13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
202
shaxsning o‘z qadr-qimmatini anglab etishi, shu qadr-qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi
yoki olinmasliga munosabati bilan belgilanadi. Goho uni or tushunchasi bilan chalkashtirish,
hollari ham uchrab turadi. Lekin aslida, nomusga nisbatan or ancha tor qamrovdagi, nisbatan
zalvorsiz tushuncha. CHunonchi, oriyatli odam deganda, o‘z so‘zining ustidan chiqadigan,
sadaqa tarzida qilingan muruvvatlardan baland turadigan shaxs tushuniladi. Beor odam esa - o‘z
sha’niga aytilgan gaplarga parvo qilmay, ishini bajarib ketaveradigan, aytilgan-aytilmagan
joylarga suqilib kiraveradigan surbetnamo kishi. Nomusning esa toshi og‘ir - ijtimoiylik
xususiyatita ega, keng qamrovli. Nomus yo‘lida inson hatto o‘z hayotidan kechishi mumkin,
odamlar o‘z nomusi, oila nomusi, millat nomusi deb kurashadilar. Bu haqda ko‘plab badiiy
asarlar yaratilgan. Mehnat, sport singari sohalarda jamoa nomusi ham, alohida ahamiyatga ega
shu o‘rinda nomus obro‘ tushunchasi bilan bog‘lanib ketadi. Bularning hammasi o‘zini xurmat
qilish, o‘ziga nisbatan atrofdagilarning xurmat-izzatini yo‘qotmaslik uchun o‘z-o‘zini nazorat
qilish hissidan kelib chiqadi.
Biz yuqorida ko‘rib o‘tganlarimiz - asosiy mezoniy tushunchalarning barchasi baholash tabiatiga
ega. Yana qator muhim axloqiy tushunchalar borki, ular o‘z echimini talab qilishi bilan, ya’ni
muammolik xususiyati bilan ajralib turadi. Ideal, baxt, xayotning ma’nosi, singari tushunchalar
shular jumlasidandir. Biz ular orasidagi eng qamrovlisi bo‘lishi axloqiy ideal tushunchasiga
nisbatan batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Bir qapaganda, idealda ham baholash xususiyati mavjuddek tuyuladi. Lekin aslida U qiyoslashga
asoslanadi. Antiqa tomoni shundaki, idealda nomavjud, xayoldagi insonga, voqelika real,
mavjud, hayotdagi xodisalar qiyoslanadi, ya’ni bor narsa. yo‘q narsa bilan o‘lchanadi. Zero ideal
xayotda mavjud bo‘lishi mumkin emas - bu xammaga ayon gap. Buning ustiga, ideal xozirgi
zamonda ham, kelajakda ham bo‘lmaydi, uning mavjudlik sharti-o‘tgan zamon. Lekin, shunga
qaramay, inson ideal sari intiladi, o‘z hayotida unga qiyoslaydi, unga taqalid qiladi. U inson.
xayotidagi eng oliy axloqiy talabki, uning bajarilishi shaxsni komillikka etkazadi. Albbata,
hayotda bunday bo‘lmaydi, lekin inson ana shu komillikni o‘ziga namuna bilib, idealga intilib
yashashi jarayonida nisbiy komillikka erishadi.
Asosiy mezoniy tushunchalar - katetoriyalar. singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy anglash
shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko‘zga tashlanadi.
Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo‘yilaligan talab tarzida namoyon bo‘lib, insonning axloqiy
moxiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o‘zaro aloqalaridagi asosiy jahatlarini
belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson xatti-xarakatining umumiy yo‘nalishini ko‘rsatgan
holda, ko‘pgina axloqiy me’yorlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Axloqiy tamoyillarning eng
qadimiy va eng muximlaridan biri - insonparvarlik. U - insonning yuksak ijtimoiy vazifasini
belgilaydigan va barqaror etadigan g‘oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, kadr-
qimmati, uning baxtli bo‘lishini talab etish imkonining mavjudligiga engilmas ishonch.
Insonparvarlik tamoyilini, Yevropa uyg‘onish mutafakkirlari dastlab ilgari surganlar, degan fikr
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |