.8-rasm) ishlatish zarur.
3. Avtogenerator elementlari parametrlarining haroratli o‘zgarishlarini
xarakteri bo‘yicha qarama-qarshi boshqa o‘zgarishlar hisobiga o‘rnini to‘ldirish
(asosan harorati oshishi bilan ko‘payadigan tebranish konturning sig‘imi). Ko‘pincha
o‘rnini to‘ldirish uchun manfiy harorat koeffitsientli kondensatorlar ishlatiladi,
ularning sig‘imi harorat ishgan sari kamayadi.
3.5-rasm.Tebranish chastotasi
4. Tebranish sistemalar sifatida hususiy tebranish
chastotasining yuqori
stabilligiga va yuqori sifatiga ega kvarsli rezonatorlar ishlatiladi. Kvarsli rezonatorlar
avtogeneratorlar chastotasining nisbiy nostabilligini olishga imkon yaratadi, boshqa
yo‘llar bilan chastotaning stabillashtirishga etkazib bo‘lmaydi. Kvarsli rezonatorlar –
41
- -
ma’lum bir usul bilan kvars kristallaridan kesib olingan va to‘g‘ri
va teskari
p’ezoeffekt ega bo‘lgan plasitinalardir. Plastinaning yon yuzasiga kondensator
qoplamasi hisoblanadigan tok o‘tkazuvchi metall qoplamlari yotqiziladi.
Qoplamlarga o‘zgaruvchan EYUK berilganida kvars plastinasi stabil mexanik
tebranishlar
bajaradi, ularning ampltiudasi tashqi EYUK chastotasini kvars
plastinasining mexanik tebranishlar hususiy chastotasi bilan to‘g‘ri kelganida
maksimumga erishadi. Mexanik tebranishlar o‘z navbatida
qoplamalarda elektr
zaryadlar paydo bo‘lishini kelib chiqaradi, kvars rezonatorlarning rezonans
hususiyatlari juda stabillashgan, aslligi esa
107 miqdorlarga etadi, bu esa odatdagi
tebranish konturlarining aslligidan ko‘p marotaba oshadi.
Kvars rezonatorining
ekvivalent sxemasi 3.10, b rasmda keltirilgan. Yo‘qotish qarshiligi
Do'stlaringiz bilan baham: