1. Halqasimon muskullarning ichaklar bo‟ylab to‟lqinsimon
tarqaladigan va
uning ichidagi ozuqa massasini siqadigan va faqat orqa chiqaruv teshigiga qarab
harakatlantiradigan
perestaltik
qisqarish
.
2. Ichaklarni bir yo‟la bir necha qismida ozuqa massalarini aralashtiruvchi
halqasimon muskullarning
segmentlashgan qisqarishi.
3. Navbatma-navbat yuzaga keluvchi va ichaklar ichidagi ozuqa massalarini
aralashtiruvchi uzunasiga va xalqa holida joylashgan
muskullarning ritmik
mayatniksimon qisqarishi.
Ichaklarning qisqarishi ularning silliq to‟qimalarining o‟zidagi biokimiyoviy
jarayonlar tufayli avtomatik holda bajariladi. Ichaklar harakatini boshqarilishida va
uning uzunasiga va halqa holda joylashgan muskullarining qisqarishlarini
koordinatsiyalashda Auerbax asablar o‟rimidagi nerv hujayralari turi ishtirok etadi.
Ingichka ichaklarning harakati iste‟mol qilingan ovqatlarning fizik va ximik
holatlariga bog‟liqdir. Yonbosh ichakdagi oziq moddalarning harakatlanishi o‟n
ikki barmoqli va och ichaklardagidan ancha sekin bajariladi, so‟ngra ileosikal
sfinkter orqali yo‟g‟on ichaklarga evakuatsiyasi kuzatiladi.
Oziq massalari
ichaklar devorlariga
mexanik
ta’sir
ko‟rsatish va ularni tusish
yo‟li bilan ichaklar harakatini chaqiradi. Oziqlar qancha dag‟al bo‟lsa, uning hosil
qiluvchi mexanik ta‟siri shuncha katta bo‟ladi va ichaklarning harakati ham
shunchalik kuchli bo‟ladi.
Ichaklarning silliq muskullari shilliq pardani kislotalar, ishqorlar va tuzlar
bilan ximiyaviy qo‟zg‟atilishi natijasida ham qisqaradi. Kuchsiz kislota va me‟da
shirasi qisqarishni tezlashtirsa, konsentrasiyalangan kislota esa uni tormozlaydi.
Ionlantiruvchi nurlanish ichaklar harakatini tormozlaydi.
Bosh miya katta yarim sharlari po‟stlog‟ini oldingi qismi qo‟zg‟atilganida
me‟da va ichaklarning silliq muskullarni perestaltikasiga ta‟sir ko‟rsatadi,
perestaltika qo‟zg‟atiladi yoki tormozlanadi. Sfinkterlar ochiladi yoki yopiladi.
Oraliq miya ham qo‟zg‟atilganida me‟da va ichaklarning
qisqarishini yoki
bo‟shashini chaqiradi.
Odamlarda ovqat hazm qilish jarayoni iste‟mol qilinayotgan ozuqa turiga-
o‟simlik, hayvonot, aralash ozuqaliligiga qarab 1-2 kecha-kunduz davom etadi.
Ana shu vaqtning teng yarmi ozuqa massalarini yo‟g‟on ichaklarda harakatlanishi
uchun sarflanadi, chunki yo‟g‟on ichaklarda muskullar juda kuchsiz rivojlanganligi
sababli oziq massalar juda sekin harakatlanadi.
Yo‟g‟on ichaklarda suv so‟riladi va shilimshiq modda ishtirokida najas
(fekaliy) shakllanadi. Najasning rangi uning tarkibidagi pigmentlarga bog‟liq
bo‟ladi. Najasning tarkibiga hazm bo‟lmagan moddalar,
shilimshiq va katta
miqdordagi bakteriyalar kiradi. Yo‟g‟on ichak ichidagi massalar uning ikkita
sfinkterlarini qisqarganligi sababli tashqariga chiqib ketmaydi. Ichki sfinkter-silliq
muskullardan tashkil topgan bo‟lsa, tashqi – ko‟ndalang targ‟il muskullardan
tashkil topgan bo‟ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: