13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
205
Shuningdek, tinchlikparvarlik, jo‘mardlik singari axloqiy tamoyillar ham insoniyat hayotida
muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, tinchlikparvarlik urushning, kon to‘kishning har qanday
ko‘rinishining inkor-etadi. Ba’zi ulug‘ davlatchilik va buyuk millatchilik ruxi hukmron bo‘lgan
jamiyatlarda tinchlikparvarlar quvg‘in qilinadi, turmalarga tashlanadi. Lekin ular o‘z
tamiyillaridan hech qachon qaytmaydilar. Ular insoniyatni barcha bahsli masalalarini tinch yo‘l
bilan hal qilishga chaqiradilar. Yer yuzida tinchlik o‘rnatish uchun tinimsiz kurash olib boradilar.
Jo‘mardlik tamoyili esa Sharqda qadimdan mavjud. Ovro‘poda o‘sha altruizm nomi bilan Ogyust
Kong ilmiy muomalaga kirishgan. U kishida o‘z qavmdoshiga achinish hissidan, unga baxt va
farovonlik tilash tuyg‘usidan kelib chiqadi, moxiyatan beminnat xayriyaga asoslanadi. Bundan
tashqari, bizning milliy axloqshunos-ligimizda o‘zbekchilik, mexmondo‘stlik kabi tamoyillar
mavjud. Ular millatimizning eng yaxpm ananalariga sadoqat tuyg‘usidan kelib chiqadi va o‘zbek
kishisiga xos bag‘ri kenglik, do‘ctga, mexmonga borini bag‘ishlashdek fidoyilik xususiyatlarini
o‘zida mujassamlashtiradi. Ayni paytda, bu tamoyillarni suistemol qilishi hollari ham hozirgi
paytda tez-tez uchrab turadi. Shunga qaramay, o‘zbekchilik va mexmondo‘stlik tamoyillari
xalqimizning o‘ziga , xoslimni ta’kidlaydi. Jahonning juda ko‘p xalqlari bu tamoyillar egasi
bo‘lmish o‘zbek millatiga doimo extirom, havas va hayrat bilan minnatdorchilik bildiradilar.
Inson hayotida axloqiy me’yorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha
sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik xayotimizda ma’lum axloqiy
tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablarning eng
oddiy shakli sifatida ruyobga chiqadi. Xalollik, rostgo‘ylik, xushmuomalalik, boodoblik,
kamtarlik singari me’yorlar ayniqsa, diqqatga sazovar. Shuni ham aytish kerakki, halollikni
uning dactlabki tor diniy mazmunida qaysi taom haromu, qaysinisi halol, degan ma’noda
tushunmaslik lozim. U allaqachon umuminsoniy ma’no kasb etgan me’yorga aylangan. Xalollik,
roctgo‘ylik vijdon tushunchasi bilan bog‘liq, insonning o‘zgaga munosabati o‘ziga
munosabatidek sof bo‘lishini talab qiluvchi me’yorlardir.
O’nlab me’yorlar orasida bu ikkisiga to‘xtalishimizning sababi shundaki, mustamlakachilik
davrida, ayniqsa, sho‘rolar xukumronlik qilgan chorakam bir asr vaqt mobaynida yolg‘on, aldov,
nopoklik, xaromxo‘rlik, munofiqlik singari illatlar xalqimizga shu qadar ustalik bilan
singdipildiki, hozirgi paytda ko‘pchilik odamlar halollik va rostgo‘ylik ustidan xatto kuladigan
bo‘lib kolganlar. So‘z bilan ish birligi yo‘qolgan, qog‘ozdagi chiroyli gaplar xayotga to‘g‘ri
kelmaydi. Lekin bo‘larning hammasi afsuski, odatiy holdek, qabul qilinadi. Shu bois
mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq bu illatlarga qarshi-kurash boshlandi. Hozirgi kunda
davlatimiz milliy ma’naviy qadriyatlarni tiklashni, odamlarni halol, insofli, adolatli bo‘lishga
chaqirishni o‘z ichki siyosatining muhim qismi deb bilgan holda ish tutmokda. Zero ko‘z
o‘ngimizda yolg‘on, aldov, ikkiyuzlamachilik nimaligini deyarli bilmaydigan jamiyatlar,
millatlar gullab-yashnamoqda. Yaponiya, Olmoniya, Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya singari
mamlakatlar shular jumlasidan. Shunday qilib, qisqacha bo‘lsada, axloqshunoslik mezoniy
tushunchalari, axloqiy tamoyillar va me’ryolar nima ekanini, ularning shaxs Hamda jamiyat
axloqiy xayotida naqadar muhim o‘rin tutishini ko‘rib chiqdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |