12.2. Hisob registrlaridagi xato yozuvlarni aniqlash
va tuzatish usullari
Hisob jarayonida ayrim paytlarda xatolar uchraydi va ularni o‘z vaqtida
tuzatish zarur. Xatolarni topish uchun yozuvlarni tanlab yoki yoppasiga
tekshirish usullari qo‘llaniladi. Yozuvlardagi xatolar har xil bo‘lishi mumkin.
Masalan, hujjatlarda va hisob registrlarida matn yoki summa noto‘g‘ri
yozilgan, natural yoki qiymat ko‘rsatkichlarini jamlashda xatoga yo‘l
qo‘yilishi, xo‘jalik muomalalarini aks ettirishda schotlar korrespondensiyasi
noto‘g‘ri tuzilishi, yozuvlar tegishli bo‘lmagan boshqa registrlarga yozilgan
bo‘lishi mumkin va h.k.
Aniqlangan barcha xatolar hisobot tuzilgunga qadar tuzatilishi lozim.
Hisob registrlaridagi xatolarni tuzatishda xatoning xususiyati va
aniqlangan vaqtiga qarab quyidagi usullardan birortasi qo‘llaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |