115
6.5. Reklama agentliklari va ularning funksiyalari
Reklama faoliyatini uning butun ko’lamida rasionallashtirishning asosiy shart-
sharoitlari reklama xabarlarini uslubiy va rejali tayyorlash va ulardan reklama
jarayonining barcha bosqichlarida foydalanish hisoblanadi.
Reklama agentliklari tashkil qilish reklama faoliyati samaradorligini oshirishga
xizmat qilib, ular yuqori professional darajada ishlaydilar, moliyaviy mablag’lardan
oqilonaroq foydalanadilar va reklama sifatining yuqori bo’lishini ta’minlaydilar.
Reklama agentliklari kompleksli bozor tadqiqotlari o’tkazib, bozor kon’yunkturasini
baholaydilar, ular olinayotgan axborotlarni tez va aniq qayta ishlashga imkon
beradigan hisoblash texnikasi bilan jihozlanadi.
Reklama agentliklarining xalq xo’jaligidagi o’rni va ularning iqtisodiyotdagi
ijobiy roli ularning ixtisoslashuvi bilan belgilanadi.
Reklama agentliklari savdo va ishlab chiqarish o’rtasida malakali koordinator
bo’lgani holda ijobiy rol o’ynaydi, iste’molchilar va butun jamiyat manfaatlarida
rasional taklifga yordamlashadi va aksincha, norasional yoki bevaqt takliflar hajmini
chegaralaydi.
Reklama jarayonini amalga oshirishda quyidagi sub’ektlar ishtirok etadi:
1.
Reklama beruvchi
– reklamani ishlab chiqarish, joylashtirish va kelgusida
tarqatish uchun reklama axboroti manbasi sanalgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Reklama beruvchi rolida berilgan buyurtmaga muvofiq reklama uchun pul to’laydigan
istalgan savdo yoki ishlab chiqarish firmasi, bank, investision kompaniya, xususiy
tadbirkor ishtirok etishi mumkin.
Reklama beruvchining asosiy funksiyalari:
• reklama ob’ektini aniqlash;
• tanlangan ob’ektni reklama qilish xususiyatlarini aniqlash (reklama turi,
tayyorlanadigan reklama materiallari);
• reklama xarajatlarini rejalashtirish;
• boshlang’ich materiallar tayyorlash va ularni reklama agentligiga berish:
iste’molchilar maqsadli guruhlarini hisobga olgan holda reklama maqsadlari va
vazifalarini ifodalash, reklama qilinayotgan ob’ektning asosiy ustunliklari va
116
xususiyatlariga e’tibor qaratgan holda boshlang’ich matnlar tayyorlash, imkon qadar
tovar namunasini taqdim etish;
• ikkinchi tomon – reklama agentligi bilan reklama materiallari yaratish va
OAVda reklamani joylashtirish, turli reklama tadbirlari o’tkazish haqida shartnoma
tayyorlash;
• reklama materiallari yaratish davomida reklama ijrochisiga yordam berish;
• yaratilgan reklama vositalari eskizlari, matnlari, ssenariylari va reklama
mahsuloti original nusxalarini tasdiqlash;
• bajarilgan ishlar uchun pul to’lash.
2.
Reklama ishlab chiqaruvchi
– reklama axborotini tarqatish uchun tayyor
shaklga keltirishni to’liq yoki qisman amalga oshiradigan yuridik yoki jismoniy shaxs.
3.
Reklama tarqatuvchi
– reklama axborotini radio va televidenie texnik
vositalari, jumladan, aloqa kanallari, efir vaqti va boshqa usullar orqali joylashtirish va
(yoki) tarqatishni amalga oshiradigan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Mamlakat bozorida asosiy reklama ishlab chiqaruvchilar va reklama
tarqatuvchilar sifatida ishtirok etadigan reklama agentliklarini shartli ravishda to’liq
xizmatlar sikliga ega reklama agentliklari va faqat ayrim xizmatlar turlarini
ko’rsatishga ixtisoslashgan agentliklarga ajratish mumkin.
Birinchi guruhga tadqiqotlar, rejalashtirish, ijodiy faoliyat, reklama vositalari
ishlab chiqarish, shuningdek, reklama xarakteriga ega bo’lmagan xizmatlar: pablik
rileyshnz ta’minlash, tovar o’rovini ishlab chiqish, ko’rgazma-savdolar, taqimotlar
tashkil qilish va h.k.ni amalga oshiruvchi agentliklar kiradi.
Reklama jarayoni qatnashchilari sifatida reklama agentliklari quyidagi asosiy
funksiyalarni bajaradi:
• OAVda buyurtmalar joylashtirib, ularning bajarilishini nazorat qilgan holda
OAV bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshiradi;
• reklama beruvchilardan olingan buyurtmalar asosida reklama mahsuloti
yaratadi, ijodiy va texnik mutaxassislar salohiyatidan foydalanib kompleksli reklama
kampaniyalari va boshqa reklama tadbirlari rejalarini ishlab chiqadi;
• reklama beruvchilar va OAV bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi;
117
• bosmaxona, studiya, reklama kombinatlari, shtatdan tashqari mutaxassislar
bilan hamkorlik qiladi.
Keng doiradagi reklama xizmatlarini bajaruvchi yirik reklama agentliklari turli
mutaxassislarni ma’lum bir bo’limlarga birlashtirishga ehtiyoj sezadi. Ular o’zining
ijodiy-ishlab chiqarish bazasiga ega bo’lishi ham, shtatdan tashqari yuqori malakali
ijodiy xodimlardan foydalanishi ham mumkin. Bularning ikkinchisi ko’p sonli
bo’linmalar strukturasiga ega bo’lgan kichikroq reklama agentliklari uchun maqsadga
muvofiqdir. Odatda bo’lim faoliyati belgilangan funksiyani bajarishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |