15-operatsiya.
Hisobot oyi oxirida umumishlab chiqarish
xarajatlari o‘rnatilgan taqsimlash bazasiga asosan, bilvosita yo‘l bilan
«V» va «G» mahsulotlarning tannarxiga qo‘shilgan. Bilvosita
xarajatlarni taqsimlash-da taqsimlash bazasi sifatida ko‘pincha asosiy
ishlab chiqarishdagi xodimlarning ish haqi summasi qabul qilinadi.
Bizning misolimizda u 300000 so‘mni tashkil etgan (
3-
operatsiyaga
qarang
).
288
Ushbu summa muayyan mahsulot turlariga quyidagi hisob-kitobga
muvofiq olib boriladi:
1. Belgilangan taqsimlash bazasi (asosiy ishlab chiqarishdagi
xodimlarning ish haqi summasi 300000 so‘m)ga nisbatan umumishlab
chiqarish xarajatlarining o‘rtacha foizi:
101731,5 – x (%),
300000 – 100%
x=
%
34
300000
100
5
,
101731
x
2. Umumishlab chiqarish xarajatlari summasining taqsimlanishi:
«V»mahsulotga: 101731,5 x 34,0: 100 = 34589 so‘m
«G» mahsulotga: (101731,5 – 34589): 100 = 67142,5 so‘m
Analitik hisobda «V» mahsulotga 34589 so‘m, «G» mahsulotga
esa 67142,5 so‘m taqsimlanadi.
Sintetik hisobda ko‘rsatilgan xarajatlarning umumiy summasi
101600 so‘m 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schotining debetiga
yoziladi. Ushbu muomala schotlarda quyidagicha aks ettiriladi.:
Debet 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti
101731,5 so‘m
Kredit 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» schoti 101731,5 so‘m
Ushbu
muomaladan
so‘ng
2510-«Umumishlab
chiqarish
xarajatlari» schoti yopilib, 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schotida esa
analitik
schotlar
bo‘yicha
ishlab
chiqarilgan
«A» va «B»
mahsulotlarning haqiqiy tannarxi shakllanadi.
16-operatsiya.
Ishlab chiqarishdan
mahsulotlar olindi:
«A»
mahsulot 500 dona, 1 donasining reja tannarxi 440,4 so‘m; «B»
mahsulot mos ravishda 600 dona, bir donasi reja tannarxi 500 so‘m va
tayyor mahsulot omborga qabul qilindi:
«V» mahsulot 500 dona 241 100 so‘m
«G» mahsulot 600 dona 301 102 so‘m
Jami 542 202 so‘m
Hisobot oyidagi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning reja va haqiqiy
tannarxi to‘g‘risidagi axborotlar xo‘jalik muomalalari 2810-«Ombordagi
tayyor mahsulotlar» schotining debeti va 2010-«Asosiy ishlab
chiqarish» schotining kreditida aks ettiriladi:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schoti 542 202 so‘m
Kredit 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti 542 202 so‘m.
289
17-operatsiya.
Reja va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq summaga
quyidagi schotlar korrespondensiyasi tuziladi va 2010-«Asosiy ishlab
chiqarish» schoti yopiladi.
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schoti 29 423 so‘m
Kredit 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti
29 423 so‘m.
Shunday qilib, yuqorida ko‘rib chiqilgan xo‘jalik muomalalari
umumiy holda ishlab chiqarish jarayonini hisobga olish va ishlab
chiqarilgan «V» va «G» mahsulotlar tannarxinining shakllanishini
tavsiflaydi.
Ishlab chiqarish jarayoniga doir asosiy xo‘jalik muomalalarini
schotlarda aks ettirishning umumiy chizmasi quyidagicha (11.2-rasm).
290
Do'stlaringiz bilan baham: |