Gipoteza
- o‘rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin
tarzidagi bilim shaklidir. Gipotezani, avvalambor, bilimlarning mavjud bo‘lish shakli sifatida
olib qarash zarur. CHin, ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar,
masalalar haqidagi fikr-muloxazalar kuzatish, eksperiment natijalarini taxlil kilish va
umumlashtirishga asoslangan bo‘lib, ular turli xil taxminlar, farazlar shaklida quriladi va mavjud
bo‘ladi. Masalan, Levkipp va Demokritning jismlarning atomlardan tashkil topganligi xakida
bildirgan fikrlari dastlab gipotetik shaklda bulib, eng oddiy, kundalik tajribada minglab marta
kuzatiladigan hodisalar: qattiq jismning suyuklikka aylanishi, hidning tarqalishi va shu kabilarni
tahlil qilishga asoslangan, ularning sababini tushuntirishga qaratilgan. “Jismlar mayda, bo‘linmas
Do'stlaringiz bilan baham: |