14-operatsiya.
Binoni joriy ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha
ijaraga olingan omborxona binosi uchun 2012-yilning 2 va 3-choragi
uchun 6 oylik ijara to‘lovi bo‘yicha ijaraga beruvchiga qarz summasi
60000 so‘mni tashkil etadi. Ushbu qarzdorlik hisobot davriga taalluqli
bo‘lmaganligi uchun kelgusi davr xarajatlari hisoblanadi. Keyinchalik
oy sayin to‘lovning 1/6 miqdorida, bir me’yorda mahsulot tannarxiga
qo‘shib boriladi. Shu munosabat bilan qarzdorlik vujudga kelgan paytda
ijara to‘lovining umumiy summasi 3110-«Oldindan to‘langan ijara haqi»
schotining debeti va 6910-«To‘lanadigan qisqa muddatli ijara» schoti-
ning kreditida aks ettiriladi.
Debet 3110-«Oldindan to‘langan ijara haqi» 60 000 so‘m
Kredit 6910-«To‘lanadigan qisqa muddatli ijara» 60 000 so‘m
Do'stlaringiz bilan baham: |