R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Realizatsiya jarayonini va moliyaviy natijalar shakllanishini



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/517
Sana04.02.2022
Hajmi8,08 Mb.
#429678
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   517
Bog'liq
fayl 1513 20210818

11.3. Realizatsiya jarayonini va moliyaviy natijalar shakllanishini 
hisobga olish 
 
Ishlab 
chiqarilgan 
tovar 
mahsulotlari 
realizatsiya 
jarayonida 
xaridorlarga jo‘natiladi va ular qabul qilib olgan mahsulotlari uchun 
shartnoma narxida xo‘jaliklarga pul to‘laydi. Mahsulotlarning shartnoma 
bahosi tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
Tayyor mahsulotlar xaridorlarga yetkazib berilgunga qadar bir qancha 
xarajatlar qilinadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq 
bo‘lmagan xarajatlar hisoblanadi. Tayyor mahsulotlarning ishlab chiqarish 
tannarxiga ularni xaridorlarga yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar 
qo‘shilmaydi, ular davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadi va asosiy 
faoliyatdan olingan foyda hisobidan qoplanadi.
Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni sotish natijalari realizatsiya 
jarayonida aniqlanadi. Realizatsiya foyda yoki zarar bilan yakunlanadi. 
Ayrim manbalarda realizatsiya jarayoni sotish jarayoni deb ham ataladi. 
Bizning fikrimizcha, bu unchalik to‘g‘ri emas. Chunki, ishlab chiqarish 
jarayonida tayyorlangan mahsulotlar sotiladi, bajarilgan ish va xizmatlar 
hamda qurilish, loyiha-tadqiqot, geologiya-qidiruv va ilmiy-tekshirish ishlari 
buyurtmachilarga topshiriladi. Shuning uchun bu jarayonni 
realizatsiya 
jarayoni 
deb atash maqsadga muvofiqdir. 
Xaridorlarga jo‘natilgan tayyor mahsulotlar, bajarib topshirilgan ish va 
qilingan xizmatlar uchun pul olinadi. Mahsulotlar sotishga jo‘natilib, 
xaridorga to‘lov hujjatlari taqdim etilgan vaqtdan boshlab sotilgan 
hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotlarni sotish (ish bajarish va 
xizmat ko‘rsatish) shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnoma 
majburiyatlarining bajarilishi va hisob-kitoblar ustidan nazorat o‘rnatish 
uchun buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi: 
­
barcha mahsulot(ish, xizmat)lar va ularning alohida turlari bo‘yicha 
haqiqiy realizatsiya hajmini aniqlash. Realizatsiya hajmi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar buxgalteriya hisobida natural va qiymat o‘lchovlarida 
ifodalanadi; 
­
sotilgan mahsulot(ish, xizmat)larning to‘la tannarxi va ularning 
shartnoma bahosi bo‘yicha qiymatini taqqoslash yo‘li bilan realizatsiya 
jarayonining haqiqiy natijalarini aniqlash. Olingan foyda yoki ko‘rilgan zarar 
ko‘rsatkichi nafaqat butun mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat 
ko‘rsatish) va realizatsiya qilishning, balki ularning alohida turlari bo‘yicha 


292 
ham rentabelli yoki norentabelli (zarar ko‘rilayotgan) mahsulot turlarini 
aniqlashga imkon beradi; 
­
tayyor mahsulotlar va tovarlarning korxona omboridagi holati, 
ularning barcha harakatlanish bosqichlaridagi saqlanishi, xaridorlardan 
shartnomada ko‘rsatilgan oldin to‘lov (bo‘nak)larning o‘z vaqtida olinishi, 
tayyor mahsulotlar va tovarlarning xaridorlarga o‘z vaqtida yuklab 
jo‘natilishi va bankka barcha to‘lov hujjatlarining taqdim etilishi hamda 
yakuniy hisob-kitoblarning amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatish. 
Realizatsiya 
jarayonini 
hisobga 
olish 
uchun 
qo‘llaniladigan 
schotlarning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Bular ichida 9010-«Mahsulot 
sotishdan 
olingan 
daromadlar», 
9020-«Tovarlar 
sotishdan 
olingan 
daromadlar», 9030-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan 
daromadlar», 9110-«Sotilgan mahsulot tannarxi», 9120-«Sotilgan tovarlar 
tannarxi», 9130-«Sotilgan ishlar, xizmatlar tannarxi» schotlari muhim o‘rin 
tutadi. Sotilgan mahsulot, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarni 
to‘la tannarxi 9110, 9120, 9130-schotlarining debet tomonida, olingan 
daromadlar 9010, 9020, 9030-schotlarning kredit tomonida aks ettiriladi. 
Shuningdek, realizatsiya jarayoni va moliyaviy natijalarni hisobga olishda 
9200-«Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga 
oluvchi 
schotlar» 
(9210-9220), 
9300-«Asosiy 
faoliyatning 
boshqa 
daromadlarini hisobga oluvchi schotlar» (9310, 9320, 9330, 9340, 9350, 
9360, 9370, 9380, 9390), 9410-«Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» 
(9410, 9420, 9430, 9440), 9500-«Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga 
oluvchi schotlar» (9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9590), 9600-
«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar» (9610, 
9620, 9630, 9640, 9650, 9660, 9690), 9700-«Favqulodda foyda(zarar)larni 
hisobga oluvchi schotlar» (9710, 9720), 9800-«Soliqlar va yig‘imlarni 
to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schotlar» (9810, 9820) 
va 9900-«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schotlar» (9910) 
qo‘llaniladi (1-ilova. Schotlar rejasining V qismiga qarang). Hisobot 
davrining oxirida olingan daromadlar xarajatlar bilan taqqoslanib, 
realizatsiya natijalari aniqlanadi. 
Yuqorida bayon qilingan umumiy qoidalarni quyidagi misollar va 
chizmalar bilan mustahkamlaymiz.

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   517




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish