B ellashuv
Yashash uchun kurash orqali namoyon bo’luvchi yetakchilikka,
umuman
g’alabaga intilish. Bellashuvning mavjud bo’lmasligi - inqiroz belgisidir.
Musobaqa va raqobatga nisbatan umumiy tushuncha hisoblanadi.
(Mehnatdagi raqibchilik
Mehnat sohasidagi bellashuv shakli, mehnatda o’zini ko’rsatish, yaxshi
natijalarga erishish istagidir. U, xususan, mehnatdagi
shaxsiy yutuqlarni
ishlab chiqarish jarayoni boshqa ishtirokchilarining natijalari bilan
o’lchash, taqqoslashni taqozo etadi. Mehnatdagi raqibchilik - umuman
bellashuvga qaraganda nisbatan aniq tushunchadir.
Musobaqalashuv
Ijtimoiy ishlab chiqarish sohasidagi bellashuv shakli bo’lib, ishtirokchilar
tomonidan erishilgan natijalarni ma’lum tarzda
taqqoslash bilan bevosita
bog’liq. Musobaqalashuv reytingni ko’tarish, maqomni oshirish tomon
intilishni taqozo etadi. U mehnat jarayonining barcha ishtirokchilarini o’z
o’rniga qo’yib, ularning tabaqalashuviga olib keladi.
Raqobat
Tovar munosabatlari sohasidagi bellashuv shakli, bozor raqibchiligidir. U
xom ashyo va yarimfabrikatlarni
xarid qilish va sotish, ishlab chiqarilgan
mahsulotni sotishning nisbatan foydali sharoitlariga ega bo’lish, ko’proq
foyda
olish
uchun
kurashdir.
Raqobat
tovar
ishlab
chiqaruvchilarni
tabaqalashuviga olib keladi, tovar ishlab chiqarishning regulyatori bo’lib
maydonga tushadi.
Ammo buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitlarida iste’molchilar o’rtasidagi raqobat
nihoyatda kuchli edi: davlat tomonidan amalda barcha iste’molchilarga
qulay narxlar
belgilangan, mahsulotlar va xizmatlar taklifdan ortiq talabda o’zining taqchilligi tufayli
yetishmas edi. Narxlarni sun’iy ushlab turish ishlab chiqarish hajmlari to’lovga qobil
aholi ehtiyojlaridan tobora orqada qolayotgan tarmoqlar sonining ko’payib borishi bilan
qo’shilib, iste’molchilar o’rtasida raqobatning odat tusiga kirgan g’ayriqonuniy usullari
tizimini yaratdi: ilg’or xodimlarni taqchil tovar xarid qilish huquqi bilan
rag’batlantirish, tovarlarni davlat savdosidan olib yuqori
narxlarda yashirin va
jinoyatkorona sotish va hokazolar.
Bu borada taniqli iqtisodchi-olim Yo. Abdullaevning fikrlarini keltirish
o’rinlidir: bozor munosabatlari o’tmishdagi «sotsialistik musobaqani» mutlaqo tan
olmaydi, u haqiqiy, ta’sirchan, rag’batlantiruvchi, erkin raqobatchilikni talab qiladi.
Ta’sirchan va rag’batlantiruvchi, erkin iqtisodiy raqobatni rivojlantirish evaziga
ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar ustidan xaridorlarning hukmronligi o’rnatilib, bu
bozor munosabatlarining mohiyatini belgilovchi
sharoit hisoblanadi
6
. Raqobatning
faqat erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida to’laqonli amal qilishi hamda o’z mohiyatini
to’liq namoyon eta olishini quyidagi jadval orqali kuzatish mumkin (1.1.2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: