to‟layotganda piloris sfinkteri yopiq bo‟ladi. Me‟da bir qadar to‟lgandan so‟ng
undagi ozuqa ichakka o‟tadi. Ya‟ni evakuatsiya boshlanadi.
Me‟da devorida kuzatiladigan harakatlar xilma-xil bo‟lsada
ularni shartli
ravishda ikki guruhga: tonik va gipertonik (peristaltik) harakatga ajratsa bo‟ladi.
Me‟daning tonik harakatlari uzinasiga va qiyshiq yo‟nalgan muskullarning
qisqarishi natijasida yuzaga kelib, me‟da fundal qismining bir joyida surunkasiga
taranglashtirishi bilan namoyon bo‟ladi. Bu harakat natijasida me‟dada ozuq
bo‟tqasi aralashmaydi, balki siqilib, pilorus tamon o‟tkaziladi. Ritmik harakat deb
me‟da devorida joylashgan muskul tolalarining
bir qismi qisqarganda, ikkinchi
qismida bundan oldinroqdagi muskul tolalarining kengayishi oqibatida yuzaga
keladigan harakatga aytiladi. Bunday harakat me‟daning kardial qismidan
boshlanib, pilorus qismi tomon tarqaladi. Bu paytda me‟daning kardial va fundal
qismlari kuchsiz, pilorus qismi esa kuchsizroq qisqaradi. Ketma-ket keladigan shu
harakat to‟lqinlarining
tarqalishini kuzatsak, me‟da qismlarining go‟yo
chuvalchang singari harakat qilishini ko‟ramiz. Shu sababli bu harakat peristaltik,
ya‟ni chuvalchangsimon harakat deb ham yuritiladi. Pilorus ma‟lum ritmda,
ma‟lum maromda dabma-dam qisqarib turadi. Peristaltik harakatning ritmik
harakat deyilishiga ham sabab shu.
Ritmik harakat tufayli ozuqa bo‟tqasi me‟da shirasi bilan aralashadi va
ichakka tomon yo‟naladi.
Me‟da motorikasini markaziy nerv
tizimi
boshqaradi.
Jumladan, me‟da
motorikasini adashgan nerv tezlashtirsa, simpatik nerv sekinlashtiradi. Ammo
me‟da markaziy nerv
tizimidan
impulslar kelganida ham mustaqil ravishda harakat
qila oladi. Bu uning devoridagi nerv va muskul elementlarining xususiyatlaridan
kelib chiqadi. Lekin me‟da harakati nerv
tizimi
tomonidan boshqarilgan
taqdirdagina organizmning uzluksiz o‟zgarib turadigan
ehtiyojini qondirishi
mumkin. Me‟da harakatining o‟zgarishiga javoban shartli reflekslar hosil qilgan.
Demak, uning boshqarilishida bosh miya katta yarim sharlar po‟stlog‟i ham
ishtirok etadi. Me‟da motorikasiga bir qancha
omillar
ta‟sir qiladi. Shiradagi xlorid
kislotaning miqdori, me‟daning ozuqa bilan nechog‟li to‟lganligi, gistamin, oqsillar
parchalanishidan hosil bo‟ladigan xilma-xil mahsulotlar, tashqi muhitning harorati
va boshqalar shunday omillardandir. A.Y.Yunusovning kuzatishlarid a issiq harorat
va quyosh nuri dastlab me‟daning sekretor faoliyati bilan birgalikda motor
faoliyatini ham tormozlagan, keyinchalik shu funksiyalarning ikkalasi ham
oldinma – keyin asliga keladi. Bu organizmning o‟zgargan
sharoitga
moslanishining natijasi bo‟lib, me‟da motorikasi dastlab sekinlashtirishi
harakatning issiqdan miqdori kamayib ketadigan shiraning ozuqaga uzoqroq vaqt
davomida ta‟sir qilishiga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: