Bog'liq Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)
Audiovizual reklama Audiovizual reklama
reklamnыe kinofilmlari, videofilmlari va
slayd-filmlarni o’z ichiga oladi
. Reklama kinofilmlarining quyidagi tasnifi eng sodda va qulay hisoblanadi.
Reklama roliklari – 15 soniyadan bir necha daqiqagacha davom etadigan,
aholining keng qatlamlariga namoyish etish uchun mo’ljallangan, qoidaga ko’ra, xalq
iste’moli tovarlarini (xizmatlarni) reklama qiladigan qisqa reklama filmlari.
Reklama-texnika filmlari – 10-20 daqiqa (ba’zida undan uzoq) davom etadigan,
mahsulotdan tashqari buyurtmachi korxona haqida hikoya qiladigan reklama filmlari;
reklama beruvchining faoliyati haqida ijobiy fikr uyg’otish va uning nufuzini oshirish
maqsadida turli maqsadli guruhlarga (mutaxassislar va aholining keng qatlamlariga)
namoyish etish uchun yaratiladi.
Slayd-filmlar bitta yoki bir nechta ekranga tushiriladigan, avtomatik ravishda
almashib turadigan rangli diapozitivlardan iborat dasturni ifodalaydi. Bunday dasturga
maxsus tayyorlangan fonogramma jo’r qiladi. Slayd-filmlardan xilma-xil tovarlar
assortimenti, sanoat mahsulotlari va xizmatlari uchun foydalanish mumkin.